Ko‘llar kosasining o‘lcham ko‘rsatkichlari.
Yirik ko‘llar (Issiqko‘l)ni
hisobga olmaganda Sariqamish ko‘li suv hajmining (V = 28,5 km
3
) kattaligi bilan
ajralib turadi. Undan keyingi o‘rinni suv hajmi V=26,53 km
3
bo‘lgan Qorako‘l
egallaydi. Umuman O‘rta Osiyoda suv hajmi 1 km
3
dan katta bo‘lgan ko‘llar soni
bor yo‘g‘i 8 ta ni tashkil etadi. Tog‘li hududlardagi ko‘llar chuqurliklarining
kattaligi bilan tekislik ko‘llaridan keskin ajralib turadi. Masalan, Sarez ko‘lining
eng katta chuqurligi 499,6 m bo‘lsa, Qorako‘lda 238 m, Sarichelakda esa 234 m va
hokazo.
Tekislik ko‘llarida esa, yuqoridagining aksi kuzatiladi. Masalan, suv sig‘imi
nisbatan katta bo‘lgan Sariqamish ko‘lining eng katta chuqurligi bor-yo‘g‘i 39,5 m
tashkil etadi. Bu qiymat ham mavsumlar va yillar davomida o‘zgarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |