O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Jahon aholisini balandlik mintaqasi bo‘yicha joylanishi



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

Jahon aholisini balandlik mintaqasi bo‘yicha joylanishi 
(foiz hisobida) 
Qit’a, 
materiklar  
            Dengiz sathiga nisbatan balandlik, m 
 
200m gacha  200-500 
500-1000 
1000-
1500 
1500-
2000 
2000m 
dan 
balandda 
Yevropa 
68,8 
23,5 
7,2 
0,5 


 
Osiyo 
56,5 
23,5 
11,7 
4,9 
2,5 
0,9 
 
Afrika 
32,5 
24,1 
20,8 
13,8 
6,8 
2,0 
 
SH.Amerika 
46,9 
33,3 
7,9 
4,1 
4,0 
3,8 
 
J.Amerika 
42,3 
15,0 
22,8 
4,7 
4,2 
11,0 
 
Avstraliya 
va 
Okeaniya 
72,9 
17,8 
8,4 
0,9 


Quriqlikda 
56,2 
24,0 
11,6 
4,4 
2,3 
1,5 
 
 
2.  Aholining  tabiiy  o‘sishi  va  migratsiyasi.
  Jahon  aholsining  son  jihatdan  o‘sishining 
bosh omili aholining tabiiy ko‘payishidir. Aholining tabiiy ko‘payish darajasi yil davomida jami 
to‘g‘ilganlardan,  jami  o‘lganlarni  ayirib  tashlangandan  keyingi  qoldiq  bilan  ifodalanadi.  Uning 
ko‘rsatkichlari  bir  yilda  o‘rtacha  har  1000  aholiga  qancha  to‘g‘ilish  va  qancha  o‘lish  holatlari 
to‘g‘ri kelishiga qarab aniqlanadi. aholining tabiiy ko‘payish  jarayonigina uning to‘xtovsiz son 
jihatdan  o‘sib  va  avlodlarning  almashib  turishini  ta’minlaydi.  Garchi  tabiiy  ko‘payish  biologik 
jarayon  bo‘lsada,  uning  kechishi  va  keng  ko‘lamda  jamiyatda  qaror topgan  xilma-xil  ijtimoiy-
iqtisodiy  sharoit  (tirikchilik  vositalari  bilan  ta’minlanganlik  darajasi,  oila  va  nigoh,  bolalar 
tarbiyasi, urf odatlar, diniy aqidalar va boshqa) lar katta ahamiyat kasb etadi. 
Aholi o‘rtasida to‘g‘ilishning qay darajada bo‘lishiga siyosiy notinchliklar, urushlar, keng 
tarqalgan xavfli kasalliklar katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 


Hozirgi  vaqtda  jahon  mamlakatlari  aholisining  tabiiy  ko‘payish  ko‘rsatkichlariga  ko‘ra 
ikki guruhga ajratish mumkin:  
Aholi  birinchi  turi.  To‘g‘ilish,  o‘lim,  tabiiy  ko‘payish  ko‘rsatkichlarning  ancha  past 
darajasi  ana  shu  guruhga  kiruvchi  mamlakatlarga  xosdir.  Bu  guruh  mamlakatlarini  demografik 
tanglik mamlakatlari ham deyish mumkin. 
Odamda aholining takror ko‘payishi uchun oilalarda o‘rtacha kamida 2,5 bola to‘g‘ilishi, 
ya’ni  mavjud  oilalarning  yarmi  2  nafar,  qolgan  esa  3  nafardan  bolali  bo‘lishlari  talab  etiladi. 
yangidan dunyoga kelgan bu bolalarning 2 nafari ota va onalarning o‘rnini qoplasa, qolgan 0,5 
nafar  bepushtlar,  baxsiz  hodisa  tufayli  oila  qura  olmasdan  o‘tganlar  o‘rnini  to‘ldiradi.  Bunday 
demografik holatda aholining oddiy takror barpo bo‘lishi deyiladi. 
Hozirgi vaqtda jahon aholisining 1/5 qismini o‘zida  birlashtirgan, dunyoning rivojlangan 
mamlakatlari aksariyatida aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari, har 1000 kishiga hisoblaganda, 
Yaponiya,  AQSH,  Kanada  +1-2  dan  Avstraliya  va  Yangi  Zelandiya  +5-8  gacha  tebranadi. 
Demografik  tanglik,  ayniqsa,  Yevropa  mamlakatlarida  yaqqol  ko‘zga  tashlanmaoqda.  2001  yil 
ma’lumotlariga  ko‘ra  ularga  har  1000  aholi  hisobiga  o‘rtacha  10  ta  to‘g‘ilish  va  11ta  o‘lim 
ko‘rsatkichlari  to‘g‘ri  kelmoqda,  ya’ni  jami  to‘g‘ilganlar  hatto  umumiy  o‘lganlar  o‘rnini  ham 
qoplay olmayapti. 
Misol tariqasida Germaniyani oladigan bo‘lsak, mamlakatda to‘g‘ilish dunyoda eng past 
ko‘rsatkichga  ega.  Oilaning  o‘rtacha  me’yori  2,7  kishi.  Har  to‘rt  oilaning  bittasi  farzandsiz. 
Buning oqibatida keyingi vaqtlarda bu mamlakat aholisi kamayib borayapti. 
Umuman rivojlangan mamlakatlarda aholi tabiiy ko‘payishi kamligining sababi, jamiyat 
a’zolarining  o‘rtasida  o‘ziga  xos  kam  bolali  bo‘lishga  moyil  demografik  xulq-atvorning 
shakllanganligidir.  Shu  sababli  bu  guruh  mamlakatlarda  hozirgi  vaqtda  hech  bo‘lmaganda 
mavjud aholi soni takror barpo qilishni ta’minlash vazifasi yotadi. 
Aholi  ko‘payishining  ikkinchi  turi  to‘g‘ilish  va  tabiiy  ko‘payishning  yuqori,  bir  qator 
mamlakatlarda  esa  juda  yuqori,  o‘limning  aksincha  nisbatan  pastligi,  ushbu  guruhga  kiruvchi 
mamlakatlarning  asosiy  demografik  belgisidir.  Bu  guruh  mamlakatlarida,  tom  ma’noda, 
demografik faollik hukmrondir. Aholi  ko‘payishining bu turi eng avvalo Afrika, Osiyo va Lotin 
Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlariga xosdir. 
Ma’lumki,  rivojlanayotgan  mamlakatlarning  asosiy  ko‘pchiligi  yaqinlargacha  o‘z 
boshidan  mustamlaka  yoki  yarim  mustamlakalarga  xos  ijtimoiy  nohaqliklarni  o‘tkazib  kelgan 
edilar.  Ularning  ko‘pchiligi  asosan  mustaqil  rivojlanish  davrini  boshlab,  hozirgi  davr  tibbiyot-
sanitariya,  fan-texnika  kabi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  yutuqlaridan  foydalanish  imkoniyatiga 
ega  bo‘ldilar.  Ularga  nisbatan  ijtimoiy  yaxshilana  boshlandi,  turli  yuqumli  kasalliklarga  qarshi 
kurashish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu sharoitlar ularda to‘g‘ilishning yuqori darajasi saqlanib 
qolgani  holda,  o‘limning  keskin  kamayishiga  olib  keldi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  XX  asrning 
ikkinchi  yarmidan  boshlab  jahon  aholisini  misli  ko‘rilmagan  yuqori  sur’atlarda  o‘sishiga  olib 
kelgan.  Darhaqiqat  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  aholining  tabiiy  ko‘payishi  ko‘rsatkichlari 
ayniqsa,  XX  asrning  60-70  yillarida  o‘zining  yuqori  darajasiga  erishgan  edi.  O‘sha  yillarda  bu 
ko‘rsatkich har 1000 kishi hisobiga o‘rtacha 25-28 kishiga teng bo‘lgan edi. Boshqacha aytganda 
jahon  aholisi  aynan  rivojlanayotgan  mamlakatlar  hisobiga  har  yili  o‘rtacha  2,0  va  undan  ortiq 
foizda o‘sishga erishgan edi.  
Tabiiy  o‘sish  Afrika,  Markaziy  Amerika,  Janubiy  -  g‘arbiy  Osiyo  hamda  Markaziy  va 
Janubiy  Osiyoda  yuqori  koeffitsiyentlarga  ega.  Ushbu  ko‘rsatkich  Yevropada  nolga,  Rossiyada 
esa  minus  2-3  promiliga  teng.  Rossiyada  immigratsiya  katta  miqdorga  ega  bo‘lmaganda 
depolyatsiya jarayoni, ya’ni aholi sonining qisqarishi undan sezilarli bo‘lardi. So‘ngi yillarda yer 
yuzasi aholisining mutloq soni yiliga o‘rtacha 85-90 mln. kishiga o‘smoqda. 
Ammo  90-  yillardan  boshlab  demografik  faollik  mamlakatlarida  ham  aholining  tabiiy 
ko‘payishida yaqqol sekinlashuv alomatlari ko‘rina boshlanadi. Jahon aholisining 2/3 da yaqinini 
tashkil qiladigan Osiyo va Afrika mamlakatlarida aholining o‘rtacha yillik o‘sishi darajasi faqat 
1995-2001 yillar orasida 4 punktga, ya’ni, Osiyoda 2,4 foizga kamayishi qayd qilindi. Ana shular 


tufayli  jahon aholisining  yillik o‘sishi ko‘rsatkichlari  ham shu  yillar orasida 1,5 dan 1,3 foizga 
pasaydi. 
Hozirgi  vaqtda jahondagi ko‘pchilik  mamlakatlar davlat demografik siyosatini  yurgizib, 
aholining  ko‘payishini  boshqarishga  intilmoqdalar.  Demografik  siyosat  ma’muriy,  iqtisodiy, 
targ‘ibot va boshqa tadbirlar bo‘lib, davlatlar bo‘lar yordamida aholining tabiiy ko‘payishiga o‘zi 
hohlagan  yo‘nalishda  (birinchi  galda  to‘g‘ilishga)  ta’sir  ko‘rsatadi.  Demografik  siyosatning 
yo‘nalishi  dastavval  mamlakatdagi  demografik  holatga  bog‘liq  bo‘ladi.  Aholini  ko‘payishining  
birinchi  turiga  kiruvchi  mamlakatlarda  demografik  siyosat  ko‘proq  to‘g‘ilishni  va  tabiiy 
ko‘payishni  oshirishga  qaratilgan  bo‘ladi.  Aholi  ko‘payishining  ikkinchi  turi  xos  bo‘lgan 
ko‘pchilik  mamlakatlar  keyingi  o‘n  yilliklarda  to‘g‘ilishni  va  aholining  tabiiy  ko‘payishini 
qisqartirishga qaratilgan demografik siyosat yurgiza boshladilar. Bu sohada dunyoning ikkita eng 
katta mamlakati – Xitoy bilan Hindiston eng ko‘ harakat qilmoqda desa bo‘ladi. Hisobotda  har 
bir oilada 1 ta, Hindistonda esa 2 ta dan ortiq bola to‘g‘ilishiga yo‘l bermaslikni ko‘zda tutuvchi 
demografik siyosat olib borilmoqda. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish