Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/108
Sana25.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#410768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Bog'liq
Bl9fdAA4HwKdJqbt64bp1DJw2io4DN3cx6CEGgXn

139 
 
Chapter 
7. 
 Elements of 
a Legal 
Strategy for International 
Watercourses  management: The Aral  Sea  Basin  (Laurence  Boisson  de 
Chazournes)  
161 
7.1 The need to avoid conflicts over water use. 
 
164 
7.2  Technical  and  scientific  activities  as  key  components  for  the 
development and implementation of legal instruments and strategies.
 
172 
List of literature 
178 
Main terms and 
definitions
 
180 
Inclosure 
183 


 
 
10
 
KIRISH
 
Respublikamizda suv strategik ahamiyatga ega boʻlgan resurs hisoblanadi, chunki 
mavjud  suv  resurslarining  asosiy  qismi  iqtisodiyotimiz  rivojida  muhim  oʻrin  tutuvchi 
agrar  soha  ehtiyoji  uchun  sarflanadi.  Qishloq  xoʻjalik  mahsulotlarining  salkam  97% 
aynan 
sugʻoriladigan 
yerlarda 
yetishtiriladi. 
Ma’lumki, 
bugungi 
kunda 
Respublikamizda  qishloq  xoʻjaligi  mahsulotlariga  boʻlgan  talab  kun  sayin  ortib 
bormoqda.  Mamlakatimizning  ichki  bozoridan  tashqari  eksport  bozorida  ham 
Oʻzbekistonning  qishloq  xoʻjalik  mahsulotlariga  talab  ancha  katta.  Bu  hol  sohani 
rivojlantirish  va  sugʻorma  dehqonchilikda  suvdan  oqilona  foydalanishni,  sugʻorish 
tarmoqlarining  foydali  ish  koeffitsientlarini  oshirishni  taqazo  etmoqda.  Аmmo  oʻz 
yechimini  kutayotgan  bir  qator  muammolar  borki,  ular  Oʻzbekiston  qishloq  va  suv 
xoʻjaligini rivojlantirishni belgilab beradi. Yana shuni taʼkidlash kerakki, mamlakatimiz 
sugʻoriladigan  maydonlari  suv  taʼminotini  yaxshilash,  har  bir  gektar  sugʻoriladigan 
maydondan  olinadigan  hosil  miqdorini  koʻpaytirish  va  mamlakatimiz  aholisi  turmush 
darajasini  yanada  yaxshilash  maqsadida  Respublikamizda  koʻplab  farmon  va  qarorlar 
qabul qilinmoqda[20].  
Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  2017  yil  7  fevral  kuni 
"Oʻzbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  boʻyicha  Harakatlar  strategiyasi 
toʻgʻrisida"gi  farmoniga koʻra,  3 yoʻnalish sifatida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 
va  liberallashtirishga  yoʻnaltirilgan  makroiqtisodiy  barqarorlikni  mustahkamlash  va 
yuqori 
iqtisodiy 
oʻsish  surʼatlarini  saqlab  qolish,  milliy  iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini  oshirish,  qishloq  xoʻjaligini  modernizatsiya  qilish  va  jadal 
rivojlantirish,  iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish  boʻyicha  institutsional  va 
tarkibiy  islohotlarni  davom  ettirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va  uning 
ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  rivojini 
ragʻbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-
iqtisodiy  taraqqiy  ettirish,  investitsiyaviy  muhitni  yaxshilash  orqali  mamlakatimiz 
iqtisodiyoti  tarmoqlari  va  hududlariga  xorijiy  sarmoyalarni  faol  jalb  etishga  asosiy 


 
 
11
 
e’tibor  qilishi  ta’kidlanib  oʻtilgan  boʻlib,  bu  yoʻnalishning  uchinchi  qismida  qishloq 
xoʻjaligini yanada takomillashtirishga aloxida e’tibor qaratilgan[20]. 
Respublikada  suv  resurslaridan  foydalanishni  integratsiyalashgan  boshqarishni 
joriy  qilishda  suv  xo‘jaligi  sohasida  faoliyat  yurituvchi  idoralar  o‘rtasida 
muvofiqlashtirish ishlari talabga javob bermaydi. 
Sohaga davlat-xususiy sheriklik amaliyotini joriy qilishga kirishilmagan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunini 
keyingi  yillarda  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  sohalarida  amalga  oshirilgan  islohotlar 
natijalaridan kelib  chiqib  takomillashtirish,  shuningdek, O‘zbekiston  Respublikasining 
Suv kodeksini ishlab chiqish talab etilmoqda. 
Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va xalqaro suv munosabatlari. 
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi suv xo‘jaligi munosabatlari 
sezilarli  ravishda  yaxshilandi,  transchegaraviy  suvdan  foydalanish  muammolarini  hal 
qilish bo‘yicha ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. 
Biroq,  kelgusida  Amudaryo  va  Sirdaryoning  yuqori  oqimlarida  yangi  yirik 
gidroenergetik  obyektlar  va  suv  omborlari  qurilishi,  shuningdek,  mavjudlari  energetik 
rejimda  ishlatilishi  daryolarning  quyi  oqimida  joylashgan  davlatlar,  shu  jumladan, 
O‘zbekiston  uchun  ham  suv  ta’minotida  qator  muammolarni  keltirib  chiqarishi 
mumkin. 
Bundan tashqari, keyingi yillarda yangi yerlarni o‘zlashtirilishi mintaqa davlatlari 
o‘rtasidagi  suv  taqsimoti  muvozanatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Bu  esa  Orol 
dengizi  havzasi  suv  resurslaridan  foydalanish  sohasidagi  mintaqaviy  huquqiy  asosni 
yanada takomillashtirishni talab etadi. 
Suv  resurslaridan  foydalanishni  rejalashtirish  va  boshqarish  tizimini  aholi  uchun 
suv  bilan  kafolatli  ta’minlashni,  iqtisodiyot  tarmoqlarining  ustuvorligi,  suvni 
samaradorligini  oshirish,  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  ekologik  muvozanatni 
ta’minlash talablarini hisobga olgan holda takomillashtirish zarur. 


 
 
12
 
Suv  resurslarini  boshqarishda  atrof  muhitni,  tabiiy  suv  havzalari  va 
ekotizimlarning  suvga  bo‘lgan  talabini  inobatga  olish,  shu  jumladan,  Orolbo‘yi 
hududida  suv  xo‘jaligi  vaziyatini  barqarorlashtirish  hamda  Orol  dengizi  qurishining 
salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish ham talab etiladi. 
Xalqaro  moliyaviy  institutlar  va  xorijiy  davlatlarning,  shuningdek  boshqa 
sheriklarning  texnik  yordam  mablag‘larini  jalb  qilish  asosida  suv  resurslarini 
integratsiyalashgan  holda  boshqarish  tamoyillarini  joriy  qilish  bo‘yicha  harakatlar 
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.  
Aholining  suvni  muhofaza  qilish,  suv  resurslaridan  samarali  va  tejamli 
foydalanishni tashkil etish bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish. Bunda: 
suvdan  oqilona  va  tejamkor  foydalanishni  targ‘ibot-tashviqot  qilishning  samarali 
mexanizmlarini  joriy  etish,  bunda  ommaviy  axborot  vositalari  imkoniyatlaridan  keng 
foydalanish; 
suvdan  foydalanish  madaniyatini  oshirish  bo‘yicha  o‘quv  dasturlarini  ta’lim 
tizimiga  joriy  qilish  orqali  yosh  avlodni  suvga  nisbatan  tejamkorona  munosabatda 
bo‘lish ruhida tarbiyalash; 
suv  xo‘jaligi  tashkilotlari  faoliyatining  shaffofligini  ta’minlash,  suvga  doir  ochiq 
ma’lumotlar  bazasini  shakllantirish  va  uni  ommaga  yetkazishning  qulay  sharoitlarini 
yaratish. 
Transchegaraviy  suv  resurslaridan  foydalanish  masalalari  bo‘yicha  davlatlararo 
munosabatlarni  rivojlantirish,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  manfaatlari  o‘rtasidagi 
muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul 
mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari 
surish yo‘nalishini amalga oshirishda: 

 
O‘zbekiston  Respublikasining  Orol  dengizi  havzasi  mamlakatlari  va 
mintaqaviy  davlatlararo  suv  xo‘jaligi  tashkilotlari  bilan  mintaqaning  suv 
resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish 
masalalarida faol hamkorligini davom ettirish; 


 
 
13
 

 
Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  manfaatlari  o‘rtasidagi  muvozanatni 
ta’minlaydigan  mintaqaning  transchegaraviy  suv  resurslarini  birgalikda 
boshqarishning  o‘zaro  maqbul  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  va  ilgari 
surish; 

 
transchegaraviy  suvlar  bo‘yicha  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti 
konvensiyalari normalari va tamoyillarini ilgari surish; 

 
Sirdaryo,  Amudaryo  va  boshqa  transchegaraviy  daryolarda  monitoring 
tizimini takomillashtirish, hamkorlikda suvni nazorat qilish va monitoringini 
yuritish hamda ochiq ma’lumotlar almashish tizimini tashkil qilish; 

 
mintaqa  davlatlari  tomonidan  yirik  gidrotexnika  inshootlarini  qurish 
bo‘yicha yagona pozitsiyani ishlab chiqishni ilgari surish; 

 
O‘zbekiston  manfaatlarini  hisobga  olgan  holda  Markaziy  Osiyo 
mamlakatlari  bilan  suv  xo‘jaligi  loyihalarini  birgalikda  moliyalashtirishda 
ishtirok etish imkoniyatini o‘rganish; 

 
mintaqaviy  suv  resurslarini  boshqarish  bo‘yicha  qo‘shma  rejalarni  ishlab 
chiqish  va  istiqboldagi  vazifalarni  belgilash,  shu  jumladan  mintaqaviy 
miqyosda iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish va o‘zaro 
manfaatlarni ifoda etuvchi sohalarda tajriba almashish. 
Fanni oʻqitishning  asosiy  vazifalari  davlatlararo, transchegaraviy va  mahalliy suv 
havzalari va obyektlarining suv resurslarini boshqarish boʻyicha tajriba, koʻnikmalar va 
bilimlarni  kelajakdagi  suv  xoʻjaligi  tizimida  faoliyat  olib  boruvchi  magistrlarda 
koʻnikmalar  shakllantirish,  ulardan  turli  ehtiyojlar  uchun  foydalanishni  asoslash  va 
ularni  qonunchilik  bazasida  oʻqitish,  suv  resurslarini  turli  omillar  ta’siridan  himoya 
qilish,  shuningdek,  suv  toʻgʻrisidagi  qonunlar,  konvensiyalar,  bitimlar,  shartnomalar, 
deklaratsiyalar,  prinsiplar,  qoidalar  va  qoidalarni  qoʻllash  boʻyicha  bilim,  tajriba  va 
koʻnikmalarni shakllantirish. 
  Ushbu  kursni  oʻrganish  natijasida  magistrantlar  xalqaro  va  milliy  suv 
munosabatlarining quyidagi huquqiy asoslari bilan tanishadilar: 


 
 
14
 
-  davlatlararo,  transchegaraviy  va  mahalliy  tabiiy  suv  havzalarining  suv 
resurslarini taqsimlash; 
-  suv  resurslaridan  turli  maqsadlarda  foydalanish,  shuningdek  ularni  turli 
omillarning salbiy ta’siridan himoya qilish; 
- ushbu sohada mavjud bo’lgan tajribalarni bilish; 
- suv resurslarining sifati va miqdorini baholash; 
- tabiiy oʻzini oʻzi tozalash jarayonini tiklash boʻyicha turli xil tadbirlarni asoslash; 
- tabiiy suvlarni muhofaza qilishning nazariy asoslari va usullari; 
- tabiiy suvlarning tarkibiga insonning iqtisodiy faoliyatining ta’siri; 
- ushbu ta’sirlarning oldini olish boʻyicha choralar usullari va tamoyillari; 
- tabiiy suvlardan oqilona foydalanish asoslari va usullari; 


 
 
15
 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish