9. Majburiy sug‘urta shartnomasi ommaviy hisoblanadi va 1 yil muddatga tuziladi, ushbu
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va
shu kabilar) uning egasi transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish joyiga borish muddatiga
majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishga haqlidir.
Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan
iborat muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish huquqiga ega. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan
muddat kalendar yilda olti oydan kam bo‘lishi mumkin emas.
10. Transport vositasining egasi majburiy sug‘urtani amalga oshiruvchi sug‘urtalovchini
tanlash huquqiga ega.
11. Majburiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta
polisini va maxsus davlat belgisini taqdim etish yo‘li bilan tuziladi. Sug‘urta polisi va maxsus
davlat belgisi hisoblangan sug‘urta mukofoti to‘langandan keyin taqdim etiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjatlar
hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlikning kamida 4 ta
darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi blankalari
sug‘urtalovchining buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida
bosmaxona usulida, ushbu Qoidalarga
1
,
1a
va
2-ilovalarga
binoan sug‘urta polisi namunasiga
hamda maxsus davlat belgisi shakliga muvofiq tayyorlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-
martdagi 222-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y.,
09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
Maxsus davlat belgisi egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan transport
vositasining old tomonidagi oynasining yuqoridagi o‘ng burchagiga joylashtiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
12. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga
ushbu Qoidalarga
3-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha ariza-anketada ko‘rsatilgan majburiy
sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketani har bir transport vositasi bo‘yicha
taqdim etadi, shuningdek, ariza-anketa ma’lumotlari bilan ularni solishtirish uchun quyidagi
hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qiladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-
martdagi 222-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y.,
09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)
a) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan sug‘urta qildiruvchi — jismoniy shaxsning va
boshqa shaxslarning pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va
ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan varaqlari);
b) transport vositasining texnik pasporti (schyot-ma’lumotnomasi) yoki uning davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarning
14-bandida
nazarda
tutilgan holatda — transport vositasining oldi-sotdi (almashish, hadya qilish) shartnomasining
nusxasi);
Do'stlaringiz bilan baham: