S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/443
Sana26.01.2022
Hajmi7,8 Mb.
#410875
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   443
Bog'liq
2 5379724499933463631

himoyalangan  kanallari
  orqali  yoki  qo‘ldan-qo‘lga  tarzda  amalga 
oshiriladi.
AQShning axborotni shifrlash standartL
  AQShda davlat stan­
dard  sifatida  DES  (Data  Encryption  Standart)  standard  ishlatilgan. 
Bu  standart  asosini  tashkil  etuvchi  shifrlash  algoritmi  ШМ  firmasi 
tomonidan  ishlab  chiqilgan bo‘lib,  AQSh  Milliy  Xavfsizlik Agent- 
ligining  mutaxassislari  tomonidan  tekshirilgandan  so‘ng,  davlat 
standard maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departa- 
mentlar,  balki  nodavlat  tashkilotlar,  nafaqat  AQShda,  balki  butun 
dunyoda foydalanib kelingan.
DES  standartida  dastlabki  axborot  64  bitli  bloklarga  ajratiladi 
va 56 yoki 64 bitli kalit yordamida kriptografik o‘zgartiriladi.
Dastlabki  axborot  bloklari  o‘rin  almashtirish  va  shifrlash 
funksiyalari  yordamida  iteratsion  ishlanadi.  Shifrlash  funksiyasini 
hisoblash uchun 64 bitli kalitdan 48 bitligini olish,  32-bitli kodni 48 
bitli  kodga  kengaytirish,  6-bitli  kodni  4-bitli  kodga  o‘zgartirish  va 
32-bitli ketma-ketlikning o‘mini almashtirish ko‘zda tutilgan.
DES  algoritmidagi  shifrlash jarayonining  blok-sxemasi  5.11- 
rasmda keltirilgan. Rasshifrovka jarayoni shifrlash jarayoniga invers 
bo‘lib, shifrlashda ishlatiladigan kalit yordamida amalga oshiriladi.
Hozirda  bu  standart  quyidagi  ikkita  sababga  ko‘ra  foydala- 
nishga butunlay yaroqsiz hisoblanadi:
•  kalitning  uzunligi  56  bitni  tashkil  etadi,  bu  kompyuter- 
laming zamonaviy rivoji uchun juda kam;
•  algoritm  yaratilayotganida  uning  apparat  usulda  amalga 
oshirilishi  ko‘zda tutilgan  edi,  ya’ni  algoritmda  mikroprotsessorlar- 
da  bajarilishida  ko‘p  vaqt  talab  qiluvchi  amallar  bor  edi  (masalan, 
mashina  so‘zida ma’lum  sxema bo‘yicha bitlaming  o‘mini  almash­
tirish kabi).
Bu  sabablar  AQSh  standartlash  institutining  1997-yilda  sim- 
metrik algoritmning yangi standartiga tanlov e’lon qilishiga olib kel- 
di.  Tanlov shartlariga binoan algoritmga quyidagi talablar qo‘yilgan 
edi:
• algoritm simmetrik bo‘lishi kerak;
• algoritm blokli shifr bo‘lishi kerak;


• blok  uzunligi  128  bit  bo‘lib,  128,  192,  va  256  bitli  kalit 
uzunliklarini ta’minlashi lozim.
5.11- rasm. DES algoritmida shifrlash jarayonining blok-sxemasi.
Undan  tashqari  tanlovda  ishtirok  etuvchilar  uchun  quyidagi 
tavsiyalar berilgan edi:
• ham apparat usulda,  ham programm usulda  osongina  amalga 
oshiriluvchi amallardan foydalanish;
• 32 xonali protsessorlardan foydalanish;
• iloji  boricha  shifr  strukturasini  murakkablashtirmaslik.  Bu 
o‘z  navbatida,  barcha  qiziquvchilaming  algoritmni  mustaqil  tarzda 
kriptotahlil  qilib,  unda  qandaydir  hujjatsiz  imkoniyatlar  yo‘qligiga 
ishonch hosil qilishlari uchun zarur hisoblanadi.
2000-yil  2-oktyabrda  tanlov natijasi  e’lon  qilindi.  Tanlov  g‘o- 
libi deb Belgiya algoritmi RIJNDAEL topildi va shu ondan boshlab 
algoritm-g‘olibdan barcha patent chegaralanishlari olib tashlandi.
Hozirda  AES  (Advanced  Encryption  Standard)  deb  ataluvchi 
ushbu algoritm Dj.Deymen (J.Daemen)  va V.Raydjmen (V.Rijmen) 
tomonidan  yaratilgan.  Bu  algoritm  noan’anaviy  blokli  shifr  bo‘lib, 
kodlanuvchi  ma’lumotlaming  har  bir  bloki  qabul  qilingan  blok 
uzunligiga  qarab,  4x4,  4x6  yoki  4x8  o‘lchamdagi  baytlaming  ikki 
o‘lchamli massivlari ko‘rinishiga ega.
87


Shifrdagi  barcha  o‘zgartirishlar  qat’iy  matematik  asosga  ega. 
Amallaming  strukturasi  va  ketma-ketligi  algoritmning  ham  8-bitli, 
ham  32-bitli  mikroprotsessorlarda  samarali  bajarilishiga  imkon 
beradi.  Algoritm  strukturasida  ba’zi  amallaming parallel  ishlanishi, 
ishchi  stansiyalarida  shifrlash  tezligining  4  marta  oshishiga  olib 
keladi.
Ushbu  algoritmning  shifrlash  jarayoni  quyidagi  blok  sxema 
orqali ifodalangan (5.12-rasm).
Shifrlash  jarayonining  har  bir  raund  shifrlash  jarayonlari 
quyida  keltirilgan  to‘rtta  akslantirishlardan  foydalanilgan  holda 
amalga oshiriladi:


Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish