Ko‘llarning maydon va hajm egri chiziqlari.
Maydon egri chizig‘i
(ba’zan batigrafik, ayrim hollarda gipsografik egri
chiziq deb ham ataladi) ko‘l chuqurligi bilan unga mos keladigan maydonlarni
o‘zaro bog‘laydi (11.2-rasm). Ko‘llarning maydon egri chizig‘i chizmalaridan
ko‘llarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy masalalarni hal etishda
keng foydalaniladi.
Hajm egri chizig‘i
ko‘lning chuqurliklari bilan ularga mos keladigan
hajmlar orasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Ko‘rib chiqilgan egri chiziqlarning barchasi, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,
limnologik va gidrologik tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |