Kontinent daryolari
– berk havzalardagi dengiz yoki ko‘llarga quyiladi yoki
ulargacha etib bormasligi mumkin.
Ko‘p yillik va doimiy qor qoplamlari
– qutbiy o‘lkalarda va baland tog‘larda
uchraydi.
Limnologiya
- gidrologiyaning
ko‘llar va suv omborlarni o‘rganadigan
bo‘limi
Mavsumiy qor qoplami
– kuz, qish va erta bahorda yog‘ib, shu yilning issiq
mavsumida erib ketadi.
Mahalliy gidrologik prognozlar -
ma’lum bir kichik ma’muriy hudud yoki
daryo havzasi uchun beriladigan gidrologik prognozlar.
Muzlik ablyasiyasi –
muzlikdagi suv zahiralarining turli omillar ta’sirida
kamayishi.
Mutlaq (absolyut) namlik
– 1 m
3
havoda mavjud bo‘lgan gramm hisobidagi
suv bug‘lariga aytiladi.
Nisbiy hatolik
- gidrologik hodisaning prognoz qilingan qiymati bilan
kuzatilgan qiymati orasidagi foizlarda ifodalangan farqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |