Namangan muhandislik-qurilish



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

 
 
 
 


 
65 
3.1 - rasm. Batareyadan o‟t oldirish tizimining sxemasi:
 
 
1 - akkumulatorlar batareyasi; 2 - o‟t oldirish kaliti; 3 - o‟t oldirish g‟altagi; 4 - 
uzgich-taqsimlagich; 5 - kondensator; 6 - o‟t oldirish svechalari.
 
 
O‟t  oldirishg‟altak  birlamchi  chulg‟amidan  past  kuchlanishli  tok  o‟tishi 
natijasida  uning  o‟ramlari  atrofida  magnit  oqimi  hosil  bo‟ladi.  Keyin  uzgich 
mushtchasi  kontaktlarni  ajratadi  va  o‟ramlar  atrofidagi  magnit  oqimi  yo‟qoladi. 
Bunda induktsion g‟altak chulg‟ami o‟ramlarini magnit oqimi kesib o‟tadi, birlamchi 
chulg‟amda o‟zinduktsiya e.yu.k., ikkilamchi chulg‟amda o‟zaro induktsiya e.yu.k., 
g‟altak o‟zagida esa uyurma tok hosil qiluvchi e.yu.k. induktsiyalanadi.
 
 
Dvigatelь  o‟rta  va  katta  tezliklarda  ishlayotganda  batareyadan  o‟t  oldirish 
asboblari  past  kuchlanishli  tokni  generatordan  oladi,  unda  past  kuchlanishli  tok 
zanjiri  quyidagicha  bo‟ladi:  generatorning  musbat  cho‟tkasi-generator  qismasi  Ya  - 
rele-rostlagich  qismasi  B  -o‟t  oldirish  o‟chirgichi  sim  variator  va  induktsion 
g‟altakning  birlamchi  chulg‟ami  sim  uzgichning  tutashgan  kontaktlari  massa  - 
generatorning manfiy cho‟tkasi.
 
 
Kontaktlar tutashgan paytda induktsion g‟altakning ikkilamchi chulg‟amidagi 
yuqori  kuchlanishli  tok  zarur  kattalikka  ko‟paymaydi,  chunki  bunga  o‟zinduktsiya 
e.yu.k.  to‟sqinlik  qiladi.  Lents  qonuniga  ko‟ra  o‟zinduktsiya  e.yu.k.  akkumulyator 
batareyasi  e.yu.k.ga  qarama  -  qarshi  yo‟nalgan.  Natijada  induktsion  g‟altakning 
birlamchi  chulg‟amida  tokning  oshishi  sekinlashadi,  magnit  maydoni  uning 
o‟ramlari  atrofida  sekin  ortib  boradi  va  shuning  uchun  ikkilamchi  chulg‟amda 
istalgan  miqdorda  kuchlanish  hosil  qilish  mumkin  emas.  Aksincha,  yo‟qolib 
boruvchi  magnit  oqimi  ta‟sirida  birlamchi  chulg‟am  zanjiri  uzilganda  magnit 
oqimiga qarama - qarshi yo‟nalgan o‟zinduktsiya e.yu.k. hosil bo‟ladi. O‟zinduktsiya 
e.yu.k. ta‟sirida yangi tok, ya‟ni akkumulyator batareyasi yoki generatordan keluvchi 
tok  bilan  yo‟nalishi  bir  xil  bo‟lgan  uzuvchi  tok  hosil  bo‟ladi.  Ko‟paygan 
kuchlanishning yig‟indi toki (300V gacha) uzgich kontaktlari bir - biridan ajralganda 
ular orasida kuchli uchqun hosil qiladi. Kontaktlar orasida uchqun chiqishi quyidagi 
sabablarga ko‟ra maqsadga muvofiq emas:
 
 
Induktsion  g‟altakning  ikkilamchi  chulg‟amidagi  o‟zaro  induktsiya  e.yu.k. 
kamayadi, chunki kontaktlar ajralishi vaqtida uchqun tokning va chulg‟am o‟ramlari 
atrofidagi magnit oqimining bir zumda yo‟qolishiga to‟sqinlik qiladi;
 
 
Kontaktlar  qiyin  eriydigan  metall  -  volframdan  yasalganiga  qaramay 
oksidlanadi va metall richagcha kontaktidan ko‟zg‟almas kontaktga o‟tadi, bu ularni 
tez - tez tozalashni talab qiladi (bu hol kontaktlar 
eroziyasi 
deb ataladi).
 
 
Kuchli uchqun chiqishining oldini olish uchun batareyadan o‟t oldirish tizimga 
uzgich  kontaktlariga  parallel  qilib  kondensator  ulanadi.  SHunday  sig‟imli 
kondensator tanlash kerakki, bunda induktsion g‟altakning ikkilamchi chulg‟amidagi 
kuchlanish eng ko‟p bo‟lganda uzgich kontaktlari orasida ular bir - biridan ajralgan 
paytda uchqun eng kam chiqsin (0,17 - 0,25 mkF).
 
O‟t oldirish tizimining vazifasi tsilindrdagi yonuvchi aralashmani o‟z vaqtida, 
elektr  uchqini  yordamida  alangalantirishdan  iborat.  TICO  va  DAMAS 
avtomobillarining o‟t oldirish tizimining sxemasi 3.2 - rasmda keltirilgan.  


 
66 
 
3.2 - rasm. O‟t oldirish tizimining sxemasi. 
1 - akkumulyator batareyasi; 2 - asosiy saqlagich; 3 - o‟t oldirishni o‟chirgichi; 
4  -saqlagich;  5  -  o‟t  oldirish  g‟altagi;  6  -  taqsimlagich;  7  -  taqsimlagich  rotori;  8  - 
elektr magnitli datchik; 9 - tranzistorli boshqarish bloki; 10 - rotor; 11 - o‟t oldirishni 
vakuum  rostlagichi;  12  -  o‟t  oldirgichni  markazdan  qochma  rostlagichi;  13  -  o‟t 
oldirish svechalari.  

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish