Okean daryolari – okean yoki okean bilan tutash bo‘lgan dengizlarga
quyiladigan daryolar.
Okean va dengiz suvayirg‘ichlari – suvni okeanlar va dengizlar havzalari
bo‘yicha taqsimlaydi.
Oqim hajmi - daryodan ma’lum vaqt (minut, soat, kun, oy, yil yoki ko‘p yil)
davomida oqib o‘tadigan suv miqdori, m
3
yoki km
3
larda ifodalanadi. Gidrologik
prognozlarda oylik, to‘linsuv yoki vegetatsiya davridagi oqim hajmlari prognoz
qilinadi.
Og‘ir suv - murakkab tajribalar natijasida, laboratoriya sharoitida, tarkibida
vodorod va kislorod izotoplari bo‘lgan suv.
Potamologiya – gidrologiyaning daryolarni o‘rganadigan bo‘limi
186
Prognoz - ikkita grek so‘zlari - “pro” va “gnosis”ning qo‘shilishidan hosil
bo‘lib, “oldindan aytish” yoki “oldindan bilish” ma’nosini beradi.