Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy faoliyat –
chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib,
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qaratilgan, bir-biri bilan
bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlitligidir.
Iqtisodiyot –
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan,
xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo‘shma
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy
munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |