www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
uzishmangizlar. Ziyoratlar qilar edi, qilmay qo‘ydi, munosabati bor edi, kelib-ketishni
to‘xtata boshladi. Bog‘lar uzildi. Yo‘q, bunday qilmang, deydilar Payg‘ambar janobimiz,
bir-biringiz bilan bog‘larni – aloqalarni uzmangizlar.
«Bir-biringizga orqa o‘girib olmangiz». Orqa o‘girmoq – xafalashmoq, aloqa qilmaslik,
yordam bermaslik, har kimning o‘zicha istiqomatda ketmog‘idan kinoyadir.
«Bir-biringiz bilan hasadlashmangiz». U sizga hasad qiladi, siz unga hasad qilasiz. Va yo
uning moli bor, mulki bor, hasadlashuvni, qizg‘onchni qo‘zg‘aydi. Bularning hammasini
taqiqlaydilar Payg‘ambar janobimiz. Musulmonning musulmonga bug‘z etmog‘i yo‘q,
aloqa uzmog‘i yo‘q. Yuz o‘girmog‘i yo‘q, hasadlashmog‘i yo‘q. Bunday ishlar bo‘lmaydi.
Ijobiy, maqbul ish sifatida nima qiladi? Shu salbiy ishlarni qilmaydi.
DUNYO SEVGISI
Dunyoni istamoq, sevmoq har bir xatoning manbaidir. Xato shundan boshlanadi. Insonni
dindan uzoqlashtirgan, adolatdan uzoqlashtirgan, yomonlik, aldoqchilik qildirgan,
birodarlikni buzdirgan, har qanday turli xatolarning manbai dunyo sevgisidir. Har turli
rasamad dunyodadir. Ikki aka-ukani, birodarni urishtiradi u.
Ota o‘g‘li bilan urushadi hukmdorlik uchun. Usmoniylar tarixida ham bor shunaqasi: ota
o‘g‘li bilan kurashadi. Ikki davlat bir-biri bilan urushadi dunyo uchun. Eronning Iroq bilan
to‘qnashuvi oxirat uchunmidi? Yo‘q, dunyo uchun edi! Usmoniylarning dardi boshidan
oshib turganda, Misrning Usmoniylar bilan harb qilmog‘i oxirat uchunmidi?
Qutohyagacha keldi. Necha marta Usmoniy lashkarini yengdi. Misr hiylaga
uchraganmidi, balki biror tashqi tayanchi bormidi, Usmoniyning boshida u ham bir balo
bo‘ldi. Yovuz Salim o‘z otasini taxtdan ag‘dardi. Fotihning ikki o‘g‘li Boyazid bilan Jam
bir-birlari bilan saltanat uchun janjallar qilishdi. Qonuniy Sulaymonning o‘g‘li otasiga osiy
chiqdi. Urushib, yengildi. Boshi kesildi. Shahzoda jomening oldidagi bozorda yotibdi.
Butun xatolarning boshi, aziz birodarlarim, dunyo sevgisidir.
Dunyoda insonlar zohid bo‘lsalar, dunyoga qadr-qimmat bermagan insonlar bo‘lsalar edi,
bularning hech birisi bo‘lmas, manfaat kurashi bo‘lmas edi. Ammo manfaat ishga
aralashdimi, dunyo ishining orasiga tushdimi, hamma xatolar shundan boshlanadi.
Dunyo sevgisi barcha xatolarning manbaidir. Dunyo la’natidir. La’natlangan bir narsadir
dunyo, uning ichidagi narsalar ham la’natlangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |