128
SHarqda, jumladan Movarounnahrda ham va’zxonlikka katta e’tibor berilgan.
Va’zxonlik notiqlik san’atining o’sib borishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar
ham mukammallashib boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino,
Maxmud Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Kaykovus va boshqalar tilga, mantiqshunoslik
va notiqlikka oid asarlar yaratdilar.
Kaykovus o’zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli
so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. "Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal
bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening suz bilan baland darajaga
erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar ...", deb
yozadi alloma. U yana notiq xalq tilini, uning fikri va ruhiyatini bilishi kerak
deydi.
YUsuf hos Xojibning"Qutadg’u bilig" asarida ham til odobi va notiqlik madaniyati
haqida juda qimmatli fikrlar bayon etiladi. U qisqa so’zlash, so’zlarga iloji boricha
ko’proq ma’no yuklash haqida gapiradi. Til insonning qadr qimmatini oshiradi
yoki shu til orqali inson yuz
tuban ham ketishi mumkin, deydi adib.
Omonlik tilasang agar sen o’zing,
Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing.
Qizil til qilar qisqa
yoshli seni,
Omonlik tilasang avayla uni.
Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzish bayroqdoridir. U o’z ijodi bilan
o’zbek adabiy tiliga asos soldi. Bu tilning boyliklarini namoyon etdi. Navoiyning
"Muhokamatul lug’atayn", "Mahbubul qulub", "Nazmul javohir" asarlari o’zbek
tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning yuksalishiga
ham katta hissa qo’shdi. "Mahbubul qulub" asarida tilning ahamiyati, undan
foydalanish, nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi.
"Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz". "Tilini tiyolgan odam donishmand oqil; so’zga
erk bergan odam beandishaa va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi, til
bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi".
Navoiydan keyingi qator adib, allomalarimiz, jumladan jadid ziyolilari ham til va
nutq, til va nutq madaniyati haqida o’zlarining muhim qarashlarini bayon etganlar.
O’qituvchi, tarbiyachi nutq madaniyatini egallamasa hech vaqt o’z ishining
chinakam ustasi bo’la olmaydi, yomon ma’nodagi eski usuldan, bir qolibdagi
tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi. O’qituvchi nutqi, o’quvchilar
bilan muoamala qilishi uning o’z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish
mahoratini taqozo etadi. Buning uchun esa u gapirishni bilishi lozim. Gapirishni
muloqot olib borishni doimo o’rganib borish kerak.
130
qilaveradilar. O’qituvchi nutqining xususiyatlari va nuqsonlari tarbiyalanuvchilar
nutqining xususiyatlari va nuqsonlariga aylanib qoladi. SHuning uchun
o’qituvchilar nutqiga g’oyat katta talablar qo’yiladi. O’qituvchining nutqi adabiy
til mezonlariga javob berishi va bolalarning yoshiga mos, ularga tushunarli bo’lishi
kerak, o’qituvchi o’z nutqida ko’proq sinonimlardan antonimlardan foydalanishi
kerak. Buning uchun u shoshilmasdan, duduqlanmasdan, ona tilidagi hamma
tovush so’zlarni to’g’ri, aniq, burro, orfografiya normalariga rioya qilib talaffuz eta
bilishi kerak. O’qituvchi ko’pincha bolalarga berilgan savolni bir necha marta
takrorlaydi, bu berilgan savolni to’g’ri tushunib olishga, vujudga kelgan pauzani
to’ldirishga yordam beradi. Bu vaqtda o’qituvchi bolalarga birgina fikrning o’zi
turlicha bayon etilishi mumkinligini ko’rsata olish imkoniga ega bo’lishi
kerak.YOsh avlodni tabiat, jamiyat rivojlanishi qonuniyatlari bilan, kishilarning
o’zaro axloqiy munosabatlari bilan tanishtirishda o’qituvchi nutqi katta rol
o’ynaydi. Har bir o’quvchi o’z sevimli o’qituvchisining tovush, nutqiy
xususiyatlari, o’quvchilarga murojaat qilish, savollarga javob berish usullarini
doimiy eslay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: