Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:
O’rgatuvchi qism – gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi.
Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
Axborotning elektron eltuvchisi
– axborotni raqamli shaklda saqlash va uzatishning
maxsus qurilmasi (CD/DVD-disk, Flash Disk va boshqalar).
Elektron darslik bo’limi
– an‘anaviy darslikning boblariga o’xshash o’quv fanining har
xil sohasi.
Elektron darslik moduli
– an‘anaviy darslikning mavzulari yoki paragraflariga o’xshash,
o’quv fanining bo’limlarini tashkil etuvchisi.
Virtual ustaxonalar va laboratoriya stendlari
– ustaxona jihozlari va laboratoriya
stendlarining kompyuter-imitatsiya modeli.
Do'stlaringiz bilan baham: |