qaysi turi bilan shug’ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday
xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga
oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. U to- varga talabni
bilish maqsadida tovarning potensial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va
chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bi- lan aloqa qiladi.
Mahsulotni sotish, biror-bir ishni bajarish, xaridorga, iste’molchiga xizmat
ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish
faoliyatining natijasidir.Tadbirkorning umumiy moli- yaviy bahosini
rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydaning jami xarajatlarga nisbati
shaklida aniqlanadi.
Birgina sabzavot mahsulotlari 2014 yilda 16,3 foizga, poliz 16,6 foizga,
meva 21 foizga, yangi bog’ va uzumzorlar maydoni ikki barobarga ko’payib,
intensiv bog’lar maydoni 14 ming gektarga yetdi. Uzumzorlar 23 ming gektar,
6 million ko’chat xorijdan keltirildi. 2014 yilda xalqimizning real daromadlari
mustaqillikning dastlabki yillaridagi 10,6 foizdan 52 foizga o’sdi. MDH
mamlakatlari ichida bu ko’rsatkich eng yuqoridir. Oilalar daromadlari tarkibi
o’zgarmoqda – tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi
daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Bu ham Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligi mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.
2014 yilda ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning umumiy
soni 2013 yil oxiriga kelib 190 mingtaga, 2014 yil yakuniga kelib 195 ming-
taga yetdi. 2014 yilda Biznes va xususiy tadbirkorlik yo’nalishiga ajratilgan
kreditlar miqdori 2013 yilga nisbatan 30 foizga oshib 9 trillion so’mni tashkil
qildi. Mikrokreditlar miqdori esa 39 foizga oshib 2 trillion so’m bo’ldi. Ya’ni
oxirgi besh yilda mikrokreditlar miqdori besh barobarga oshdi. 2014 yilda
aholining bandlik darajasi Biznes va xususiy tad- birkorlik sohasida 480 mingta
yangi ish o’rinlari tashkil qilindi va mehnatga yaroqli aholining 76,5 foizi
bugungi kunda ushbu sohada mehnat qilish- moqda. Birgina 2013 yilda
Samarqand viloyati sabzavotchilik sohasining tad- birkorlari olgan foyda
so’mmasi 53 trillion 873 million so’mni tashkil etdi, jumladan, Bulung’ur
tuman sabzavotkorlari 10 trillion 833 million so’m,Tayloq tumani
sabzavotkorlari 9 trillion 621 million so’m, Samarqand tumani 9 trillion 213
million so’m foyda olishdilar. Tadbirkorlarning sab- zavotchilikda erishgan
iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini rentabellik da- rajasi ko’rsatkichi
orqali bilan tahlil etamiz.
2013 yilda Samarqand viloyati sabzavotchilikda 36,6 foiz rentabel- lik
darajasiga erishdi. Jumladan Bulung’ur tuman sabzavotkorlari 35,1 foiz,
Tayloq tumani sabzavotkorlari 38,9 foiz, Samarqand tumanida 39,7 foiz
bo’ldi. Iqtisodiy tahlillar shuni ko’rsatadiki, Samarqand tumani sab-
zavotkorlari 3,1 punktga, Tayloq tumani 2,3 punktga viloyat ko’rsatki-
chidan yuqori rentabellik darajasiga erishgan bo’lsada, Bulung’ur tu- manida
1,5 punktga viloyat ko’rsatkichidan past bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: