dunyomiz mehr-muhabbat bilan ranglangay, jonlangay va ma’nolangay. Allohning bu
go‘zal ne’matidan mahrum bo‘lganlarning esa yuzlari tund, qoshlari chimiriq, ko‘ngillari
xiradir, qorong‘udir. Bundaylar atrofini yo‘qotib kun kechiradi, tillari bilan, fe’llari bilan
hammani ranjitadi. Sevgi tuyg‘usining o‘sib rivojlanmasligi, sevishni bilmaslik
Vujudning o‘sib rivojlanmog‘i, sog‘lom va buquvvat bo‘lmog‘i uchun yaxshi va kuchli
ozuqalar olmoqqa tirishamiz, ishtaha dorilari ichamiz, darmondorilarni yutamiz. Badan
sog‘lomligi uchun toza havo, quyosh nurlarini qidiramiz, ta’tillarga chiqamiz, turlicha
sport bilan shug‘ullanamiz. Ana shunchalik natijalarga, hatto, bundan ham ko‘ra
muhimroq natijalarga erishmoq uchun, bu ishlardan ham ziyoda ma’naviy jihatimizning
yuksaluvi, rivojlanuvi, kuchayuvining choralarini izlamog‘imiz, davolarini topmog‘imiz
lozim. Ruhning sihhati, huzur va sokinligi borasida esa eng birinchi navbatdagi davo
sevmoqdir. Muhabbat tuyg‘umizni rivojlantirmoq, yuksaltirmoq uchun ko‘p urinmoq,
Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
g‘ayrat va mehnat qilmoq, kuch sarflamoqqa majburmiz. Zero, dunyo saodati va oxirat
salomati ulkan miqdordagi bu tuyg‘uga ega bo‘lmoq bilan qo‘lga kirgay.
Bolani hali go‘daklik chog‘idan boshlab ona, birodar, o‘rtoq o‘yinchoq, qush, gul...
muhabbati kabi tabiiy va ma’sum sevgilar bilan ulg‘aytirmoq, unda shu malakani
uyg‘otib, parvarish va tarbiyat qilmoq, uni rivojlantirmoq shartdir. Bu muhabbat ta’limi
bilimdan, ilmdan ham oldin kelgay va juda xayrli natijalar bergay. Chunki quruq bilim
ba’zi insonni faqatgina g‘ururga yo‘liqtirgay va xudfurush qilib qo‘ygay.
Maorif tizimining shu haqiqat asosida tuzilmagani uchun bugungi kunimizning yoshlari
axloqsiz, qo‘pol, dilozor va buzg‘unchi bo‘lib ketishayotir. Chunki ularga maktablarda
muhabbat emas, qaysarlik, isyon, kin, xudbinlik, manmanlik va g‘urur kabi ters va quruq
tuyg‘ular ta’lim qilinmoqda. Kinolarda, radioda, televidenieda, gazeta va jurnallarda
urush, ur-yiqit, buzish, qarshilik qilish va dushman bo‘lish talqin qilinadi.
Sevgi-muhabbatning barcha turi ham qabul qilishga loyiqmi? Shubhasizki, yo‘q! Hech
kim ichkilik, qimor mubtaloligining, g‘ayriqonuniy axloqlarning, pora, mansab, kursi
muhabbatining, xudbinlikning va shunga o‘xshash qator moyilliklarning yaxshi ekanini
iddao eta olmaydi. Shunday ekan, muhabbat tuyg‘usining ham nazorat etilmog‘i, go‘zal
va tabiiy (haqiqiy) bo‘lgan narsalarga qaratib yo‘naltirmog‘i kerak bo‘ladi. Shunda
qarshimizga ushbu savol ko‘ndalang bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: