Yurakning o‘tkazuvchi tizimi .Yurak miokardining ritmik ravishda
qisqarishini uning o‘tkazuvchi tizimi boshqarib turadi. Yurakning o‘tkazuvchi
tizimi qo‘zg‘alishini yurak nervlaridan bo‘lmacha va qorinchalar miokardiga
o‘tkazib berish xususiyatiga ega atipik muskul tolalaridan iborat. Ular tarkibida
miofibrillar kam, sarkoplazmasi ko‘p bo‘ladi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi
quyidagilardan iborat.
158
1.Sinus-tuguni
(Kis-Flek) tuguni o‘ng bo‘lmacha devorida yuqori kovak
vena bilan o‘ng quloqcha o‘rtasida joylashib bo‘lmachalar miokardiga tolalari
chiqadi.
2. O‘ng bo‘lmacha qorincha atrioventrikulyar