Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonun
Suv toʻgʻrisidagi qonun toʻgʻridan-toʻgʻri suvning ifloslanishi, suv sifati
standartlari, ichimlik suvining ifloslanishi, shahar va qishloqlarni suv ta’minoti,
kanalizatsiya, qonunchilik talablari va boshqalarni koʻrib chiqadigan sogʻliqni saqlash
qonunlari bilan bogʻliq.
Boshqa huquqiy fanlar
Suv toʻgʻrisidagi qonun bilan bogʻliq boʻlgan boshqa huquqiy fanlar ham mavjud
boʻlib, ular suv resurslaridan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari boʻlgan masalalar
bilan shugʻillanadi. Bunga gidroenergetika, baliqchilik, ichki navigatsiya, oʻrmon
xoʻjaligi va milliy bogʻlar va boshqalar bilan bogʻliq qonunchilik kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |