Strukturalari b o ‘yicha
axborot sirqib chiqadigan kanallar bir
kanalli va ko‘p kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot
sirqib chiqishi bir qancha ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha
bo‘ladi.
Nazorat savollari:
r
1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar tushunchasi.
2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasini tushun-
tirib bering.
3. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming turkumlani-
shi.
10.2. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarni aniqlash
usullari va vositalari
Elektromagnit rmrlanish indikatorlari qo‘shimcha elektromag
nit nurlanishlami aniqlash va nazoratlash uchun ishlatiladi. Indika-
toming soddalashtirilgan sxemasi 10.4-rasmdakeltirilgan.
242
Yuqori chastota
B o‘sag‘a
kuchaytirgichi
qurilmasi
Indikatot
Amplituda
detektori
Past chastota
kuchaytirgichi
10.4-rasm. Elektromagnit nurlanish indikatorining sxemasi.
Asbob fazoning ma’lum nuqtasidagi elektromagnit nurlanish-
lami qaydlaydi. Agar ushbu nurlanishlaming sathi bo‘sag‘a nurla-
nishdan oshib ketsa, tovush yoki nur yordamida ishlovchi ogohlanti-
ruvchi qurilma ishga tushadi. Demak, ushbu joyda yashirincha o‘r-
natilgan radio qurilmasi (radiozakladka) mavjud.
Indikatoming ishlash prinsipi quyidagicha. Indikator sxemasi-
da tashqi signallar fonida test akustik signalini ajratishga imkon be-
ruvchi past chastota kuchaytirgichi va radiokamay mavjud. Test
akustik signal bilan modulyatsiyalangan nurlanishni indikator anten-
nasi qabul qiladi va kuchaytirilgandan so‘ng radiokama^ga uzati-
ladi. Radiozakladka mikrofoni bilan indikator radiokamayi orasida
xushtakni eslatuvchi tovush signali ko‘rinishida namoyon boiuvchi
musbat teskari bog‘lanish o‘matiladi. Bu akustik teskari bog‘lanish
yoki "akustik bog‘lanish" rejimi deb ataladi.
Elektromagnit maydon indikatorlari quyidagi ko'rsatkichlari
bilan xarakterlanadi:
• chastotaning ishchi diapazoni;
• sezuvchanlik;
• zakladkani topish radiusi;
• ta’minot manbai xili;
• zakladkani qidirish rejimida avtonom ishlash vaqti;
• indikatsiya xili.
Zamonaviy indikator D-008 ning ko‘rinishi 10.5-rasmda kelti-
rilgan. Asbob ishlashining ikkita rejimi mavjud:
243
• radionurlantiruvchi zakladkani qidirishga mo‘ljallangan
maydonni aniqlash;
• yashirincha tinglovchi qurilmalami qidirishga mo‘ljallangan
simli liniyalarni tahlillash.
Ushbu asbob modulyatsiya xiliga bog‘liq bo‘lmagan holda
zakladkalami aniqlaydi. Aniqlash radiusi nurlanish quvvatiga, zak-
ladka ishlashi chastotasiga, tekshiriluvchi xonadagi elektromagnit
ahvolga bog‘liq. Zakladka quwati 5 mVt bo‘lganida, aniqlash radi
usi taxminan lm ga teng bo‘ladi.
10.5-rasm. D-008 indikatori.
r
Akustik teskari bog‘lanish rejimi qurilmaning lokal elektro
magnit maydon ta’sirida yanglish ishlashini bartaraf etish va o‘ziga
xos tovush signali bo‘yicha zakladkani aniqlash imkoniyatini beradi.
Qurilma 50-1500 mGs chastota diapazonida ishlaydi.
Radiochastotomerlar elektromagnit nurlanishning chastota bo‘-
yicha bo‘sag‘aning oshib ketishini qaydlaydi. Zakladkani qidirish
xonani reja asosida radiochastotomer bilan aylanish yo‘li orqali
amalga oshiriladi va zakladka bo‘lishi mumkin bo‘lgan joy tekshiri-
layotgan xonaning ma’lum nuqtasidagi signalning maksimal sathi
bo‘yicha aniqlanadi. Nurlanish aniqlanganda, displeyda olingan
signal chastotasi ko‘rsatiladi, tovush yoki yorug‘lik orqali xabar
beriladi.
244
Radiochastotomerlaming ba’zi xillari axborotni yuqori chas-
totada liniya orqali uzatuvchi zakladkalami aniqlashda qo‘llaniladi.
Niyati buzuqning texnik vositasining uzatish chastotasi 40-600 KGs
(ba’zida 7 MGs gacha) diapazonda bo‘ladi.
RICh-3 chastotomerning (10.6-rasm) ishlash prinsipi radiosig-
nallami keng polosali detektirlashga asoslangan. Bu esa ixtiyoriy
modulyatsiyali radiouzatuvchi qurilmalami aniqlash imkoniyatini
beradi.
Asbob ikkita rejimda ishlaydi: qidirish va qo‘riqlash.
Qidirish rejimi radiomikrofonlar, telefon radiotranslyatorlar,
radiostetoskoplar, yashirin videokameralar o‘matilgan joylami aniq
lashda ishlatiladi. Undan tashqari radiostansiyalar va radiotelefon-
lami ruxsatsiz ishga tushirilganligini aniqlaydi.
I
10.6-rasm. RICh-3 chastotomeri.
Qo‘riqlash rejimi begona radionurlanish manbasini paydo bo‘-
lish onini qaydlashga va trevoga signalini uzatishga imkon beradi.
RICh-3 asbobi chastota o‘lchanishining yuqori aniqligida
(0,002%), chastotaning 100-3000 MGs diapazonida ishlaydi.
Skanerlovchi priyomniklar transportda tashiladigan va qo‘lda
olib yuriladiganlarga bo‘linadi. Maydon indikatori va radiochasto-
tomerlarga o‘xshab, skanerlovchi priyomniklar axborot sirqib chi-
quvchi kanallami aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.
245
10.7-rasmda Winradio skanerlovchi priyomnikning tashqi ko‘-
rinishi keltirilgan. Ushbu priyomnik kompyuteming 16-bitli slotiga
o‘matiladigan karta ko‘rinishida yasalgan (10.8-rasm), bu esa uning
ketma-ket portlar orqali ulanadiganlariga nisbatan imkoniyatlarini
orttiradi.
Winradio 1000 modeli 500 kGs dan 1300 mGs gacha chasto-
talarda ishlaydi va turli modulyatsiyali signalni qabul qilishi mum
kin. Dasturiy boshqarish sichqoncha va klaviatura yordamida quril
ma resurslarini operativ boshqarishga imkon beradi. Boshqarish pa-
neli monitor ekranida akslantiriladi. Tezligi - 50 kanal/s, chastota
bo‘yicha o‘zgartirish qadami 1 kGs dan to 1 mGs gacha.
10.7-rasm. Winradio skanerlaydigan qabul qiluvchi qurilma.
10.8-rasm. Winradio skanerlovchi priyomnikni kompyuterga
o‘matish.
Winradio Communication firmasi radiopriyomniklari komp-
lekti tarkibiga boshqarishning quyidagi dasturiy vositalari kiradi:
• bazaviy dasturiy ta’minot;
246
• qo‘shimcha dasturiy ta’minot;
• skanerlash rejimini amalga oshirishiga imkon beruvchi das
turiy ta’minot.
Bazaviy dasturiy ta’minot priyomnik ishlashini boshqaruvchi
asosiy boshqarish dasturi bo‘lib, quyidagi masalalarni hal etadi: pri-
yomnikni ish chastotasiga va ishlash rejimiga o‘matish, skanerlash
parametrlarini belgilash va natijalarini akslantirish, ish natijalari
bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot priyomnikning funksional imko-
niyatlarini kengaytirishga imkon beradi:
• Digital Suite dasturi signalning vaqt va chastota xarakte-
ristikalarini tahlillashga, turli standartlardagi signallarini ishlashga
hamda audio - signallarini WAV - formatda qattiq diskka yozishga
imkon beradi. Signallami tahlillash va ishlash muolajalarini amalga
oshirishda kompyuteming standart tovush kartasidan foydalaniladi.
• Datebase dasturi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazasining
shakllanishini ta’minlaydi. Dastur tarkibiga butun dunyo bo‘yicha
uch yuz mingdan ortiq qaydlangan chastotalarini, manzil mamlakati,
geografik koordinatlari ko‘rsatilgan radiostansiyalar xususidagi
axborotli ma’lumotlar bazasi kiradi.
Skanerlashning ko‘pgina algoritmlari mavjud. Ularning asosiy
vazifalari quyidagilar:
• agar qabul qilinadigan signal sathi berilgan bo‘sag‘adan osh-
sa, skanerlash to‘xtatiladi. Operator tovush yoki nur orqali ogoh-
lantiriladi.
• signal aniqlanganida skanerlash to‘xtatiladi va signal yo‘qol-
ganida skanerlash qaytadan boshlanadi;
• signalni tahlillash vaqtida skanerlash to‘xtatib turiladi va
skanerlash rejimi ishga tushirilganida davom ettiriladi;
• qo‘l yordamida skanerlash - priyomnikni sozlash operator
yordamida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha dasturiy ta’minot chastotalari ma’lum radiozak-
ladkalami qidirishda ishlatiladi. Bunda ba’zi skanerlovchi priyom-
niklarda modulyatsiyaning berilgan xili va ustivor kanallar bo‘yicha
skanerlash ko‘zda tutilgan.
247
Yuqorida aytib o‘tilganidek, shaxsiy kompyuterlaming aniq
lash qurilmalari bilan kompleksda ishlatilishi, signallami aniqlash
va tahlillash bo‘yicha imkoniyatlami jiddiy kengaytiradi. "Skaner
lovchi priyomnik + shaxsiy kompyuter" komplekti avtomatlashtiril-
gan qidiruv kompleksining oddiy misoli hisoblanadi. Yanada mu-
rakkab tizimlar ham shaxsiy kompyuter va skanerlovchi priyomnik
asosida quriladi, ammo ular kompleksning tezkorligini hamda funk-
sional imkoniyatlarini kengaytiruvchi qo‘shimcha bloklarga ega.
Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qi
diruv kompleksi ishlashini "Nelk" firmasining "KRONA" va
"KRONA Pro" komplekslari misolida ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |