O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/255
Sana26.01.2022
Hajmi2,73 Mb.
#411498
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   255
Bog'liq
1. Mutaxassislikka kirish O\'quv qo\'llanma

Sinov savollari va topshiriqlar: 
1.  Yog‘in miqdorini belgilovchi omillarni ayting. 
2. Yog‘in gradienti qanday hisoblanadi? 
4. Qanday yog‘in turlarini bilasiz? 
5.  Yomg‘irning yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi? 
8. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlashning qanday usullarini 
bilasiz? 


 
72 
7. BUG‘LANISH 
 
7.1. Bug‘lanishning fizik mohiyati 
 
Bug‘lanish
  -  suv  balansi  tenglamasining  eng  asosiy  elementlaridan  biri 
hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko‘llar - Kaspiy dengizi, Orol dengizi va boshqa 
berk  suv  havzalarida  ularga  kelib  qo‘shiladigan  deyarli  barcha  suvlar  faqat 
bug‘lanishga sarflanadi. Bug‘lanish suv omborlarida ham balansning katta qismini 
tashkil etadi. Masalan, O‘rta Osiyoning tekislik hududidagi suv omborlarida yillik 
bug‘lanish qatlami 1200-1600 mm ni tashkil etadi. 
Bug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuq yoki qattiq holatdagi suv 
gaz  (bug‘)  holatiga  o‘tadi.  Bug‘lanish  jadalligi  bug‘lanuvchi  yuzaning  haroratiga 
bog‘liq.  Temperatura  qancha  katta  bo‘lsa,  suv  molekulalari  shuncha  tez  harakat 
qilib,  o‘zaro  molekulyar  tortishish  kuchini  engadi  va  atmosferaga  o‘tadi.  SHu 
tarzda  bug‘langan  suv  molekulalarining  bir  qismi  balandlikka  ko‘tarilish 
jarayonida to‘yinish nuqtasiga etib, o‘zaro birlashadi va og‘irlik kuchi ta’sirida yer 
sirtiga tushadi. Bu jarayon kondensatsiya deyiladi. 
Suv  molekulalari  atmosferaga  o‘tgach,  gravitatsion  kuchlar  ta’sirida 
yuqoriga  ko‘tarila  boshlaydi.  Ularning  o‘rnini  esa  suv  yuzasidan  yangi  ajralgan 
molekulalar egallaydi. Bu jarayon diffuzion bug‘lanish deyiladi.  
Agar  bug‘lanuvchi  yuzaga  yaqin  balandlikda  ma’lum  omillar  (shamol, 
temperatura  farqi)  ta’sirida  yuzaga  kelgan  ko‘tariluvchi  yoki  pasayuvchi  havo 
oqimlari mavjud bo‘lsa, bug‘lanish jadallashadi. Bu jarayon konveksion bug‘lanish 
deyiladi. 
Bug‘lanish  jadalligi  namlik  etishmasligiga  bog‘liq.  Namlik  etishmasligi(d) 
berilgan  temperaturada  havoda  mavjud  bo‘lgan  suv  bug‘larining  miqdori-mutlaq 
namlik(e
200
)  bilan  shu  temperaturada  to‘yingan  suv  bug‘lari(e
0
)  farqi  sifatida 
aniqlanadi:  
.
200
0
e
e
d

=
 
Mutlaq  (absolyut)  namlik  deb  1  m
3
  havoda  mavjud  bo‘lgan  gramm 
hisobidagi  suv  bug‘lariga  aytiladi.  Mutlaq  namlikni  suv  bug‘larining  elastikligi 


 
73 
sifatida  mb  da  ham  ifodalash  mumkin.  Uning  qiymati  meteorologik  stansiyalarda 
qurilma  balandligi,  ya’ni  2  metrda  o‘lchanadi  va  shuning  uchun  e
200
  ko‘rinishida 
belgilanadi.  
To‘yingan  suv  bug‘larining  elastikligi(e
0
)  meteorologik  stansiyada  qayd 
etilgan  havo  temperaturasi  bo‘yicha  maxsus  jadvaldan  aniqlanadi.  Qor  va 
muzliklar  yuzasidan  bug‘lanish  jarayonida  qattiq  holatdagi  suv  molekulalari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tadi. Bu jarayon 
vozgonka
 deb ataladi. 
Suv  bug‘larining  qor  qoplami  va  muzliklar  yuzasida  kondensatsiyalanishi 
sublimatsiya 
deyiladi. 
 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   255




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish