O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Dunyo aholisining soni, zichligi va  joylanish xususityalari



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

1. Dunyo aholisining soni, zichligi va  joylanish xususityalari. 
Aholi deganda, ma’lum 
hududda  (mamlakatda,  mintaqada,  jahonda)  yashayotgan  kishilar  guruhiga  aytiladi.  U  barcha 
tarixiy davrlar mobaynida jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lib kelgan. Chunki u hamisha moddiy 
boyliklarni ishlab chiqargan, o‘z iste’molida foydalangan va jamiyat taraqqiyotini amalga oshirib 
kelgan. 
1999  yilning oktyabr oyida  jahon aholisi 6  mlrd. kishilik  marrani  xatlab o‘tdi. 2001  yil 
o‘rtalarida uning umumiy soni 6137 mln. kishiga yetdi. Hozirgi vaqtda uning umumiy soni 6,5 
mlrd. kishidan ortib ketdi. BMT va boshqa halqaro tashkilotlarning hisob - kitob va taxminlariga 
ko‘ra, 2010 yilda aholi soni 7 mlrd. 176,6 mln. ga, 2025 yilda esa, 8 mlrd. 504,2 mln.ga yetadi. 
Hisob-kitoblardan  ma’lum  bo‘ldiki,  dunyoda  har  230  kunda  1  ta  Turkiya    aholisiga  barobar 
nufuz ortadi. Har soniyada 3, daqiqada 155, har soatda 10600, har kunda esa 245-620 chaqaloq 
ro‘yxatga olinadi. 
Aholi  yer  kurrasida  nihoyatda  notekis  joylashgan.  Aholi  ko‘p  to‘plangan  uchta  asosiy 
arealni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi  areal Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyoni o‘z 
ichiga  oladi.  Bu  arealdagi  mamlakatlarda  o‘rtacha  zichlik  1  km.  kv  100  kishidan  ortadi,  ba’zi 
joylarda  esa,  1000-1500  kishiga  yetadi  va  undan  ham  oshadi.  Aholining  bunday  zichligiga  bu 
yerda  kishilarning  qadimdan  yashash,  ko‘p  mehnat  talab  qiluvchi  intensiv  obikor  dehqonchilik 
tipining  tarixiy  tarkib  topganligi,  shuningdek,  aholining  tabiiy  ko‘payishi  xususiyatlari  sabab 
bo‘lgan. 
Yer  shari  aholisining  70  %  i  quruqlikning  7  foizida  mujassamlangan  bo‘lsa,  15  %  da 
aholi  umuman  yashamaydi.  Aholining  asosiy  qismi  mu’tadil,  subtropik  va  subekvatorial  iqlim 
mintaqalarida  joylashgan, 50 % aholi dengiz sathidan 200 m gacha bo‘lgan hududlarda, 30 %  i 
dengiz sohillaridan 50 km. gacha o‘zoq hududlarda yashaydi. 
Yer  shari  bo‘yicha  har  km
2
  ga  o‘rtacha  40  kishi  to‘g‘ri  kelsada,  ayrim  mamlakatlarda 
aholi zichligi juda yuqori (Bangladeshda har km
2
 ga 800 kishi, Manokada 15,5 ming, Singapurda 
4,5 ming kishi to‘g‘ri keladi). yer shari aholi eng zich yashaydigan hududlar quyidagilardir: 
1.  Janubiy  Osiyo-Hindiston,  Bangladesh,  Shri-Lanka,  Pokiston  (aholi  soni  1,5  mlrd.ga 
yaqinlashmoqda, zichligi 300-500 kishi har km
2
ga;) 
2. Sharqiy Osiyo –Xitoy, Yaponiya, Koreya respublikasi, KXDR (Bu hududda 1,5 mlrd. 
dan ortiq aholi yashaydi, zichligi har km

ga 200-300 kishi); 


3. Janubi-Sharqiy Osiyo  –  Indoneziya, Filippin, Tayland, Malayziya va boshqalar (aholi 
soni 0,5 mlrd. zichlik har km

ga o‘rtacha 300 kishi); 
4. Yevropa (aholi soni 0,7 mlrd ga yaqin, zichlik har km

 o‘rtacha 200 kishi). 
5. Shimoliy Amerika Atlantika okeani sohillari, AQSH ning shimoli-sharqi. 
Umuman, Dunyo aholisining 60 % i Osiyoda, 12% i Afrikada, 9,5 % i Yevropada, 8,5 % 
i  Lotin  Amerikasida,  5,5  %  dan  ortig‘i  Shimoliy  Amerika  va  MDH  da  0,5  %  Avstraliya  va 
Okeaniyada istiqomat qiladi. 
Zichligi  katta  bo‘lgan  ikkinchi  areal  Yevropada  tarkib  topgan.  Bu  yerlarda  aholining 
o‘rtacha zichligi 200 kishidan 400 kishigacha bo‘lgan bir qancha mamlakatlar bor. Asosiy sanoat 
rayonlarida aholi zichligi har km. kv. da 500-1500 kishiga yetadi va undan ham ortadi. Uchinchi 
areal  AQSHning  shimoliy-sharqiy  qismidir.  Bu  hududda  sanoat  yuksak  rivojlanganligi  hamda 
mamlakatning asosiy rayoni ekanligi aholining zich joylashishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga 
quruqlik  maydonining  yarmiga  yaqinida  aholi  zichligi  1  km
2
  ga  bir  kishi  hali  to‘g‘ri  kelmaydi. 
O‘zlashtirish ayniqsa qiyin bo‘lgan doimiy  sovuq Qutbda, baland tog‘li o‘lkalar, cho‘llar, issiq 
va sernam ekvatorial o‘rmonlarda aholi  nihoyatda kam. Shunday qilib, tabiiy sharoit aholining 
joylashishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi jadval orqali ham aholining balandliklar bo‘yicha 
joylanish xususiylashtirini bilib olish mumkin.  
   Aholining  joylashishiga  tabiiy  sharoit  xususiyatlardan  tashqari  iqtisodiy  va  tarixiy 
sharoitlar,  aholini  kelib  o‘rnashgan  vaqti,  xo‘jalik  tipii,  tashqi  va  ichki  migratsiyaning 
intensivligi va boshqalar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish