69
induktsion g‟altak; 10 - uchqundan o‟t oldirish svechalari; 11- yuqori kuchlanishli
tok taqsimlagichi; 12 - uzgich; 13 va 15 - rezistorlar (0,5 Om dan); 14 - startyor
uchirgichi; 16 - tranzistor kommutatori; 17 - o‟t oldirish uchirgichi; 18 -
akkumulyatorlar
batareyasi
.
G‟altak SE107 qo‟shimcha ikki sektsiyali rezistor bilan ishlaydi. Rezistorlar
konstantan simdan yasalgan (qarshiligi 0,5 Om dan), o‟zaro ketam - ket ulangan.
Dvigatelni ishga tushirishda uchirgich 14 rezistorlardan birini avtomatik uzadi, bu
dvigatelni ishga tushirish vaqtida startyorni ta‟minlaydigan tokning kamayishiga yo‟l
kuymaydi.
Yuk avtomobiliga o‟rnatiladigan R4-D yoki R13-D uzgich - taqsimlagichi
uzgich, sakkiz uchqunli taqsimlagich, markazdan qochirma va vakuum rostlagichlar
hamda oktan-korrektordan iborat. Bu asboblarda kondensatorlar yo‟q. Agar kontakt -
tranzistorli o‟t oldirish tizimga uzgich - taqsimlagich o‟rnatilayotganda kondensator
olinsa, R4-D uzgich - taqsimlagichi o‟rniga R4-V yoki R4-V2 uzgich -
taqsimlagichini qo‟yish mumkin.
TK102 tranzistor kommutatori tranzistorli ishga tushirish va uni teshilishdan
himoya qilishga xizmat qiladi. Asbob germaniyli TG701-A tranzistori, germaniyli
D7J diodi, kremniyli D 817V stabillitroni, ikkita sopol rezistor (2 va 20 Om) sig‟imi
1 mkF bo‟lgan kondensator, sig‟imi 50 mkF bo‟lgan elektrolitik kondensator va
impulьsiy transformatorlarni o‟z ichiga oladi.
TG701-A tranzistorli emitter bilan kollektor orasidan 160V gacha
kuchlanishni, kollektordagi tok kuchini esa 12A gacha o‟tkaza oladi. Tranzistor 65
S
dan ortiq qizimasligi lozim. Diod, stabilitron, rezistorlar va kondensator
tranzistorning himoya blokini tashkil qiladi.
Impulьsiy transformator ikkita: birlamchi (50 ta o‟ram, qarshiligi 0,14 Om) va
ikkilamchi (150 ta o‟ram, qarshiligi 70 Om) chulg‟amdan iborat. Kommutator
quyidagi chiqish qismlariga ega: M - mashina massasiga ulangan, T (taqsimlagich) -
uzgich-taqsimlagichga ulangan, (g‟altak) - qisma K bilan induktsion g‟altakka
ulangan, nomsiz qisma-g‟altakning mos ravishdagi qismasiga ulangan.
Dvigatelni startyor yordamida ishga tushirishda o‟t oldirish uchirgichi bir
vaqtda startyorni ulash relesini zanjirga ulaydi, natijada qo‟shimcha rezistordan biri
qisqaradi. Bu zanjirdagi tokning va induktsion g‟altakning ikkilamchi chulg‟amidagi
kuchlanishning oshishiga sabab bo‟ladi, biroq startyorga keladigan tok kamaymaydi.
Uzgich kontaktlari aylanuvchi mushtchalar ta‟sirida ajralgan zahoti
tranzistorni boshqaruvchi tok bir oyda yo‟qoladi. Bu tranzistor qarshiligini keskin
kamaytiradi va u berkitiladi. Past kuchlanishli ish tokining zanjiri ham uziladi. SHu
bilan bir vaqtda impulьsiy transformator ishga tushadi. Uzgich kontaktlari ajralganda
impulsiy transformatorning ikkilamchi chulg‟amida ta‟siri past kuchlanishli ish
tokining yo‟nalishiga qarama-qarshi bo‟lgan o‟zaro induktsiya e.yu.k. paydo bo‟ladi.
Natijada tranzistorning berkilishi tezlashadi. O‟zaro induktsiya e.yu.k. impulьsli
ishlaydi, shu e.yu.k. hosil qilgan tok esa rezistorning qiziqishiga sarflanadi. Bir
vaqtda induktsion g‟altakning ikkilamchi chulg‟amida yuqori kuchlanishli tok hosil
bo‟ladi (17-30 ming V). Bu tok taqsimlagich orqali uchqundan o‟t oldirish
svechalariga beriladi.
70
Bir vaqtda impulusliy transformatorda 100V gacha o‟zinduktsiya e.yu.k. hosil
bo‟ladi. Uzgich kontaktlari tutashganda uning ta‟sirida kondensator zaryadlanadi,
ajralganda esa rezistorda zaryadsizlanadi. Rezistorning qizishi tranzistorni qizishdan
saqlaydi.
Tranzistorni o‟zinduktsiya toki teshilishidan oldini olish uchun induktsion
g‟altakning birlamchi chulg‟amiga ketma-ket ulangan diodlar va to‟g‟ri
o‟tkazuvchanlikning qarama-qarshi yo‟nalishiga ega bo‟lgan stabilitron parallel
ulanadi. Diod past kuchlanishli tokni g‟altakning birlamchi chulg‟amidan o‟tmay
stabilitron orqali o‟tishiga to‟sqinlik qiladi. Stabilitron esa o‟zinduktsiya tokini (agar
uning kuchlanishi 100V dan oshib ketsa) o‟tkazadi. Natijada g‟altakning birlamchi
chulg‟ami zanjiridagi umumiy kuchlanish uziladi. Tranzistor, shuningdek past
kuchlanishli tok zanjiridagi impulьsiy kuchlanish oshganda zaryadlanadigan
elektrolitik kondensatorni shikastlanishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: