Matndan foydalanish:
1. Avvaliga shunchaki tinglang!
Boshida matndan foydalanmang. Mini story hikoyalarini
matnni o‘qimasdan tushunishga harakat qiling. Agar tushunsangiz,
matn sizga kerak emas, shunchaki eshitishda davom etavering.
Lekin eshitib tushunmasangiz, albatta, matnga qarashingiz kerak.
Sizning birinchi maqsadingiz – matnni to‘liq tushunib olish.
Undan keyin kitobga qarashni kamaytirish kerak.
2. Matnlardan faqatgina biror narsani tushunmaganingiz-
da foydalaning.
Agar biror so‘zni tushunmasangiz, matndan foydalanishingiz
mumkin. Shuningdek, lug‘atdan foydalansangiz ham mayli.
Do'stlaringiz bilan baham: |