Orqa quloq muskuli
(m.auricularis posterior)
boshqalardan ko‘proq
rivojlangan bo‘lib, so‘rg‘ichsimon o‘simtadan boshlanib oldinga yo‘naladi va
quloq suprasini orqa yuzasiga birikadi.
20-§ Yuqori kamar muskullari
Bu muskullar еlka kamari, еlka bo’g’imi, tirsak bo’g’imi, qo’l panjasi
xarakatlarida faol ishtirok etadi. Yuqorigi kamar muskullari еlka kamari, bilak,
panja muskullariga bo’linadi.
Yelka kamari muskullari
еlka kamari suyaklari yuzasida bo’lib, asosan, еlka
bo’g’imidagi xarakatlarda ishtirok etadi.
Deltasimon muskul
(m.deltoideus)
eng kuchli muskul, u o’mrov suyagining
akromial uchidan, kurakning akromial o’simtasi va qirrasidan boshlanib, еlka
suyagining tashqi yuzasidagi deltasimon g’adir - budurlikka birikadi.
Kurak osti muskuli
(m.subscapularis)
kurak osti chuqurchasiga joylashib,
еlka suyagining kichik do’ngchasiga birikadi. U qisqarganda uzoqlashgan qo’lni
tanaga yaqinlashtiradi va еlkani ichki tomonga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |