Book · January 017 citations reads 5,818 authors


“Shampan  vinosi  bokali”



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
Bog'liq
Etiket

“Shampan  vinosi  bokali” 
yoki 
“Vino  bokali”
  qabullari  keng  tarqalgan.  Qabulning  bu  turi,  odatda,  peshinda 
boshlanib,  bir-bir  yarim  soat  davom  etadi.  Bunday  qabul  turi  oddiyligi  bilan 
ajralib,  shartlilik  cheklangan.  Bunday  qabullarda  murakkab  muzokaralar  olib 
borish  mumkin  emas.  Ushbu  turdagi  qabullar,  odatda,  insonlarni  bir-biriga 
tanishtirish yoki keyinggi uchrashuvlarni belgilash uchun xizmat qiladi. 
“Nonushta”
 qabuli (inglizcha – “Lanch”) kunning birinchi yarmida – soat 
15.00  da  o‘tkaziladi.  Qabul  taomnomasiga  oddiy  gazaklar,  1-2  turdagi  issiq  taom 
va desert kiradi. Qabul so‘ngida kofe yoki choy taklif etiladi. Qabul paytida, avval, 
yaxna ichimliklar va pivo beriladi. Bu kabi qabullar jiddiy suhbatga yoki biror-bir 
muammolarni muqokama qilishga imkon yaratadi. Qabul paytidagi tanaffus (yangi 
taom  tortilishidan  yoki  desert  va  choydan  avval)  taklif  etilgan  tomonlarga  qisqa 


57 
 
vaqtga  suhbatdoshlarni  tark  etib,  kerakli  masalalarni  muhokama  qilishga  imkon 
beradi. 
Xalqaro  protokol  amaliyotida  kunduzgi  qabullar  kechki  qabullarga 
nisbatan katta tantanaga ega bo‘lmagan qabullar, deb hisoblanadi. 
“Tushlik”
 qabuli daraja jihatidan muhimroq hisoblanadi. Uning boshlanish 
vaqti  –  soat  19.30,  20.00  yoki  20.30  larga  borib  taqaladi.  Taomlar,  gazak  va 
sharoblar 
“Nonushta”
 qabuli kabidir. 
“Tushlik”
 2-3 soat yoki undan ziyod davom 
etadi. 
“Nonushta”
  kabi 
“Tushlik”
  ham  turli  usulda  o‘tkaziladi.  Usullardan  biri 
mehmonlarni  alohida  o‘tkazishni  nazarda  tutadi.  Ushbu  holatda  mehmonlar  qabul 
o‘tkaziladigan  joyda  xonalarning  birida  belgilangan  vaqtda  to‘planadilar.  Ularga 
yaxna  ichimliklar,  pivo,  viski  va  sharbatlar  tortiladi.  Yengil  gazaklar  tavsiya 
qilinishi  mumkin.  Shundan  so‘ng  mehmonlar  umumiy  stolga  taklif  etilib,  ularga 
o‘rnatilgan  tartibda  taom  va  vinolar  tortiladi.  Desert  vaqtida  mezbon  va  asosiy 
mehmon  o‘rtasida  “shampan”  qadahi  so‘zlari  (tostlari)  bilan  fikr  almashiladi. 
So‘ngra  mehmonlar  alohida  ajratilgan  joyga  o‘tadilar  va  ularga  choy  yoki  kofe 
hamda konyak va likyor taklif qilinadi. 
“Nonushta”
  kabi 
“Tushlik”
  qabuli  ham  muhim  suhbat  va  tanishuvlar 
uchun imkoniyat yaratadi. 
“Nonushta”  va  “Tushlik”ning  boshqa  bir  turi  bu 
“Tushlik”
    –  bufet  " 
bo‘lib, odatda u soat 18.00-20.00 larda boshlanadi. Qabul paytida taomlar alohida 
stolda  joylashgan  bo‘ladi,  mehmonlar  o‘rta  hajmdagi  stollar  atroflarida  joylarini 
egallab,  o‘z-o‘zlariga  xizmat  qiladilar.  Mehmonlarga  vinolar  taklif  etilishi 
mumkin.  Ba’zan  vinolar  alohida  kichik  stolchaga  joylashtiriladi  va  mehmonlar 
o‘zlari turib likopchalarga alohida stoldagi taomlardan solgani kabi vinolarni ham 
olishlari mumkin. Choy va kofelar ham shu tarzda taklif qilinadi. 
“Kokteyl”  yoki  “a-lya  furshet”  turidagi  qabullar  tayyorgarlik  va  tashkil 
etilishi  nuqtai  nazaridan  oddiy  va  keng  tarqalgandir.  Ular  tik  turgan  holda 
o‘tkaziladi. Asosan, ofitsiantlar mehmonlarga yengil sovuq gazaklar hamda yaxna 
va  mast  qiluvchi  ichimliklarini  olib  keladilar.  Ba’zan  ular  stollarga  joylashtirilishi 
ham  mumkin.  Ushbu  qabullar  kechki  vaqtda  taxminan  soat  18.00  -  19.00  larda 
o‘tkaziladi. Ushbu qabul boshqalariga nisbatan har bir ishtirokchini boshqalar bilan 
muloqot qilishiga qulay imkoniyat yaratadi, chunki stol atrofida o‘tirib, mehmonlar 
faqat yaqin o‘tirganlar bilan muomala qilishlari mumkin. 
Yuqorida ta’kidlangan qabullarga mehmonlar, odatda, rafiqalari bilan birga 
taklif qilinadilar. 
Qabullarning  yana  bir  turi  “Choy”  bo‘lib,  u,  odatda,  ayollar  uchun  soat 
16.00-18.00  lar  mobaynida  o‘tkaziladi.  Ba’zi  bir  hollarda  ushbu  qabul  diplomatik 
vakolatxonaning  rahbari  yoki  diplomat  rafiqasining  ketishi  munosabati  bilan  ham 
o‘tkazilishi  mumkin.  Qabulga  choy  yoki  kofe,  konditer  mahsulotlari,  konfetlar, 
mevalar, ba’zida yengil gazaklar va vino ham tortilishi mumkii. 
Kamdan-kam ayollar uchun o‘tkaziladigan 
“jurfiks”,
 deb nomlangan qabul 
mamlakatning  rasmiy  yuqori  mansabdor  shaxsi  yoki  xorijiy  vakolatxona 
rahbarlarining  rafiqalari  tomonidan  yil  davomida  aniq  belgilangan  kun  va  soatda 
o‘tkaziladi.  Ba’zi  davlatlarda  diplomatik  korpus  a’zolarining  ayollari  taklifi  bilan 


58 
 
oyning  belgilangan  kuni  diplomatlarning  ayollari  uchrashuvlar  tashkil  etib,  ularda 
hayriya  faoliyati  yoki  umumiy  qiziqish  uyg‘otuvchi  boshqa  muammolarning 
muhokamasi amalga oshishi mumkin. Ba’zida bunday uchrashuvlarda ayollar tikuv 
ishlari  bilan  shug‘ullanadilar,  oshpazlik  sohasida  tajriba  almashadilar  va  turli 
davlatlarning milliy san’ati bilan tanishadilar. 
Qabullarning  hozirgi  paytda  keng  tarqalgan  turlaridan  yana  biri  bu  kino 
ko‘rish  bo‘lib,  undan  oldin  yoki  keyin  kokteyl  tashkil  etiladi.  “Shampan  bokali” 
bilan  musiqiy  kechalar  o‘tkazilishi,  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  qabullar  bilan 
bog‘liq adabiy yoki raqs kechalari tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda asosan, 
sport bayrami va musobaqalari tez-tez o‘tkazib kelinmoqda. 
Protokol  xizmatchilari,  qabul  tashkil  etish  bo‘yicha  javobgar  shaxslar 
uchun  taklif  etilganlarni  stol  atrofida  joylashtirish  rejasini  tuzish  nihoyatda 
murakkab va muhim ish hisoblanadi. 
Mehmonlarni  stol  atrofida  joylashtirish  paytida  diplomatik  etiket 
shartlarini,  mehmonlarning qiziqishlarini,  ularning  xorijiy tillarni bilishini  nazarda 
tutmoq lozimdir. 
Stolga o‘tkazish tartibida quyidagi qoidalarga amal qilinadi, ya’ni: mezbon 
va  uning  rafiqasiga  yaqin  o‘tiriladigan  joylar  juda  faxriy  joylar  hisoblanadi.  O‘ng 
qo‘l  tomonidagi  joy  (o‘ng  tarafda)  chap  qo‘l  tomonidagi  joyga  (chap  tarafda) 
nisbatan  faxriy  hisoblanadi.  Birinchi  bo‘lib  mezbonning  o‘ng  tarafida  ayol  kishi, 
uning rafiqasi yoniga esa erkak kishi o‘tkaziladi. So‘ngra joylar o‘zgartiriladi: ayol 
kishinining  yoniga  erkak  kishi  o‘tkaziladi  va  shu  holatda  qaytariladi.  Ayollar 
yonma-yon,  erkak  kishi  esa  rafiqasi  bilan  birga  o‘tkazilmaydi.  Ayollar  stolning 
oxirgi  joyiga  o‘tkazilmaydi.  Turmushga  chiqqan  ayol  erkak  kishi  bilan  bir  xil 
imtiyozga ega. 
 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish