Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

26-§ Ayiruv a’zolari 
Bu a’zolarga siydik ayirish, teri, o’pka va xazm a`zolari ham kiradi.  
Siydik  ayirish  a’zolari
:  bir  juft  buyrak,  bir  juft  siydik  yo’li,  siydik  qopi  va 
siydik chiqarish kanalidan tashkil topgan.  
Buyraklar(
ren). 
Buyrak
 
bir  juft  bo’lib,  bel  soxasida  qorin  bo’shlig’i 
pardasidan  tashqarida  bel  umurtqalarining  ikki  yonida  12-juft  qovurg’alar  oldida 
joylashgan.  O’ng  buyrak  chap  buyrakka  nisbatan  1-1,5  sm  pastda  joylashgan 
bo’lib,  uning  ustida  jigar  joylashgan.  Buyraklar  loviya  shaklda  bo’lib,  yuzasi 
pishiq biriktiruvchi to’qima bilan qoplangan. Uning atrofida yog’ to‘qimasi bo’lib, 
buyrakni  silkinishdan  saqlaydi.  Buyrakning  vazni  100-150  g,  bo’yi  12  sm,  eni  6 
sm,  qalinligi 3-4  sm  keladi.  Oldingi  yuzasi  orqa  yuzasiga nisbatan biroz qavariq, 
orqasi  tekis,  ichki  qirrasi  botiq  bo’lib,  bu  botiqlik
 
buyrak  darvozasi  deyiladi.  Bu 
erdan buyrak ichiga buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi va siydik yo’li chiqadi. 
Chetki qirrasi qavariq bo’ladi. 
  Buyrakni  orqa  va  old  tomondan  qoplagan  fassiya  tutib  turadi.  Buyrakning 
uzunasiga(frontal)  kesimida  u  ikki  qavatdan:  po’stloq  va  mag’iz  qavatdan 
tuzilganligi  ko’rinadi.  Buyrakning  butun  chetki  qismini  egallagan  chetki  po’stloq 
qavati  qizil-qo’ng’ir  rangda,  5-7  mm  qalinlikda  bo’lib,  ichki  oqish  qismi  mag’iz 
moddasidan tuzilgan. Po’stloq qavat ustunchalar shaklida mag’iz qavatdagi 15-20 
ta  piramidachalar  orasida  joylashadi.  Po’stloq  qavatda  Malpigi  tuguni, 
Shumlyanskiy-Bauman  kapsulasi,  aylanma  kanallar  joylashgan.  Mag’iz  qavatda 
buyrak  piramidachalari,  Genli  qovuzlog’i  va  siydik  yig’uvchi  umumiy  kanallar 
joylashgan  bo’ladi.  Buyrak  piramidachalari  orasida  buyrak  ustunchalari  bo’lib, 
ularda  qobiq  qismga  boruvchi  va  ulardan  qaytuvchi  arteriya,  vena  qon  tomirlari 
joylashgan.  Piramidachalar  asosi  bilan  po’stloq  qavatga,  cho’qqisi  bilan  buyrak 
ichiga  qaragan  bo‘ladi.  Piramidachalarning  uchi  so’rg’ich  shaklida  bo’lib,  kichik 
kosacha  bilan  o’ralgan.  So’rg’ichning  uchida  ko’p  teshik  bo’ladi.  Bu  teshiklar 
siydik yig’uvchi umumiy yo’lning uchlari xisoblanadi. Kichik kosachalar voronka 
shaklida  bo’lib,  ulardan  2-3  tasining  qo’shilishidan  katta  kosacha  hosil  bo’ladi. 


124 
 
 
Katta  kosachalarning  qo’shilishidan  buyrak  jomi  hosil  bo’ladi.  Buyrakda  hosil 
bo’lgan  siydik  jomlardan  siydik  yo’liga  o’tadi.  Jomlarning  devori  3  qavatdan: 
ichki-shilliq,  o’rta-muskul  va  tashqi  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan.  Buyrak 
qondan  siydikni  ajratuvchi  a’zo  xisoblanadi.  Bu  funksiya  uning  mikroskopik 
tuzilishi  bilan  bog‘liq.  Buyrak  mikroskopda  qaralganda  ko’rinadigan  asosiy 
struktura  birligi  nefron  deyiladi,  u  asosan  po’stloq  qavatda  joylashgan.  Buyrakka 
kirgan  buyrak  arteriyasi tarmoqlanib, buyrak  ustunchalari  orqali  po’stloq qavatga 
ko’tariladi.  Po’stloq  bilan  mag’iz  qismlar  orasida  yoy  arteriya  hosil  qiladi.  Yoy 
arteriyadan po’stloq qavatga bir nechta radial arteriya chiqadi. Ularning juda ko’p 
yon  shoxlari  bor.  Yon  shoxlardan  arteriya  kapillarlari  kalavasi  hosil  bo’ladi.  U
 
Malpigi tuguni deyiladi. Malpigi tuguni aloxida Shumlyanskiy - Bauman kapsulasi 
bilan  o’ralgan.  Kapsulaning  devori  2  qavat  bo’lib,  orasi  bo’sh  bo’ladi.  Bu 
bo’shliqning davomi qobiq qismda joylashgan aylanma kanalga ulanadi. U mag’iz 
qavatga  tushib,  ko’tariluvchi  Genli  qovuzlog’ini  hosil  qiladi.  Genli  qovuzlog’i 
piramidaning  ichida  joylashgan,  u  ko’tarilib,  qobiq  qismda  ikkinchi  tartibli 
aylanma  kanal  hosil  qiladi.  Bu  kanal  siydik  yig’uvchi  umumiy  yo’lga  quyiladi. 
Devori  bir  qavatli  mikroskopik  kalavasimon  naychalar  nefronlar  deyiladi.Bu 
kanalchalar  xammasining  devori  bir  qavatli  kubiksimon  epiteliydan  tuzilgan,  u 
erda siydik hosil bo’ladi. Malpigi tuguniga kiruvchi va undan chiquvchi arteriyalar 
bo’lib,  birinchisi  ikkinchisiga  nisbatan  ancha  yo’g’on.  Shuning  uchun,  tuguncha 
ichida  bosim  yuqori  bo’ladi.  Qonning  bir  qismi  kapsulaga  filtrlanib  o’tib, 
birlamchi  siydikni  hosil  qiladi.  Tugundan  chiqqan  arteriya  aylanma  kanallarda 
yana  qaytadan  kapilyarlarga  ajraladi.  Bu  kapillarlar  kanal  ichidagi  birlamchi 
siydikdan  qonga  kerakli  moddalarni  shimib  olib,  vena  kapillarlariga  aylanadi. 
Venalar yig’ilib, buyrak ustunchalaridan o’tib, buyrak venasiga aylanadi va pastki 
kovak  venaga  quyiladi.  Kanallarda  qolgan  siydik,  siydik  yig’uvchi  yo’ldan  o’tib, 
piramidaning  uchidagi  teshik  orqali  kichik  kosachaga,  undan  katta  kosachaga, 
so’ngra  buyrak  jomiga  o’tadi.  Odam  buyragida  2  millionga  yaqin  nefron  bo’lib, 


125 
 
 
ularning  umumiy  ajratuvchi  yuzasi  5-8  m
2
  ga  teng  keladi,  ya`ni  satxi  tana  yuza-
sidan 3-5 marta kattadir. 
Nefronlarning  ma`lum  bir  qismi  ishlab  turadi,  qolganlari  fiziologik  rezerv 
xisoblanadi. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish