2. Sigmasimon ichak arteriyasi
2-3 ta, chap va pastga sigmasimon ichakka
qarab yo‘nalib uni qon bilan ta’minlaydi.
3. Yuqorigi to‘g‘ri ichak arteriyasi
pastki tutqich arteriyasining davomi
bo‘lib, pastga yo‘naladi va kichik chanoqqa tushib, to‘g‘ri ichakning yuqorigi va
o‘rta qismlarini qon bilan ta’minlaydi
Umumiy yonbosh arteriyasi
Umumiy yonbosh arteriya pastga va tashqariga yo‘nalib, dumg‘aza-yonbosh
bo‘g‘imi sohasida ichki va tashqi yonbosh arteriyasiga bo‘linadi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |