TO‘GARAK MAShG‘ULOTI HAMDA KONSERTLARGA ChIQIShNI
TAShKIL QILISh VA O‘TKAZISh.
To‘garakning tashkiliy, tarbiyaviy va o‘quv- ijodiy ishlarini muntazam amalga
oshirib borish uchun mashg‘ulotni(tayyorgarlikni) to‘g‘ri tashkil etib, o‘tkazish katta
ahamiyat kasb etadi. Reja asosida o‘tkazilib turiladigan tayyorgarlik jamoaning ijodiy
faoliyatini, uning ijrochilik imkoniyatini rivojlantiradi va estetik yo‘nalishlarini
yaxshilaydi. Shuning uchun ham tayyorgarlik (repetitsiya)ishini to‘g‘ri tashkil qilish va
rejali olib borish juda muhimdir.Har bir mashg‘ulotning maqsadi va vazifasi aniq
belgilangandagina ko‘zlangan natijalarga erishish mumkin. Quyidagi tartib esa
mashg‘ulotning sifatli o‘tishini yaxshi ta’minlaydi.
1.Tayyorgarlik (repetitsiya)ning kundalik vazifasi va unga tayyorlanish
(5-10 daqiqa).
2.Havaskorlarni ushbu mashg‘ulotga moslash maqsadida oldindan tayyorlangan
va katta qiziqish bilan ijro etiladigan ayrim kuy, qo‘shiq va raqslarni takrorlash
(imkoniyati boricha butun jamoa bilan 20-30 daqiqa).
3.Oldingi mashg‘ulotda o‘rganilgan asarlarning badiiy ijrosini takomillashtirish (
40-50 daqiqa).
4.Tanaffus ( 5-10 daqiqa).
5.Yangi musiqiy asar ustida ishlash ( 50-60 daqiqa).
6.Mashg‘ulot davomida bajarilgan vazifalarni takrorlash ( 10-15 daqiqa).
To‘garak mashg‘ulotini boshlashdan oldin cholg‘u asboblarini tiniq sozlash,
qo‘shiq aytuvchilarni esa qayta-qayta mashqlar kuylatish orqali ovozlarini sozlash, raqs
ijrochilariga jismoniy mashqlarni bajartirish jumladan; qo‘l, oyoq va qomat
harakatlarini ritmik holatga moslashga erishish juda muhimdir.
137
To‘garakning boshlang‘ich mashg‘ulotlarida uncha murakkab bo‘lmagan va turli
xarakterdagi musiqiy asarlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulotda amaliy ishni bajarish jarayonini ikki qismga ajratish mumkin:
Birinchi qismda o‘rgatilayotgan asarning musiqiy yo‘nalishini aniqlash va tahlil etish
kerak bo‘lsa, ikkinchi qismda ijrochilarning texnik jihati va badiiyoti ustida ish olib
boriladi.
Tayyorgarlik mashg‘ulot davrining eng muhim omillaridan biri mashg‘ulotni o‘z
vaqtida boshlash va tugatishdir. Chunki vaqtida boshlangan amaliyot ko‘zlangan
yutuqlarni amalga oshirishni ta’minlaydi va umumiy tartibda ijobiy ta’sir etadi. Buning
uchun to‘garak rahbari har bir havaskorni ana shu tartibda qat’iy rioya qilishga
ko‘niktirib bormog‘i kerak.
Mashg‘ulotni bir vaqtning o‘zida uzoq davom ettirish havaskorlar ijodiga salbiy
ta’sir qiladi. Chunki to‘garak mashg‘uloti asosan, darslardan so‘ng o‘tkaziladi. Bu
vaqtda o‘quvchilar bir muncha toliqib qolgan bo‘ladilar. Binobarin barcha harakatlar
shu toliqish ruhini bartaraf etishga qaratilmog‘i lozim.
To‘garakning
asosiy-so‘nggi
mashg‘uloti (boshlanishi yoki yakunlovchi
mashg‘ulot) juda muhim ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulot jamoaning badiiy
tayyorgarligini aniqlaydi. Uchrashuv va ko‘riklarda ijro etilishi ko‘zlangan eng yaxshi
musiqiy asarlar aynan ana shu mashg‘ulot asosida tanlanib, konsertning yaxlit dasturi
belgilanadi. Shu sababli ham bu mashg‘ulotda musiqa asrining ijrochiligi uchun
qo‘yilgan barcha talablar xatosiz bajarilmog‘i kerak.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi tayyorgarlik, ya’ni yakunlovchi
mashg‘ulot imkoni boricha sahnada yoki konsert o‘tkaziladigan binoda o‘tkazilgani
ma’qul. Bu holat o‘quvchilarning ruhiyatiga, muhit-joyga ko‘nikishlariga hamda ijro
sifatining ta’sirchan chiqishiga katta yordam beradi.
Milliy xalq cholg‘u asboblari dastasi jamoasining mas’uliyatli ishlarida yana biri
tayyorlangan musiqa asarlarini konsertda namoyish etish bo‘lib, bu ijrochilar uchun
ham, tomoshabinlar uchun ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ansamblning
o‘quv-ijodiy va tarbiyaviy sohada bajargan ishining sifatini aynan ana shu chiqish
ko‘rsatadi.
Shuni hisobga olib konsertning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bir qator tashkiliy
masalalarni ham ko‘rib chiqish kerak. Buning uchun oldindan e’lonlar (afishalar),
dastur (programma) va kiyimlar tayyorlash, sahna ishlari uchun mas’uliyatli shaxslarni
tayinlab qo‘yish kerak. Konsert zalida to‘garak a’zolaridan navbatchilar tayinlanishini
ham esdan chiqarmaslik kerak. Konsertda ijro etilgan repertuar sifatida konsertdan
so‘ng to‘garak ijrochilari ishtirokida muhokama qilinib, uning yutuq va kamchiliklari
tahlil qilinmog‘i shart. Bu keyingi konsertlarda uchrashi ehtimoli bo‘lgan har xil
kamchiliklarni bartaraf qilishga va navbatdagi konsertlarning yanada yaxshiroq
chiqishi uchun tadbirlar belgilashga yordam beradi.
138
Do'stlaringiz bilan baham: |