Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy


IV. Jamg‘arma mol-mulkini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi



Download 433,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana25.01.2022
Hajmi433,47 Kb.
#409169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
141-сон 24.06.2008. “Transport vositalari egalarining fuqarolik

IV. Jamg‘arma mol-mulkini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi

9. Jamg‘armaning mol-mulki:

sug‘urtalovchilarning bir yo‘la va kalendar to‘lanadigan badallari;

Jamg‘arma tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javob beruvchi shaxslarga

nisbatan  qo‘yiladigan  talablar  amalga  oshirilishidan  jabrlanuvchilar  (ularning  merosxo‘rlari  yoki

huquqiy  vorislari)ning  tegishli  talablarini  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha  Jamg‘arma  tomonidan  amalga

oshirilgan kompensatsiya to‘lovlari va xarajatlariga oid mablag‘lar;

Jamg‘armaning pul mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.

10.  Sug‘urtalovchining  Jamg‘armaga  bir  yo‘la  to‘lanadigan  badali  Jamg‘armaga  badal

kiritish  kunida  sug‘urtalovchi  ustav  fondining  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam

miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.

11.  Kalendar  badal  sug‘urtalovchilar  tomonidan  yilning  har  choragida  Jamg‘armaga

o‘tkaziladigan  pul  mablag‘laridan  iborat  bo‘ladi.  Kalendar  badal  miqdori  sug‘urtalovchi  bilan

tuzilgan majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha umumiy sug‘urta summasi hisobot choragida

o‘sishi  hajmidan  kelib  chiqib  maxsus  vakolatli  davlat  organi  bilan  kelishuv  bo‘yicha

Jamg‘armaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

To‘langan  kalendar  badallar  summasi  Jamg‘armaning  kuzatuv  kengashi  tomonidan

belgilangan  miqdorga  yetganda  sug‘urtalovchilar  tomonidan  kalendar  badallar  to‘lash  maxsus

vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha umumiy

sug‘urta  summasidan  kelib  chiqib  to‘xtatib  turiladi.  Majburiy  sug‘urta  shartnomalari  bo‘yicha

jami  sug‘urta  summasi  o‘zgargan  taqdirda  sug‘urtalovchi  tomonidan  Jamg‘armaga  to‘langan

kalendar badallar summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak.

12.  Majburiy  sug‘urta  qilish  bo‘yicha  faoliyatni  amalga  oshirish  huquqini  beradigan

litsenziyaning  amal  qilishi  to‘xtatib  turilishi  sug‘urtalovchini  Jamg‘armaga  kalendar  badallarni

to‘lashdan ozod qilmaydi.

Kalendar  badal  stavkasi  o‘zgargan  taqdirda  Jamg‘arma  bu  haqda  sug‘urtalovchilarga

to‘lashning keyingi muddatidan oldin kamida 30 kundan kechikmay xabar qilishi shart.

13. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat:

kompensatsiya to‘lovlari to‘lashda;

majburiy  sug‘urta  qilish  bo‘yicha  sug‘urta  mukofotlariga  oid  siylovlarni  kompensatsiya

qilishda;

Jamg‘arma direksiyasi ta’minoti uchun;

ushbu Nizomning 

5-bandida

 nazarda tutilgan Jamg‘armaning boshqa vazifalarini amalga

oshirish uchun foydalaniladi.

Jamg‘armaning  kompensatsiya  to‘lovlarini  moliyalashtirishga  va  sug‘urta  mukofotlari

bo‘yicha  siylovlarni  kompensatsiya  qilishga  mo‘ljallangan  mablag‘lari  Jamg‘armaning  boshqa

mol-mulkidan  alohida  ajratiladi,  ular  bo‘yicha  alohida  hisob  yuritiladi  va  alohida  bank  hisob

raqami ochiladi.

14.  Jamg‘arma  direksiyasi  ta’minoti  Jamg‘armaning  kuzatuv  kengashi  tomonidan

tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

15. Jamg‘arma mablag‘larining bir qismi vaqtincha bo‘sh bo‘lgan taqdirda Jamg‘armaning

kuzatuv kengashi har yili ushbu mablag‘larni investitsiya qilish yo‘nalishlari va hajmini tasdiqlashi



mumkin.  Jamg‘armaning  ko‘rsatib  o‘tilgan  mablag‘larini  investitsiya  qilish  diversifikatsiyalash,

qaytarish, foyda olish va likvidlik shartlarida amalga oshiriladi.



Oldingi

 tahrirga qarang.

16.  Jamg‘arma  mablag‘larini  davlat  qimmatli  qog‘ozlariga  va  boshqa  aktivlarga

joylashtirishdan 

olingan 


Jamg‘arma 

daromadlari 

(Tijorat 

banklariga 

joylashtirilgan

mablag‘lardan  to‘lov  manbaida  soliqqa  tortiladigan  foizlardan  tashqari)  soliq  solish  obyekti

hisoblanmaydi.

(16-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  30-sentabrdagi  829-sonli

qarori 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)

17.  Agar  homiylar  yoki  grant  beruvchilar  tomonidan  Jamg‘armaga  Jamg‘armaning

maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo‘lgan maqsadlar va foydalanish shartlari ko‘rsatilgan holda

mablag‘lar  berilgan  taqdirda,  ushbu  mablag‘lardan  homiylar  yoki  grant  beruvchilarning

ko‘rsatmalariga muvofiq foydalanilishi kerak.

18.  Majburiy  sug‘urta  qilish  bo‘yicha  faoliyat  ixtiyoriy  to‘xtatilishi  munosabati  bilan

Jamg‘armadan  ixtiyoriy  chiqilgan  taqdirda,  shuningdek  sug‘urtalovchi  Jamg‘arma  oldidagi

majburiyatlarni  bajarmaganligi  uchun  undan  chiqarilganda  sug‘urtalovchi  tomonidan

Jamg‘armaga to‘langan badallar qaytarilmaydi.

19. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan kompensatsiya to‘lovlarini moliyalashtirish va

sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun Jamg‘armaning bank hisob

raqamidagi mablag‘larning eng kam summasiga nisbatan talablar belgilanishi mumkin.




Download 433,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish