Ishlab chiqarish
– kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan hayotiy nе’matlarni yaratish jarayoni.
Taqsimot –
ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism
va sub’еktlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash –
jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish
natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro
almashish jarayoni.
Istе’mol –
ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi,
foydalanilishi jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |