0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

Sessiya 

— 

1) 

sug'urta  riskini  qayta  sug'urtalashga  berish  jarayoni.  Sedent  va 

qayta  sug'urtalovchi  o'rtasidan  huquqiy  niunosabatlarda  ishlatiladi.  2)  Xorij 

amaliyotida sedentning olingan sug'urta mukofoti ma'nosini bildiradi.

Ekssedent 

zarari  -   noproporsionl  qayta  sug'urtalash  shakli.  Bunda  sedentga 

o'z  zimmasida  ushlab  qolingan  zarardan  oshgan  qisnti  qayta  sug'urtalovchi 

kompaniya tomonidan qoplanadi.



Ekssedent  riski 

-   mazkur  toifadagi  risk  bo'yicha  zarami  qayta  sug'urtalash 

to'g'risidagi  kelishuv.

39



5-MAVZU.

SUG'URTANING  EVOLYUSIYASI  VA  IQTISODIYOTPAGI  RO U

5.1.  Sug‘urta munosabatlarini paydo bo'Iishi va  uning iqtisodiyotga  roli.

Sug'urta  kishilik  jamiyatining  turli  bosqichlarida  mavjud  bo’lgan  va  uzoq 

tarixga  ega.  Sug'urta  insoniyat  va  uning  mol-mulkini  ishonchli  himoyalashning 

muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki  bosqichni  boshidan  kechirgan.

1.  Tijoratga asoslanmagan sug'urta.

2. Tijoratga asoslangan  sug'urta.

Tijoratga  asoslanmagan  sug’urta  ibtidoiy  jamoa,  quldoriik  va  lcodal 

jamivatlariga  xos  bo'Iib.  unda  sug’urtalovchilar  ittifoqi  o‘z  oldiga  foyda  olishni 

maqsad qilib qo'yishmagan.

Ibtidoiy  jamoa  tuzumida  qabila  shaklida  turmush  kechirgan  insonlar 

qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan  saqlanish  uchun  oziq-ovqat,  suv zaxiralarini 

shakllantirganlar.  Keyinchalik.  qo’l  mehnatining  takomillashishi  va  ishlab  chiqarish 

jarayonida  asbob-uskunalardan  foydalanish  (texnik,  ijtimoiy  xavf-xatarlar)  va  asta- 

sekinlik  bilan  tabiiy  bovliklami  sanoat  usulida  o'zlashtirilishi  qo’shimcha  xavf- 

xatarlami:  ishlab chiqarish, texnik omillami paydo bo’lishiga olib kcldi.

Dastlab,  insonlar  turli  tabiiy  ofatlar  va  boshqa  oldindan  ko'rib  bo’lmaydigan 

hodisalar  ro‘y  berishini  oldini  olish  maqsadida  xudolarga  sig'inishgan.  Stixiyali 

hodisalaming  ro’y  berishi,  bu  tabiiy  hoi  ekanligini  anglagan  insonlar  quldoriik 

davridayoq,  yong’in,  qurg‘oqchilikdan  saqlanish  uchun  natura  shaklidagi  sug'urta 

fondlarini tashkil etishgan.

Tarixiy  hujjatlarga  ko'ra,  notijorat  sug'urtaning  dastlabki  shakllari.  eramizdan 

2000 yil  oldin  Vavilon  podshohi  Xammurapi  qonunlarida,  shuningdek.  Forsko’rfazi, 

Qadimgi  Gretsiya  va  Misr,  Qadimgi  Rimdagi  savdogarlarning  o ’zaro  tuzgan 

bitimlarida  o'z  aksini  topgan.  Bu  bitim  shartlariga  muvofiq,  umumiy  karvon  safida 

savdo  qiluvchi  savdogarlardan  birortasi  stixiyali  hodisalar  yoki  qaroqchilar  hujumi 

oqibatida  zarar  ko'rsa,  bu  zararlar  boshqa  savdogarlar  tomonidan  qoplanishi 

belgilangan.  Bu  davrlarda  maxsus  sug'urta  tashkilotlari  boTmagan  va  sug’urta 

badallari to'lanmagan.

Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  natijasida  sug’urtaning  mazmuni  takomillashib, 

uning  yangi  turlari  paydo  bo'lgan.  Xususan,  Qadimgi  Rimda  kasbiv  (savdogarlar, 

hunarmandlar,  harbiylar)  va  diniy  belgilarga  ko'ra,  o'z  ustavlariga  ega  bo'lgan 

kollegiya,  ittifoqlar  bo'lgan.  Kollegiya  yoki  ittifoq  a’zolari  sug'urta  badallarini 

to'lashgan  hamda  Ustavda  qayd  etilgan  shartlarda  ko'rilgan  zarami  qoplash  uchun 

qoplamalar  olish  huquqiga  ega  bo'lgan.  Qadimgi  Rimda  birinchi  bizning  eramizdan 

133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan.

Lanuviylar  Ustaviga  muvofiq,  unga  a’zo  bo'ladigan  shaxslar  100  sistem 

miqdorida  kirish  badalini  to'lashgan.  Oylik  badal  summasi  5  assani  tashkil  etgan. 

Mabodo,  kollegiya a'zosi vafot etsa,  uning merosxo'riga 300  sistemi  ajratilgan.  Agar,

40



kollegiva  a’zosi  o'zini-o'zi  oidirsa  yoki  vafot  etish  arafasida  oylik  badallar  to'lash 

muddati  6-10  oy  cho'zilgan  bo'lsa.  bunday  holatda  uning  merosxo'rlariga  sug'urta 

summasi toianmagan.

Qadimgi Rimda notijorat  sug'urtaning rivojlanganligiga yana birmisol  keltirish 

mumkin.  Harbiy  kollegiyaga  a'zo  boigan  shaxslar  kassaga  750  dinariy  (1  dinariy  4 

sistern)  to‘lashgan.  Bu  badal  bir  marotaba  to'liq  to'lanmasdan,  oy-ov  to'lanishiga 

ruxsat  etilgan.  To'langan  badal  evaziga.  kollegiva a’zosi  xizmat  yuzasidan  ko'tarilsa. 

unga  500  dinariy;  boshqa  legionga  o'tkazilganda  500  dinariy;  vafot  etsa.  uning 

merosxo'riga 500 dinariy to'langan.

X-XI1I  asrlarda  sug'urta  gildiy  va  sexlar  tomonidan  arnalga  oshirila  boshladi. 

Masalan.  X  asrda  Anglivada  gildiya  a'zolariga  tegishli  o'g'irlangan  hayvonlami 

qoplash  uchun  anglosaksoniva  Gildiyasi  tashkil  etilgan.  XI  asrda  Danivada  gildiya 

a’zolari.  ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki  asirga tushsa.  imga umumiy 

kassa hisobidan  zarar qoplangan yoki  asirdan qutqarish uchun  sotib olingan.

Keyinchalik  gildiya  sug'urtasi  himoya  qiluvchi  va  kasbiy  gildiyalariga 

bo'lingan.  Himoya  qiluvchi  gildiyalar  o'z  a'zolarining  mol-mulkini  turli  xavf- 

xatarlardan  himoya qilishgan.

Hunarmandchilik  bilan  shug'ullanuvchi  shaxslar  sexlarga  birlashishgan.  Sex 

o 'z  a’zolariga  baxtsiz  hodisalar  ro'y  berganda,  qarilik  tufayli  mehnat  qobiliyatini 

yo'qotganda  va  vafot  etganda  yordam  ko’rsatgan.  Sex  halok  bo'lgan  a'zosining 

oilasini boqish majburiyatini olgan.

Notijorat  shaklidagi  sug'urta  Qadimgi  Rusda  ham  mavjud  bo'lgan.  Jumladan. 

agar  okrug  hududida  o'lim  hodisasi  ro'y  berib.  qotil  aniqlanmasa:  knyazlik  erkagi 

uchun  -  80  griven  (1  griven-409,536  gr.  og'irlikka  ega  kumush  qo'vilmasi),  oddiy 

fuqaro  uchun  esa - 40 griven qoplama to'langan.

Tijorat  sug'urtasi  paydo  bo'lishining birinchi  bosqichida  sug'urta xizmati  oldi- 

sotdi  obvektiga  aylandi;  ikkinchidan,  sug'urta  faoliyati  shakllanavotgan  bozor 

xo'jaligining  muhim  tannog'iga  aylandi;  uchinchidan.  sug'urta  bitimlari  shartnoma 

asosida tuziladigan bo'ldi.

12  asrda  sug'urta  operatsiyalarini  arnalga  oshirish  orqali  fovda  olish.  Italivada, 

dengiz  orqali  yuk  tashish  amalivotida joriy  etilgan.  O'sha  davrda  O'rta  yer  dengizi 

orqali  yuklami  tashishda  Italiya  ustun  mavqega  ega  bo'lgan.  Dengiz  sug'urtasi 

rivojlanganligini,  1393  yilda  birgina  notarius  orqali  bir  haflada  80  ta  sug'urta 

shartnomasi  tuzilganligi  bilan  izohlash mumkin.

Bu  davrlarda  dengiz  sug'urtasi  Ispaniya  va  Portugaliyada  ham  taraqqiy  eta 

boshlagan.  Birinchi  sug'urta  polisi  1347  yilda  Barselonada  berilgan.  1468  yilda 

dengiz sug'urtasi bo'yicha Venetsiya Kodeksi yaratildi.

Keyinchalik,  XVF asrga kelib dengiz sug'urtasi bo'yicha xizmatlami ko'rsatish 

Angliyaga  ko'chadi.  1601  yilda  bu  yerda  dengiz  sug'iutasida  vuzaga  keladigan 

nizolami  ko'rib  chiqadigan  sudlar  tashkil  etilgan.  XVI  asrda  sanoat  ishlab 

chiqarishining  manufaktura  shakli  o 'z  o'mini  fabrika  shakliga  berdi.  Bu  o'z 

navbatida, sug'urta yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi.



41


Tijorat  sug'urtasi  shakllanishining  ikkinchi  bosqichida  mulk  sug'urtasining  bir 

shakli  sifatida  dengiz  sug'urtasi  asosiy  sug‘urta  turi  sifatida  o‘z  mavqeini  saqlab 

qoidi.

Dengiz  sug'urtasi  bo'yicha  dastlabki  jamivat  1668  yilda  Fransiyada  tashkil 



etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug‘urtalovchilaming uvushmasi  tashkil 

etilgan.  1871  yilgacha  ushbu  uyushma “London  lloydi"  nomi  bilan  faolivat  ko'rsatib 

kelgan.  Germanivadagi  dastlabki  sug'urta  jamiyatlari  1765  yilda  Gamburg  va 

Berlinda tuzilgan.

Dengiz  sug'urtasini  paydo  bo'lishi  va  rivojlanishiga  stixiyali  hodisalar. 

qurg'oqchilik  ta’sir  ko‘rsatgan  bo'Isa,  vevropa  mamlakatlaridagi  urbanizatsiya  mulk 

sug‘urtasining  boshqa  turlarini  vujudga  kelishiga  olib  kelgan.  1666  yilda  Londonda 

katta  yong'in  bo'lgan  va  natijada  70.0  ming  kishi  halok  bo'lgan.  Bu  Yevropada 

yong'indan  sug'urtalashni  paydo  bo'lishiga  sharoit  yaratgan.  Angliyada  ko'plab 

yongdndan sug'urtalash bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlar barpo etilgan.

Germaniyada dastlabki  yongdndan  sug‘urtalash  bo'yicha aksiyadorlik  sug'urta 

jamiyati  1812 yilda tuzilgan.

Hayotni  sug'urtasi  bo‘yicha  birinchi  sug'urta jamiyati  “Ekvitebl”  nomi  bilan 

1762  yilda  tashkil  etilgan.  1830  yilga  kelib,  Angliyada  35  ta  yirik  hayot  sug'urtasi 

bo;yicha  jamiyatlar  faoliyat  ko'rsatgan.  Hayotni  sug'urtalash  bo'yicha  dastlabki 

aksiyadorlik  sug'urta jamiyatlari  1787 yilda  Fransiyada  tashkil  etilgan.  Germaniyada 

esa 1806 yilga kelib hayot sug'urtasi bo'yicha aksiyadorlik jamiyati  tuzilgan.

XVI  asr  oxiri  va  XX  asming  boshlariga  kelib  sanoat  ishlab  chiqarilishini 

rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi.

XX  asr  oxirlarida  sanoat  sohasidagi  tub  o'zgarishlar,  xususan.  ishlab 

chiqarishda  ilmiy-texnika  yutuqlaridan  foydalanish,  elektr  energiyasidan  keng 

fovdalanish texnologik xarakterdagi risklami  keltirib chiqardi.

1776  yili  Rossiyada  Davlat  banki  huzurida  sug'urta  ekspeditsiyasi  tashkil 

etilgan.


1800  yilda  Imperator  farmoni  bilan  kema  va  tovarlami  sug'urtalash  bo'yicha 

sug'urta jamiyati  tashkil  etildi,  biroq  uning  mijozlari  bo'lmaganligi  uchun  tugatilgan. 

Bu  sug'urta jamiyatini  qo'llab-quvvatlash  uchun  Rossiya  hukumati  unga  eng  asosiy 

gubemalarda  sug'urta  ishini  mutloq  amalga  oshirish  uchun  20  yil  muddatga  huquq 

bergan.

1835  yilda  ikkinchi  yong'indan  sug'urtalash  bo'yicha jamiyat  tuzilgan.  1890- 

1900  yillarga  kelib.  o'zaro  sug'urtalash  bo'yicha  shahar  jamiyatlari  bo'lgan  va 

rivojlangan.  1909  yilda  markazi  Peterburg  shahrida  bo'lgan  o'zaro  sug'urtalash 

jamiyatlarining  Rossiya ittifoqi tashkil  etilib,  1914 yilda uning tarkibida 300  ga yaqin 

sug'urta  tashkiloti  bo'lgan.  1894  yilda  Rossiya  Ichki  Ishlar  Vazirligiga  sug'urta 

jamiyatlari 

ustidan 


nazorat 

olib 


borish 

yuklatiladi. 

1917 

yilga 


qadar, 

Rossiyada  sug'urta  ishi  raqobatga asoslangan  holda  rivojlanishning yuqori  darajasiga 

erishishgan edi.


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish