0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


5.2.  Sug'urtaning  paydo bo'lish  tarixi"



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

42


5.2.  Sug'urtaning  paydo bo'lish  tarixi"

Sug'urtaning  tarixi  uzoq  o‘tmishga  borib  taqaladi.  uning  aniq  yuzaga  kelish 

sanasini  aytish judayam  qiyin.

O'tmish  tamaddunlaridan  qolgan  binolar  qoldiqlari.  san’at  asarlari  va  boshqa 

moddiy  alomatlami  topish  nisbatan  oson  bo'lsa.  ilk  shaharlar  aholisi  iqtisodiyot 

sohasidagi  xizmatlami  qanday  tashkil  qilganligini  tiklash  qiyindir.  Biroq  miloddan 

avvalgi.  qadimgi.  o'rta  asrlarga  oid  va  ilk  yangi  davr  tamaddunlariga  oid  bino  va 

inshootlar qoldiqlari  orasida odamlar oziq-ovqat  mahsulotlarining tegib bo'lmaydigan 

zaxiralarini  saqlagan  omborlar  aniqlangan.  Misr  shohi,  Fir'avn  tushlariga  ta'bir 

bergan  Yusuf haqidagi  Bibliva tarixida  zaxiralaming ular bo'yicha tashkil  qilinishi  va 

ulardan  foydalanish tamoyillari  namoyish  etiladi.

Tajribaning ko'rsatishicha, vaqti-vaqti  bilan hosilsizlik voki  dushmanlar hujumi 

ro‘y  bergan  boiib,  bunda  shaharliklar  yaqin-atrofda  yetishtirilgan  bosildan 

foydalanish  imkoni  bo'lmagan.  Har  bir  shaharlikka  bunday  vaziyatlarda  o'zini 

ta’minlash  topshirilishi  mumkin edi.  lekin  eng qadimiy shaliarlar aliolisi  ham umumiy 

zaxira shakllantirish  samaraliroq ekanligini tushunib yetgan.

Hosildorlik  yuqori  bo'lgan,  oziq-ovqat  mahsulotlarining  narxlari  past  bo'lgan 

yillarda  imkoniyati  bo'lgan  har  bir  kishidan  kichik  miqdorda  soliq  olish  mumkin 

bo‘lgan.  Uzoq  vaqt  saqlanishi  mumkin  bo'lgan  ekinlar.  masalan.  bug'doyni  zaxira 

uchun  pulga  sotib  olish  mumkin  bo'lgan:  zaxira  uchun  oziq-ovqat  mahsulotlarini 

markazlashtirilgan  tarzda  xarid  qilish  amalga  oshirilmagan  hollarda  fermerlar  ular 

sotgan 


miqdordan 

ko'proq 


miqdorda  (va  qimmatroqqa) 

mahsulot 

sotish 

imkoniyatidan  albatta xursand bo'lgan bo'lardi.

Agar  hosilsizlik  kuzatiladigan  yoki  shaliar  qamal  qilinadigan  bo'lsa.  zaxira 

qilingan  oziq-ovqat  mahsulotlari  shahar alilini  qutqarish  uchun  foydalanilishi  mumkin 

bo'lgan.  Shu  sababli  umumiy  fond  tushunchasi  (ushbu  holatda  oziq-ovqat 

mahsulotlari)  insonivat  ongidan  mustahkam  o'rin  olgan.  G'oya  o'z  samaradorligi 

yuqori ekanligini  ko'rsatdi,  ayniqsa, risk tushunchasining joriy qilinishi bilan.

XII  asming  oxirlarida  Yevropaliklar  Osiyo  va  Amerikaga  yirik  savohatlami 

amalga  oshira  boshlagan  paytda  «shahar  inqilobi»  (sanoat  inqilobidan  oldin  kelgan) 

ro'y  berdi,  «risk»  va «umumiy  fond» tushunchalari birlashib ketdi.

Agar kichik  kemalardan iborat bo'lgan kichik bir flotiliya Yevropadan aytayliq, 

Indoneziyaga  savdo  qilish  va  u  yerdan  qimmatbaho  va  noyob  ekzotik  yuklar  bilan 

qaytish  uchun  chiqishning  uddasidan  chiqqan  bo'lsa,  kemalaming  hammasi  ham 

safardan qaytib kelmasli  riski  bo'lgan.  Dengiz shtormi  kemalami cho'ktirib yuborishi, 

kemalarda oziq-ovqat zaxirasi tugab qolishi (yoki kemajamoasi bironta epidemiyadan

*’  Insuranse:  Principles  and  Practice.  Compiled  by  David  Bland,  The  Chartered  Insuranse  Institut,  Great 

Britain, 1993.  24  p

43



halok  bo'lishi),  ayrim  kemalar  adashib  qolishi.  boshqa  kemalar  orliqcha  yuk  yuklab 

yuborilganligi  yoki  te.xnik  nosozliklar  tufayli  cho;kib  ketishi  mumkin  boigan. 

Bunday  riskli  faoliyatga  pul  tikkan  kishilar  investorlardan  birontasi  uning  kemasi 

safardan  qaytib  kelmagan  yagona  kema  ekanligi  sababli  bor  pulini  yo'qotmasligi 

uchun  riskni  o'zaro  taqsimlash  maqsadga muvofiq  boigan.  Buning  uchun  ikkita usul 

ishlab chiqilgan.

Birinchi  usul  qo'shma  korxona  tashkil  qilishdan  iborat  boiib,  u  orqali 

investorlar barcha  risklar va  olish  mumkin  boigan  foydani  o'zaro  taqsimlagan  holda 

umumiy yuk bilan bir nechta kemaga pul kiritgan.

Ikkinchi  y o i  bu  -   sug'urta  boiib.  bunda  kcma  va  (yoki)  yuk  cgasi  (vakka 

tartibdagi  shaxs  yoki  kompaniya)  agarda  kema  mazkur  reysda  muvaffaqiyatsizlikka 

uchraydigan  boisa,  unga yo'qotishlaming o'rnini  toidirishga rozi  boigan  odamlarga 

pul  mablagiari  taklif  qiladi.  Shunday  qilib,  qo'shma  korxonalar  (aksiyadorlik 

jamiyatlari)  va  sug‘urta  bir-biri  bilan  raqobatda  rivojlanmasdan.  bir-birini  to'ldira 

boshladi.  Odamlar guruhi yoki  kompaniyalar kema yo'qotilgan  taqdirda kema egasiga 

tovon (indemnity-) toiash  evaziga pul  mukofotlari  (premium)  to'play  boshladi.  Bunda 

sug'urta qiluvchilar risk holati  ro‘y berganda sug'urta qildiruvchilarga toiovlar uchun 

foydalanishni va’da qilgan  umumiy  fond tashkil  qilingan.

Bu  jarayonning  ilk  bosqichlarida,  agarda  risk  ro'v  beradigan  boisa,  sug'urta 

qiluvchi  u  sug‘urta  qildiruvchiga  toiashi  lozim  boigan  toiovni  amalga  oshirish 

uchun  bironta  mulkni  sotishga  (yoki  bankdagi  hisobraqamidan  pul  olishga)  majbur 

boigan.  Bu  tamoyil  hozirgacha  xuddi  shu  toio v  va’dasi  shartnomaning  asosini 

tashkil  qiladigan  Lloyd  korporatsiyasi  tomonidan  qoilanib  kelmoqda.  «Llovd 

a'zolari»  maqomiga  ega  boigan  kishilar  «imzoIangan»  (underwritten)  risk  ro‘y 

bergan  holatda  o'zining  shaxsiy  mablagiaridan  pul  toiashga  majbur  boiadi. 

«Imzolash»  (ingl.  to  underwrite)  atamasi  qanday  yangraydigan  boisa,  aynan  shuni 

anglatadi:  riskni  (sug'urta  predmeti,  sug'urta  qilingan  muddat  va  shartlar)  belgilab 

beradigan  hujjat  tuziladi  va  uni  sug‘urta  qiladigan  shaxs  (yoki  uning  vakili) 

qog'ozning pastki qismiga u toiashga tayyor boigan risk  uiushini yozadi.

Ayrim  ishbilarmonlaming  ko‘plab  jamiyat  a'zolai'i  Llovd  korporatsiyasida 

qabul  qilingani  kabi  individual  asosda  katta  risklami  qabul  qilish  istagida  emasligini 

tushunishga ko'p vaqt talab qilinmadi.  SHu sababli  aksiyadorlik jamiyati  konsepsiyasi 

vangi 

shartlarda  qoilana  boshladi. 



Odamlarga  sug'urta  kompaniyalarining 

aksiyalarini  xarid qilish  taklif etildi.  Kompaniya riskni  qabul  qiluvchi  mutaxassislar -  

anderrayterlami  ishga  yolladi  va  agarda  risk  ro'y  beradigan  boisa,  u  investitsiyalar 

kabi  tasarruf qilinadigan  umumiy  fonddan  sug'urta  qildiruvchiga  pul  to'lagan.  Fond 

kompanivaning  o'z  aksiyalarini  sotishidan  tushgan  mablag',  fond  mablagiarini 

investitsiya  qilishdan  olingan  daromad  va  sug'urta  qildiruvchilardan  to'plangan 

m ablagiar hisobiga shakllantirilgan.

Ko'zda  tutilganki,  professional  anderrayterlar,  qaysi  risk  uiushini  va  qanday 

mukofot  evaziga  qabul  qilishni  belgilagan  holda,  fondga  doimo  risk  ro'y  bergan

44



hollarda  sug'urta  qildiruvchilarga  pul  to'lashga,  shuningdek.  aksiyadorlarga  ulaming 

kiritgan  mablagiardan  kutadigan  natijani  oqlaydigan  darajada  jalb  etuvchan 

dividendlar to'lashga qodir bo'lishga imkon beradi.

Yong'indan  sug'urta qildirish  sug'urta  kompaniyalari  faoliyat yurita boshlagan 

ilk  soha  bo'ldi.  XVII  asrda  aholi  gavjum  bo'lgan  shaharlarda  aksariyat  uylar 

yog'ochdan  qurilgan  cdi.  Uylami  isitish  va  ovqat  tayvorlashni  uchun  olov,  uyni 

yoritish  uchun  esa  shamlardan  foydalanilgan.  SHu  sababli  shahar  uylarida  yong'in 

riski  juda  yuqori  bo'lgan.  Urbanizatsiyadan  chetda  qolgan  qishloq  joylarda  hamma 

qo'shnilar yong'inga uchragan uyni tiklashga yordam berish uchun to'planishgan.

U  yerda  o'zaro  yordam  tamoyili  amal  qilgan.  Bundan  farqli  ravishda.  shahar 

ko'chalarida  masalan,  to'qimachilar,  etikdo'zlar.  klerklar  yoki  baliqchilar  yong'in 

oqibatida  uvsiz  qolgan  kishilaming  qo'shnisi  bo'lishi  mumkin  bo'lib.  ularda 

qo'shnilarga  uyini  tiklashga  yordam  berish  uchun  vaqti  ham  bo'lmaydi,  amaliy 

jihatdan  yordam  ham  ko'rsata  olmaydi.  Buning  o'rniga  ular  ikkita narsa  -  yong'inga 

qarshi  kurash jamoasi  xizmatlarini  taqdim  etish  (ya’ni  yong'inning  qo'shni  binolarga 

o'tib  ketishining  oldini  olish  va  yangi  yong'inlami  minimallashtirish)  va  sug'urta 

qildirgan  shaxsga  zarur  mutaxassislar  (quruvchi,  duradgor  va  h.k.)  vollash  uchun 

vctarli  miqdorda pul  to'lashni  va'da qilgan  sug'urta kompaniyasiga sug'urta mukofoti 

to'lashga tayyor bo'lgan.

Mulkni  va  javobgarlikni  sug'urta  qilishda  u  sug'urta  qildiruvchiga  risk  ro'y 

bermaganda  kuzatilgandagi  bilan  bir  xilda,  undan  ko'p  ham  ernas,  kam  ham  emas 

darajada  moliyaviy  holat  ta'minlashni  anglatadi.  Maqsad  vaziyatni  go'yoki  risk  ro'y 

bennagan  kabi  tiklash  hisoblanadi.  Buning  uchun  sug'urta  qiluvchida  pul 

to'lovlaridan  boshqa  imkoniyatlar  ham  bor.  Yong'indan  sug'urta  qilish  bilan  bir 

paytda  havotni  sug'urta  qildirish  bo'yicha  fondlar  ham  vujudga  kelgan.  Hayotni 

sug'urta qildirish haqida shartnoma tovon to'lash haqida shartnoma hisoblanmagan.

Ushbu  shartnomadan  maqsad  -   shartnomada  ko'rsatilgan  holatlar  ro'y 

berganda belgilangan  miqdordagi  pul  mablag'lari  bilan ta’minlashdir.  O'lim  muqarrar 

ekanligiga  hech  qanday  shubha yo'q:  bir  kun  kelib  baribir hammamiz  o'lamiz.  Lekin 

har  bir  alohida  olingan  kishi  qanchalik  uzoq  umr  ko'rishi  borasida  katta  noaniqlik 

mavjud.  Har  vili  qanchadir  miqdorda  odamlar  o'ladi  va o'limi  holati  yangi  tug'ilgan 

chaqaloqlardan  tortib  yuz  yoshdan  oshgan  qariyalargacha  kuzatiladi  (garchi 

ko'pchilik  80  yoshgacha yashasada).  XVII  asming  o'rtalariga kelib,  hayotni  sug'urta 

qildirish  bilan  shug'ullangan  o'zaro  yordam  jamiyatlari  va  sug'urta  kompaniyalari 

vujudga keldi.

Hayomi  sug'urta  qildirish  shartnomasi  o'mini  to'ldirish  tamoyiliga asoslanishi 

mumkin  emas,  chunki  moddiy  dunyo  mavjudligi  nuqtai  nazaridan  inson  havoti 

bebahodir,  buning  ustiga,  hayotni  vo'qotishga  «teng  baholi»  pul  miqdorini 

belgilaydigan  odam  yoki  tashkilotni  tasavvur  qilish  ham  qiyin.  Shu  sababli  hayotni 

sug'urta qildirish har qanday miqdordagi  kelishilgan summalarga tuzilgan.



45


Havoti  sug‘urta qildirilgan  kishi  (yoki  bundan  qonuniy  manfaatga cga  bo'lgan 

shaxs,  masalan,  er-xotindan  bin)  o'z  daromadining  bir  qismini  sug‘urta  qiluvchiga 

to'laydi  va yoki  uning merosi  u  o‘lgan  holatda belgilangan  miqdorga oshiriladi.  yoki. 

agar shartnoma imzolangan paytdan boshlab belgilangan  muddat o'tgach, tirik  bo'lsa. 

uning  o‘zi  shu pullami  oladi.  Havotni  sug'urta qildirish  bu -yoki  sug'urta  qildiruvchi 

shaxs  va  uning  qarindoshlari  uchun,  yoki  ishbilarmon  hamkorlar  uchun  mablagiar 

to'plash usulidir.

Klassik  sug;urta  turlari  -   dengiz  sug'urtasi,  yong'indan  sug'urta  qildirish  va 

hayotni  sug'urta  qildirishdan  hamda  ko‘p  sonli  va  xilma-xil  sug'urta  turlaridan  kelib 

chiqqan.



Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish