suv iste’molchisi
— oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini
belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish)
— yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz
ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda
olgan holda foydalanish;
suv obyekti
— suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining
oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar)
hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv
oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel
suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va
boshqa obyektlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |