Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy



Download 433,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/59
Sana25.01.2022
Hajmi433,47 Kb.
#409169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
141-сон 24.06.2008. “Transport vositalari egalarining fuqarolik

VI. Jamg‘armani boshqarish


26.  Kuzatuv  kengashi  va  Jamg‘arma  direksiyasi  Jamg‘armaning  boshqaruv  organlari

hisoblanadi.

27. Jamg‘armaning kuzatuv kengashi Jamg‘arma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.

28. Kuzatuv kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

tasdiqlanadi. Kuzatuv kengashiga rais boshchilik qiladi.

29.  Kuzatuv  kengashi  majlislari  uning  raisi  yoki  kuzatuv  kengashi  a’zolarining  kamida

uchdan  bir  qismining  talabi  bo‘yicha  zaruriyatga  ko‘ra,  biroq  yil  choragida  kamida  bir  marta

chaqiriladi.

Kuzatuv kengashi, agar majlisda uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa,

qaror  qabul  qilishga  haqlidir.  Agar  hozir  bo‘lganlarning  kamida  uchdan  ikki  qismi  kuzatuv

kengashi qarori uchun ovoz bersa, kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan hisoblanadi.

30. Kuzatuv kengashi:

sug‘urtalovchilarning  kalendar  badallari  stavkalarini,  to‘langan  kalendar  badallarining

cheklangan summasini, hisob-kitob qilish tartibi va badallarni to‘lash muddatlarini tasdiqlaydi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda bank-agentni tanlaydi;

Jamg‘arma  mablag‘larini  davlat  qimmatli  qog‘ozlariga  va  boshqa  aktivlarga  joylashtirish

to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

Jamg‘arma  mablag‘laridan  foydalanish  tartibini,  shu  jumladan  joriy  faoliyat  xarajatlarini

tasdiqlaydi;

Jamg‘armaning ijro etuvchi organini tuzadi va uning faoliyatini nazorat qiladi;

auditorlik tashkilotini belgilaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

31.  Jamg‘armaning  ijro  etuvchi  organi  uning  Direksiyasi  hisoblanadi.  Direksiya  joriy

rahbarlikni  amalga  oshiradi  va  Jamg‘arma  faoliyati  uchun  javob  beradi.  Jamg‘arma

direksiyasining tuzilmasi va Jamg‘arma xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadi.  Jamg‘arma  direksiyasiga  Jamg‘arma  kuzatuv

kengashi tomonidan tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.



(31-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  16-martdagi  222-sonli 

qarori

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  16.03.2019-y.,  09/19/222/2772-son  —  2019-yil  17-

iyundan kuchga kiradi)

32. Jamg‘arma direksiyasi:

bir  martalik  va  kalendar  badallarning  sug‘urtalovchilar  tomonidan  o‘z  vaqtida  va  to‘liq

o‘tkazilishini nazorat qiladi;

belgilangan  tartibda  kompensatsiya  to‘lovlarini  va  sug‘urta  mukofotlari  bo‘yicha  siylovlar

kompensatsiyasini amalga oshiradi;

joriy faoliyat xarajatlari smetasini tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritadi;

Oldingi

 tahrirga qarang.

maxsus  vakolatli  organ  bilan  kelishgan  holda  sug‘urtalovchi  bilan  Jamg‘arma  o‘rtasida

tuzilgan  a’zolik  bitimi  amal  qilishini  tugatish  zarurligi  to‘g‘risida  kuzatuv  kengashiga  taklif

kiritadi;



(32-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  16-martdagi  222-sonli

qaroriga 

asosan  beshinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,

16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

33.  Jamg‘armaning  direktori  kuzatuv  kengashi  majlislarida  maslahat  ovozi  huquqi  bilan

qatnashadi.




Download 433,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish