Moliyaviy riskiarni yana quyidacha tasniflash mumkin: kredit risklari. valyuta
risklari, foiz risklari. investitsion risklarlari. to'lov imkonivatini yoqotilish risklari va
lizing risklari.
Kredit risklari — bu kreditni o 'z vaqtida asosiy summasi, o'm atilgan foizi
qisman yoki to'liq qaytmasligi xavf xatari. Bunga tashqi omillami ta’siri ham bo'lishi
mumkin. Hech bo'lmaganda kreditor ulaming ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish
choralarini ko'rishi lozim. Yirik kreditlami moliyalashtirilayotganda monitoring
o'tkazishni yaxshi yo'lga qo'yishi lozim. Kredit riskni kamaytirishga quyidagi
xarakatlar kiradi: kredit riskini boshqarish, kredit portfelini diversifikatsiya qilish;
kredit riskini qoplash uchun rezerv’ yaratish; monitoring o'tkazib turish.
Valyuta risklari - valyuta qiymatini vo'qolish xavf xatari. Valyuta kurslarining
barqaror bo'lishi xalqaro aloqalar uchun o 'ta muhim hisoblanadi. Agar milliy valyuta
boshqa valyutalarga almashtirilmasa, xalqaro hisob kitob ishlari amalga oshmaydi. Bu
mamlakatning iqtisodiyotiga juda keskin ta'sir kiladi.
Foiz riski - bozorda foiz stavkasi darajasining o'zgarishi natijasida zarar
ko‘rish ehtimolligi, shunday ekan. marjaning ancha pasayib kctishi, nol yoki salbiy
ko'rsatkichlarga ega bo'lishi. Foiz riski foiz stavkasining tuzilishiga bog'liq bulishi
mumkin. Bu asosan alohida foiz stavkasini xarakati natijasida paydo bo'ladi.
Foiz rislarini boshqarishdan maqsad - investitsiya foydaliiigini oshirish va
qo‘llab quwatlash. foiz marjasini boshqarish. Foiz marjasiga ta'sir qilish faktorlar
quyidacha:
>
aktivlar tuzilishining o'zgarishi:
>
javobgarlik tuzilishini o'zgariishi;
>
foiz stavkasi harakati tendensiyasini o'zgarishi;
>
aktivlami bahosi o'zgarishi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun albatta investitsiya talab qilinadi. Investitsiya ikki
turga bo'linadi.
Birinchisi — mablag'ni to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalash, ya'ni uni korxona
ishiga kapital sifatida qo'yish.
Ikkinchisi — mablag'ni korxonalar aksiyalarini sotib olishga sarflash bo'lib,
portfel investitsiyalar deb yuritiladi.
Investor - bu qimmatli qog'ozlami o 'z nomidan hamda o 'z hisobidan sotib
oluvchi korxona, tashkilot, bank va boshqa moliya majmuasi. yoki alohida fuqarodir.
Investorlar o 'z sarmoyasini kiritishda asosan quyidalarga e’tibomi qaratadi:
• siyosiy va demografik vaziyatiga;
• fond biijalaridagi sharoitiga;
• sarmoyalami sug'urta qilish holatiga;
• davlat kafolatiga;
• iqtisodiy rivojlanish va faollik holatiga.
Bu yerda quyidagi xavf xatar toifasi mavjud:
• foiz to'lovlari miqdorining o'zgarishi;
• umumbozor narxlaring beqarorligi:
• inflyasiya darajasi;
Inflyasiya xavf xatari pulning xarid qobiliyatiga bog'liq bo'lib, investitsiyalami
qadrsizlantiradi. Moliyaviy xavf-xatar bu qimmatli qog'ozlar emitentining bankrotligi
yoki norentabelligi munosabati bilan yuzaga keladigan xatardir.
Investitsiya riski — investitsiya riskining tuzilishi bozor riskini joyiga bog'liq.
bu davlatning umumiy iqtisodiy imkonivatiga bog'liq bo'ladi. Investitsiya riskining
qiskacha ma'nosi bu bozor riski sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qarz
oluvchilar foizi normasining o'zgarib turishi, pulning inflyasiyaga uchrashdi.
Inflyasiyaning o'sishi qimmatli qog'ozlardan real daromadni pasayishiga chaqiradi,
taklif qilish o'sadi, shunday ekan ulaming baxosi pasayadi. Inflyasiya aksiya
kiymatini o'sishini ta’minlash mumkin. Modomiki odatda dividend xajmining o'sishi
ham parallel boradi va aksiyaga ehtiyoj o'sadi.
8