10. DARYOLAR
10.1. Daryolar haqida umumiy ma’lumotlar
Ushbu mavzuda daryolar va ularga tegishli bo‘lgan asosiy ta’riflar hamda
tushunchalar, daryo sistemasi, suvayirg‘ichlar, daryo havzasi, uning o‘lcham
ko‘rsatgichlari, daryo vodiysi va uning elementlari, daryo o‘zani, daryolarning
ko‘ndalang va bo‘ylama qirqimlari, ularni o‘rganishning amaliy ahamiyati
haqidagi bilimlar bayon etiladi.
Daryo, daryo sistemasi, gidrografik to‘r.
Daryolar gidrosferaning asosiy
tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Daryolarni o‘rganishga bag‘ishlangan
gidrologiyaga oid turli adabiyotlarda ularga turlicha mazmundagi ta’riflar berilgan.
Ana shu fikrlarni umumlashtirgan holda daryoga quyidagicha ta’rif berish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |