Namangan muhandislik-qurilish


 - rasm. Induktsion g‟altakni umumiy ko‟rinishi



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

 
 
3.11 - rasm. Induktsion g‟altakni umumiy ko‟rinishi.
 
1  -  izolyator,  2  -  asos,  3  -  himoyalash  qog‟ozi,  4  -  birlamchi  chulg‟am,  5  - 
ikkilamchi  chulg‟am,  6  -  chulg‟amlar  orasidagi  himoyalash  qog‟ozi,  7  -  birlamchi 
chulg‟am  klemmasi,  8  -  kontakt  vint,  9  -  markaziy  klemma,  10  -  qo‟qoq,  11  - 
birlamchi  va  ikkilamchi  chulg‟am  klemmasi, 12  -  markaziy  klemma  prujinasi, 13 - 
ikkilamchi  chulg‟am  karkasi,  14  -  birlamchi  chulg‟amni  ustki  ximoyasi,  15  - 
g‟altakni qotirish markazi, 16 - tashqi magnit himoyasi, 17 - o‟zak. 
 
 
Ikkilamchi  chulg‟amning  bir  uchi  kontakt  plastinasi  orqali  karbolit  qisma 
burab kirgizilgan (unga yuqori kuchlanishli sim tomiri qo‟yilgan) g‟altak chiqishiga, 
ikkinchi  uchi  g‟altak  ichidagi  birlamchi  chulg‟am  oxiriga  ulangan.  Birlamchi 
chulg‟amning  bir  uchi  qopqoq  qismasiga,  ikkinchi  uchi  g‟altak  qismasi  VK  ga 
ulangan.
 


 
77 
 
Variator  g‟altakning  qizishini  kamaytirish  va  dvigatel  tirsakli  valining  
aylanish chastotasi o‟zgarganda unda normal tokni saqlashga xizmat qiladi. U spiral 
shina chinni izolyator, asos va biriktirish vintidan tuzilgan. Spiral qarshiligi 1,20 Om 
bo‟lgan  (qiziganda  4,20  Om  gacha  oshadi)  po‟lat  simdan  yasalgan  bo‟lib,  u 
birlamchi chulg‟am zanjiriga ketma-ket ulangan.
 
 
Agar  dvigatel  sekin  aylanishda  ishlasa,  unda  uzgich  kontaktlari  dvigatelь  tez 
aylanishda  ishlayotgandagiga  nisbatan  ancha  uzoq  vaqt  tutashib  turadi.  Joul-Lents 
qonuniga  ko‟ra  o‟tkazgichning  qizishi  faqat  tok  miqdoriga  bog‟liq  bo‟libgina 
qolmay,  balki  tokning  o‟tish  vaqtiga  ham  bog‟liq.  Binobarin,  dvigatelь  sekin 
aylanishda ishlayotganda birlamchi chulg‟am kuchli qiziydi, shu bilan birga variator 
spirali  ham  qiziydi.  Uning  qarshiligi  ortib  boradi,  bu  birlamchi  chulg‟amning 
qizishini kamaytiradi; bir vaqtda uzgich kontaktlari orasidagi uchqun kamayadi.
 
 
Dvigatelь  tirsakli  valining  aylanish  chastotasi  oshishi  bilan  kontaktlarning 
ajralish  chastotasi  ko‟payadi  va  g‟altakning  birlamchi  chulg‟amida  tok  kamayadi. 
Bunda  variator  spirali  qizimaydi  va  uning  qarshiligi  birlamchi  chulg‟amdagi  tokka 
ta‟sir  qilmaydi.  Birlamchi  chulg‟amdan  ikkilamchi  chulg‟amda  hosil  bo‟lgan, 
o‟rnatilgan yuqori kuchlanish tok o‟tadi.
 
 
Dvigatelni  ishga  tushirishda  variator  rezistori  induktsion  g‟altakda  normal 
kuchlanish  hosil  qilishga  to‟sqinlik  qiladi.  Rezistorda  kuchlanish  kamayadi,  bu  esa 
g‟altakning  ikkilamchi  chulg‟amidagi  kuchlanishning  kamayishiga  sabab  bo‟ladi. 
SHuning  uchun  variator  rezistorini  startyor  o‟chirgichning  yordamchi  kontaktlari 
vositasida avtomatik uzish nazarda tutilgan.
 
 
Induktsion g‟altak qismalari VK va VK-B startyorning yordamchi qismalariga 
simlar bilan ulangan. Dvigatelь ishga tushirilganda startyor richagi uning relesining 
qismalarini ulaydi va tok variator rezistoridan o‟tmay ulardan o‟tadi. Agar dvigatelni 
biror sababga ko‟ra dasta yordamida ishga tushirishga to‟g‟ri kelsa, qismalar VK va 
VK-B ni sim bo‟lagi bilan ulab rezistor uziladi.
 
 
Yuk  avtomobiliga  o‟rnatilgan  B-13  induktsion  g‟altak  ikkilamchi  chulg‟ami 
o‟ramining  soni  ko‟p,  g‟altak  ichiga  bitum  tarkib  o‟rniga,  chulg‟amdan  3-5  mm 
yuqori    sathda  transformator  moyi  qo‟yilgan,  shuning  uchun  g‟altak  vertikal 
o‟rnatiladi.  Transformator  moyi  faqat  chulg‟amni  yaxshi  izolyatsiyalab  qolmay, 
balki issiqlikni korpusga yaxshi o‟tkazadi. Ikkilamchi chulg‟amda o‟ramlar sonining 
oshishi unda  kuchlanishning oshishiga  yordam  beradi  (bu  zarur, chunki g‟altak o‟n 
sakkiz  tsilindrli  dvigatelga  xizmat  qiladi).  Yuk  avtomobilining  dvigateli  siqish 
darajasi  yuqoriligi  bilan  farqlanadi,  bu  svecha  elektrodlari  orasidagi  qarshilikni 
oshiradi va uni yengil uchun yuqori kuchlanish talab etiladi.
 
 
G‟altak  har  smenada  chang  va  iflosdan  tozalanadi,  qismalar  va  sim  uchlari 
tozalanadi.  Dvigatelь  to‟xtatilgach,  birlamchi  chulg‟am  kuchlanish  ostida 
bo‟lmasligi uchun o‟t oldirish darhol uziladi.
 
 
G‟altaklarning  xarakterli  nuqsonlari:  chulg‟amlarning  shikastlanishi,  variator 
spiralining  kuyishi.  CHulg‟amlarning  yaroqligiga  ommetrdan  foydalanib  ishonch 
hosil  qilish  mumkin.  Agar  ikkilamchi  chulg‟am  uchlariga  (qisma  VK  ga  va  yuqori 
kuchlanishli  tok  chiqishiga)  ulangan  ommetr  8-9  ming  Om  ni  ko‟rsatsa,  unda 
chulg‟am yaroqli hisoblanadi. Birlamchi chulg‟amni tekshirishda ommetr qismalar R 
(ramda  ko‟rsatilmagan)  va  VK  ga  ulanadi.  SHuningdek,  variatorning  yaroqliligini 
ham ommetr yordamida tekshirish mumkin.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish