Namangan muhandislik-qurilish



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

Common Rail
 tizimi. 
1  -  Havoni  taqsimlash  datchigi,  2  -  taqsimlash  valini  datchigi,  3  -  elektron 
boshqarish  blogi,  4  -  bosim  sozlovchi  klapanli  YuBYoN,  5  -  gaz  pedali  holati 
datchigi, 6 - yonilg‟i filtri, 7 - sovutish suyuqligi harorati datchigi, 8 - tirsakli valni 
aylanishlar  chastotasi  datchigi,    9  -  forsunkalar,  10  -  yonilg‟i  bosimi  datchigi,  11  - 
YuBYoN akkumulatori.     
Taminlash  tizimi  -  yonilg‟ini  uzatish  tizimi  Common  Rail,  to‟g‟ri  kiritishli, 
EDC  –  dizelni  elektron  boshqarish  tizimli,  yonilg‟i  filьtrini  doimiy  qizdiriladi  va 
qo‟shimcha  qizdirilgan  filьtr  bilan  suyuklik  taqsimlagichli.  Bundan  tashqari, 
dvigatellar  tejamliligini  oshirishga  intilish  ularda,  aksariyat  holda  suyultirilgan 
yonilg‟i aralashmasini ishlatishga majbur qiladi.  
Yonilg‟ini  uzatishning  akkumulyatorli  tizimining  asosiy  g‟oyasi  R.Dizelga 
ham  ma‟lum  edi,  u  o‟zgarmas  bosimda  yonilg‟i  bevosita  toplivoprovodga 
uzatiladigan  purkash  tizimini  sinagan.  Bu  g‟oyaning  zamonaviy  tadbiq  etilishida 
ohirgi  yillarda  dizel  konstruktsiyalarida  approbatsiya  qilingan  va  o‟zining 
samaraliligini  isbotlagan  texnikaviyechimlardan  foydalanilgan.  Ularga  ajratilmagan 
yonish  kameralarini  qo‟llash  (bevosita  purkash),  yuqori  bosimlarda  purkalganda 
(100 MPa va yuqori), hajmiy aralashma hosil qilish, forsunka markazida joylashgan 
holda  to‟rt  klapanning  mavjudligi,  regulirovka  qilinadigan  turbonadduv  va  sh.k.lar 
kiradi.  Akkumulyatorli  tizimning  asosiy  afzalligi  shundaki,  purkash  energiyasini 
yaratish  va  unda  yonilg‟ini  dozalash  jarayonlari  vaqt  bo‟yicha  taqsimlangan  va 
yonilg‟ini  uzatish  an‟anaviy  usullaridan  farqli  ravishda  bir  biriga  salbiy  ta‟sir 
qilmaydi.  Akkumulyatorli  tizim  purkash  bosimini  boshqarish  va  dizelning  hamma 
ish rejimlarida uning optimal qiymatlarini ta‟minlash imkonini beradi. 
Akkumulyatorli  yonilg‟i  tizimlarini  kema  dizel  qurilmalarida  anchadan  beri 
qo‟llashadi.  Bunday  qurilmaning  tipik  variantida  yuqori  bosimli  yonilg‟i  nasosi 
yonilg‟ini  akkumulyatorga  uzatadi,  u  yerdan  u  truboprovodlar  bo‟ylab  alohida 
tsilindrlarning  dozatorlariga  keladi.  Dozatorning  klapanlari  kulachokli  mexanizm 
bilan  boshqariladi.  TSiklda  yonilg‟i  uzatilishi  klapan  vaqt  -  kesim  o‟zgarishi  va 
klapanlarning  har  xil  ko‟tarilishi  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunday  tizimlarni  65 
yildan  ortiq  qo‟llagan  "Doksford"  firmasi  bevosita  purkaydigan  va  akkumulyator 
turidagi yonilg‟i apparaturalarini qiyosiy sinashni o‟tkazdi va oxirgisining foydasiga 
fikrini  bildirdi.  Lekin,  umuman  olganda,  prioritet  bevosita  purkaydigan  yonilg‟i 


 
103 
apparaturasi  tarafida  qoldi,  chunki  uni  ishlab  chiqarish  va  ekpluatatsiya  qilish 
bo‟yicha katta tajriba bor. 
Hozirgi paytda Fiat, BoschGmbH va Daimler - Benz firmalarining birlashgan 
harakatlari  yengil  va  kam  tonnali  yuk  avtomobillarining  yuqori  abarotli  dizellari 
uchun 
zamonaviy 
mikroprotsessorli 
boshqariladigan 
yonilg‟i  uzatishning 
akkumulyatorli  tizimini  yaratish  va  sanoat  ishlab  chiqarishiga  tadbiq  etish  bilan 
tugallandi.  Bundan  oldin  Fiat  firmasi  Elasis  texnologiyasini  tadqiqot  qilish  va 
rivojlantirish  bo‟yicha  o‟zi  yaratgan  firma-konsertsium  bilan  hamkorlikda  Unijet 
nomli  akkumulyatorli  tizim  CommonRail  (umumiy  taqsimlagich)  loyihasini  ishlab 
chiqdi.  Iveko  Motorenforschung  kompaniyasi  yonilg‟i  bevosita  purkaladigan 
avtomobil  dizellarida  o‟tkazilgan  tadqiqotlar  natijalarini  hisobga  olgan  holda 
SHveytsariya  federal  texnologiya  instituti  YeTNning  elektrogidravlik  forsunka 
kontseptsiyasi  bunga  asos  qilib  olingan  edi.  Tizimning  yaratilgan  tajribaviy 
namunalari  dastlabki  sinovlarni  dizellarda  va  avtomobillarda  ishonchlilik  va 
xarakteristikalarining stabilligi bo‟yicha qoniqarli natijalar ko‟rsatdi.  
S  va  Ye    klassidagi  avtomobillar  uchun  akkumulyatorli  tizimli  yonilg‟i 
uzatiladigan  yangi  4  -  tsilindrli  dizelining  OM  -  611  modelini  ishlab  chiqishda 
Daimler - Benz firmasi quyidagi maqsadlarni nazarda tutdi: 

 
yonilg‟i sarfini yanada kamaytirish; 

 
ishlangan  gazlar  zaharliligi  bo‟yicha  butun  dunyoda  qabul qilingan normalarni 
bajarish; 

 
dizel  tirsakli  valining  hatto  kichik  aylanishlar  chastotasida  ham  burovchi 
moment katta qiymatlari hisobiga avtomobilning yurish sifatlarini yaxshilash; 

 
shovqinni uchqun bilan o‟t oldiriladigan dvigatellarga xos bo‟lgan darajagacha 
pasaytirish; 

 
uchqun  bilan  o‟t  oldiriladigan  dvigatellar  bilan  unifikatsiyani  mumkin  qadar 
saqlagan holda ishlab chiqarish sarf - harajatlarini qisqartirish; Daimler - Benz 
firmasi dizellarga xos ishonchlilikni saqlab qolish. 
4  - klapanli gaz taqsimlash  mexanizmi,  forsunkani  markazda  joylashtirish  va 
porshendagi  simmetrik  yonish  kamerasi  bilan  birga  yonilg‟i  uzatilishining 
akkumulyatorli tizimini qo‟llash bilan ushbu maqsadlarga erishildi. Bundan tashqari 
nadduv  havosi  oraliqda  sovitiladigan  turbonadduv,  ishlangan  sovutilayotgan  gazlar 
retserkulyatsiyasi va oksidlovchi katalitik neytralizatorlar qo‟llandi.    
1  -  jadvalda  dizellarning  texnik  xarakteristikalari  va  OM  -  611  dizelida,  6 
kamerali  4  -  tsilindrli  OM  -  604  dizeli  texnik  xarakteristikalari  bilan  va  yonilg‟i 
bevosita purkalanadigan, turbonadduvli va nadduvli havo sovutiladigan 5 - tsilindrli 
OM - 602 dizelida qo‟llangan yechimlar solishtirilgan. 
Yonilg‟i  uzatilishi  akkumulyator  tizimili  OM  -  611  dizelining  ishchi  hajmi  
OM - 604 dizeli bilan teng, lekin uning quvvati va maksimal burovchi momenti OM 
-  604  dizelinikiga  nisbatan  mos  ravishda  1,3  va  2  marta  katta.  Maksimal  burovchi 
momenti  rivojlanadigan  aylanishlar  chastotasi  ham  2  marta  kichik.  Solishtirma 
ko‟rsatkichlari  ham  katta:  litrli  quvvati  32%  ga,  nominal  quvvat  va  maksimal 
burovchi moment rejimlaridagi o‟rtacha effektiv bosim 1,6 va 2 marta katta. Yangi 
dizelning yonilg‟i tejamkorligi 20% ga yuqori. 


 
104 
Yonilg‟i  uzatishi  akkumulyator  tizimili  4  -  tsilindrli  OM  -  611  dizelining 
maksimal burovchi momenti va nominal quvvati 5 - tsilindrli OM - 602 dizeli bilan 
bir xil, lekin OM -602 dizelining ishchi hajmi 25% katta. Bularga mos ravishda OM 
-  611  dizelining  solishtirma  ko‟rsatkichlari  yaxshi:  litrli  quvvati  bo‟yicha  29%ga, 
nominal quvvat rejimida o‟rtacha effektiv bosimi bo‟yicha 23%, maksimal burovchi 
moment rejimida o‟rtacha effektiv bosim 8%, yonilg‟i tejamkorligi bo‟yicha 10%. 
 
Daimler - Benz firmasining OM - 604, OM - 611 va OM - 602 dizellarining texnik 
ko‟rsatkichlari 
            3.2-jadval 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish