transchegaraviy suv obyektlari
— ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib
oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari;
transchegaraviy suvlar
— ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki
shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari”;
yer osti suvlari
— yer sathidan pastda yer qobigʻining togʻ jinslari qatlamlarida
joylashgan suvlar;
yer usti suvlari
— yer qobigʻining ustida joylashgan suvlar;
185
ILOVA
SUVDAN VA YERDAN FOYDALANISH HAQIDAGI MUSULMONLAR
HUQUQI (SHARIAT) QARORLARI TOʻPLAMI
Oʻlik yerlar haqida.
1
Oʻlik yerlar tushunchasiga shunday yerlar kiradi;
Suv yoʻqligi yoki suv ostida qolganligi, yoki boshqa biror sabab tufayli, yerga ishlov
berish imkoniyati boʻlmasa.
2
Oʻlik yerlar deb, egasi boʻlmagan yerlarga ham aytiladi, agar ular qarovsiz qolgan boʻlsa,
va agar aholi yashaydigan yerdan shunday masofada joylashgan boʻlsaki, odamning eng
qattiq chaqirigʻi ham u yerga yetmasa.
3
Oʻlik yerlarga homiylik qilish imomga tegishlidir.
4
Imom yoki qozining ruxsati bilan oʻlik yerga ishlov beruvchi, yerga egalik qilish huquqiga
ega boʻladi.
5
Oʻlik yerga ishlov berish natijasida olingan hosilda ushr soligi (undan bir xissa) olinadi.
6
Agar kimdir oʻlik yerga ishlov bersa va bu yerni toʻrt tomondagi boshqa Oʻlik yerlar ham
toʻrt nafar odam tomonidan birin-ketin ishlov berib borilsa, u holda, birinchi esga olingan
yerga yoʻlni oxirgi ishlov berila boshlagan yerdan olib oʻtiladi.
7
Ishlov berilayotgan oʻlik yerni oʻrab turgan barcha oʻlik yerlarga baravariga ishlov berish
boshlansa, markaziy qismda joylashgan yerga yoʻlni eng qiyin ishlov berish boshlangan
yer orqali oʻtkaziladi.
8
Agar imom yoki qozi oʻlik yerni kimgadir ishlov berishga faqat foydalanish huquqi bilan
186
berilgan boʻlsa, u holda u shaxs u yerga xususiy mulk huquqiga ega boʻlmaydi.
9
Musulmon boʻlmagan shaxs musulmon boʻlgan shaxs kabi oʻlik yerga ishlov berishga oid,
huquqlarga ega.
10
Agar oʻlik yerni toʻsiq bilan oʻragan shaxs, uni 3 yil davomida ishlatmasa, u holda u yerga
ega boʻlish huquqidan mahrum boʻladi va imom yerni boshqa shaxsga ishlatish uchun
berishi mumkin.
11
Oʻlik yerni toʻsiq bilan toʻsish tushunchasi, uni tosh toʻsiq bilan yoki quruq shoxlar bilan
va shu yerda yoqilgan shox va oʻt-oʻlanlar qoldigi va qum bilan devor qilishga tushuniladi.
12
Oʻlik yerga ishlov berish tushunchasi uni sugʻorishga moʻljallangan toʻsiqlar orqali
sugʻorishga, chopishga va ekishga aytiladi.
13
Oʻlik yerdan faqat ariq oʻtkazish (sugʻormasdan) toʻsiq toʻsish tushunchasiga kiradi.
14
Aholi yashaydigan joylarga yaqin joylashgan oʻlik yerlarga ishlov berilmaydi va ular aholi
uchun, hayvonlar uchun yaylov sifatida, oʻtin yigʻadigan maydon va qabriston sifatida
ishlatiladi.
15
Agar imom oʻlik yerda daraxt oʻtkazishga ruxsat bersa, buning uchun alohida joy ajratiladi
va u yerga boshqa hech kim daraxt oʻtkazish huquqiga ega boʻlmaydi.
16
Daraxt oʻtkazish uchun berilgan yer maydoni (15 punktga asosan) har tomondan besh
tirsakka teng boʻladi, yaʼni markazida daraxt boʻlib radiusi tirsakka ega boʻlgan doira
boʻladi.
17
187
Quduq yoki suv manbai qilib ajratilgan yerda, boshqa shaxs uchun hudud shunday quduq
yoki suv manbai qazish taqiqlanadi.
18
Avvaldan quduq qilib ajratilgan joy chegarasidan tashqarida kimdir quduq qazisa va suv
birinchi quduqdan ikkinchisiga oʻtib ketsa, ikkinchi quduq egasi javobgar boʻlmaydi.
19
Quduq agar suv ichish uchun moʻljallangan boʻlsa, uning atrofida 40 tirsakka teng boʻlgan
doiraviy makon unga tegishli deb xisoblanadi.
20
Agar suv ichadigan quduq yuk tashuvchi xayvonlar uchun moʻljallangan boʻlsa, unga
tegishli doiraviy makon 60 tirsakka oshiriladi.
21
Agar manba oʻlik yerda joylashgan boʻlsa, unga biriktirilgan doiraviy makon 500 tirsakka
oshiriladi.
22
19,20, va 21 bandlarda ko’rilgan masalalar bo’yicha yakuniy qarorni imom qabul qiladi.
23
Vodoprovod uchun qurish va sozlashga tegishli boʻlgan joy ajratildi.
24
Tigr va Yefrat daryolarining eski oʻzanlariga ishlov berilmaydi, chunki bu joylarga vaqt
oʻtishi bilan daryolar yana qaytishi mumkin.
25
Agar daryo eski oʻzaniga qaytish extimoli boʻlmasa, bu oʻzan oʻlik deb xisoblaniladi, agar
u oʻlik yer bilan chegarasi boʻlmasa. Agar masala ixtilofli boʻlsa, yechimi imomga
tegishlidir.
26
Agar daryo xususiy boʻlsa va daryo oʻzgalar yeridan oqib oʻtuvchi busa, daryoning egasi
uning qirgʻogʻida yurish va daryoni tozalash chiqindilarini qirgʻoqqa tashlash huquqiga
188
ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |