Namangan muhandislik-qurilish



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

2
>E
1
. Bu holat tranzistorni ochilish va yopilish vaqtini 
o‟zgartiradi. Tirsakli val juda kichik aylanish chastotasida aylanganida E.Yu.K. juda 
kichik  bo‟lib  tranzistorni  ocha  olmaydi.  SHu  sababli  magnitaelektrik  datchiklarni 
amalda  ishlatilganida  qo‟shimcha  markazdan  qochma  va  vakuum  rostlagichlar 
yordamida o‟t oldirishni ilgarilash burchagi avtomatik ravishda rostlanadi.  
Elektronika  va  ayniqsa  mikroelektronika  tez  va  izchil  rivojlanishi  tufayli, 
mexanik  boshqaruv  moslamalari  (makazdan  qochma  va  vakuum  rostlagichlar) 
bo‟lmagan,  ularga  xos  kamchiliklardan  holi  bo‟lgan  yangi  o‟t  oldirish  tizimlari 
yaratilmokda.  Bu  tizim  o‟t  oldirishni  ilgarilatish  burchagining  elektron  rostlash 
tizimi  deb  ataladi,  ular  o‟t  oldirish  onini  belgilashda  dvigatelning  aylanishlar 
chastotasi  va  yuklamasi  bilan  birga  yonish  jarayoniga  jiddiy  ta‟sir  ko‟rsatuvchi  bir 
qator qo‟shimcha omillar ham hisobga olinadi va o‟t oldirishni ilgarilatish burchagi, 
o‟zining  eng  manfaatli  qiymatiga  yaqinlashtiriladi.  Bunday  tizimlardan  amalda 


 
83 
tatbiq  qilinganganlari  sifatida  analogli  va  raqamli  o‟t  oldirish  tizimlarini  keltirish 
mumkin.  Anologli  tizm  elektron  boshqarish  tizimlarining  to‟ng‟ich  avlodlariga 
mansub  bo‟lib,  ular  jiddiy  kamchiliklarga  ega  bo‟lganligi  sababli  deyarli  tatbiq 
qilinmagan. Raqamli o‟r oldirish tizimlari o‟t oldirish jarayonini boshqarishda katta 
imkoniyatga  ega  bo‟lib,  ularda  dvigatelning  quydagi  parametrlari  hisobga  olinadi: 
dvigatelning  aylanishlar  chastotasi  va  yuklamasi,  sovitish  suyuqligi  temperaturasi, 
drossel to‟siqchasini holati va hokoza.  
Dvigatel  tirsakli  valiga  maxkamlangan  lappakni  aylanisi  bo‟ylab  bir  xil 
masofada  joylashtirilgan  tishlari  bor.  Lappak  aylanishi  natijasida  elektromagnit 
datchik 1 tirsakli valning YuCHNga nisbatan bo‟lgan holatini belgilovchi impulьslar 
ishlab  chiqadi.  Bundan  tashqari,  lappakda  yana  bitta  qo‟shimcha  tish  o‟rnatilgan 
bo‟lib,  uning  ta‟sirida  elektromagnit  datchikda  porshenning  YuCHNga  yetgan 
g‟olati  aniqlanadi.  Dvigatel  yuklamasi  kiritish  kollektoriga  o‟rnatilgan  absalyut 
bosim  (siyraklanish)  datchigi  yordamida  aniqlanadi.  Bundan  tashqari  dvigatelning 
taalluqli  joylariga  sovituvchi  suyuqlik  temperaturasini,  detonatsiya  darajasini, 
drossel  to‟siqchasiningholatini  va  yonish  jarayoniga  ta‟sir  ko‟rsatuvchi  boshqa 
parametrlarni aniqlovchi datchiklar o‟rnatilgan. 
Datchiklardan  kelgan  signallar  ma‟lumotlarning  ishlab  chiqish  qurilmasiga 
uzatilishidan  oldin  anolog  -  raqamli  o‟zgartkich  yordamida  raqamlar  shakliga 
keltiriladi. Doimiy eslab qolish moslamasi ishlab chiqqan qurilmasining asosiy qismi 
bo‟lib,  uning  xotirasiga  dvigatelda  mavjud  bo‟lishi  mumkin  bo‟lgan,  barcha 
sharoitlarga to‟g‟ri keladigan o‟t oldirishning ilgarilatish burchagining eng manfatli 
qiymatlari  raqamli  shaklida  kiritilgan.  Tirsakli  valning  aylanishlar  chastotasi, 
dvigatel  yuklamasi  va  boshqa  parametrlar  to‟g‟risidagi  ma‟lumotlar  asosida,  ishlab 
chiqish  qurilmasi  doimiy  eslab  qolish  moslamasiga  murojat  qiladi  va  dvigateldagi 
mavjud  bo‟lgan  sharoit  uchun  to‟g‟ri  keladigan  o‟t  oldirishni  ilgarilatish  burchagi 
tanlash  (raqamlarni  o‟qish)  jarayoni  sodir  bo‟ladi.  Tirsakli  valning  holati  o‟t 
oldirishni  ilgarilatish  burchagining  hisoblagan,  optimal  qiymatiga  to‟g‟ri  kelganda 
ishlab chiqish qurilmasi kommutatorga boshqarish signalini uzatadi. Oddiy (uziliksiz 
chiziq) va  raqamli (shtrix - punktir) o‟t oldirish tizimlarida o‟t oldirishni ilgarilatish 
burchagining dvigatel aylanishlar chastotasi va yuklamasiga bog‟liqligi ko‟rsatilgan.  
 
3.15 - rasm 
Bu  tavsifnomalardan  raqamli  o‟t  oldirish  tizimidagi  o‟t  oldirishni  ilgarilatish 
burchagi  oddiy  tizimdagidan  jiddiy  farq  qilib,  murakkab  qonuniyat  bo‟yicha 
o‟zgvrishi ko‟rinib turibdi.  
Yangi  o‟t  oldirish  tizimlarining  yaratish  yo‟nalishidagi  eng  katta  yutuq 
mikroprotsessorli  o‟t  oldirish  tizimining  ixtiro  qilinishi  va  amalda  tatbiq  qilina 
boshlanishidir.  Mikroprotsessor  -  bu  kichik  elektron  hisoblash  mashinasi  bo‟lib,  u 


 
84 
yordamida  o‟t  oldirishni  boshqarish  bilan  bir  qatorda  dvigateldagi  boshqa  ko‟p 
jarayonlar ham nazorat qilinadi va rostlanadi.    
O‟t oldirishni ilgarilatish burchagini aniqlash uchun streboskopdan 
foydalaniladi. 
 
3.16 - rasm. Streboskop E - 102 
1 - halqa; 2 - linza; 3 - o‟rnatgich; 4 - chiroq; 5 - ekran; 6,9,11,12, 18 - platalar; 7 - 
rezistor;  8  -  kondensator  S2;  10  -  kondensator  S;  13  -  diod  D;  14  -  qisqich;  15  - 
vtulka;16 -transformator; 17 - uzgich - ulagich; 19 - tok o‟tkazgich sim; 20 - ulagich. 
O‟lchash  ishlarini  o‟tkazishdan  avval,  stroboskopning  manfiy  klemmasi  - 
massaga, musbat - akkumulyator batareyasining musbat klemmasiga ulagich 20 esa 
birinchi  tsilindr  svechasining  yuqori  kuchlanishli  to‟k  o‟tkazuvchi  simiga  ulanadi. 
Tirsakli valning shkiviga rangli bo‟yoqda belgi qo‟yiladi. Dvigatelni ishga tushirib 
streboskopning  uzgich  -  ulagichini  bosib,  yorug‟lik  nurini  shkivdagi  belgiga 
yo‟naltiriladi.  O‟t  oldirish  tizimida  o‟t  oldirishni  ilgarlatish  burchagi  to‟g‟ri 
o‟rnatilgan bo‟lsa, strebosop yoritgan belgi  qo‟zg‟almas nuqta bo‟lib ko‟rinadi.  
Elektron  boshqaruv  bloki  (EBB)  markaziy  boshqaruv  tizimi  hisoblanib, 
priborlar  jamlamasi  (shitogi)  ostiga  joylashtirilgan.  EBB  turli  xil  datchiklardan 
signallarni qabul qilib tizimlarni boshqaradi va diagnostika qiladi, 3.1- jadval 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish