Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

O’pka
(pulmo)
ko’krak bo’shlig’ining deyarli xammasini egallab turadi
.
  
O’pka  mayin,  g’ovak  to’qimadan  iborat,  bu  to’qimada  elastik  tolalar  juda  ko’p 
bo’ladi.  Bu  to’qima  o’pkani  elastik  qiladi.O’pka  tashqi  tomondan  biriktiruvchi 
to’qimadan iborat parda  -
  plevra
  bilan  o’ralgan.  Plevra  ikki  qavatdan  iborat,
 
bu
 
pardalarni biri o’pkani o’rab turadi, ikkinchisi kukrak
 
bo’shlg’ini qoplagan bo’ladi. 
Ikkala  parda  orasida
 
plevra  bo’shlig’i  bo’lib
,
  bu  bo’shliqda  past  bosimli  xavo 
bo’ladi.  Buning  natijasida  o’pka  nafas  olish  vaqtida  bemalol  kengayib-torayadi. 
Odam  nafas  olganda  kiradigan  xavoning  79%  ga  yaqin  azot,  20%  ga  yaqin 
kislorod,  0,03%  karbonat  angidrid  va  bashka  gazlardir.  O’pkadan  chiqadigan 
xavoda  16%  kislorod,  4  %  karbonat  angidrid  bo’ladi;  unda  azot  va  boshqa 
gazlarning  mikdori  o’zgarmaydi,  bundan  tashqari,  o’pkadan  chiqadigan  xavo  suv 
bug’iga tuyingan bo’ladi. O’pkada xavo kislorodi diffuziya
 
qonuni asosida qonga, 
karbonat angidridi esa qondan o’pkaga o’tadi. Bu qonunga binoan gaz xamma vaqt 
bosimi, ya`ni zichligi ortik bulgan joydan bosimi kam bulgan joyga tarkaladi.   


118 
 
 
   
 
 
37-rasm. O’pkaning tuzilishi. 
 
 
 
 
O’pka  pufakchalaridagi  havo  kislorodining  bosimi  venaning  o’pka 
kapillyarlari orqali oqadigan qondagi kislorod bosimiga qaraganda yuqori bo’ladi. 
Diffuziya  qonuniga  muvofik,  kislorod  o’pka  pufakchalari  va  kapillyarlar  devori 
orqali qonga o’tadi. Bu erda kislorod kizil qon tanachalarining gemoglobini bilan 
birikadi.  Buning  natijasida,  o’pkadagi  kislorod  bosimi  bilan  qondagi  kislorod 
bosimi  orasidagi  ayirma  kislorodning  qonga  to’xtovsiz  suratda  o’tishini 
ta`minlaydigan  darajada  bo’lib  turadi.  O’pka  xavosidagi  karbonat  angidridning 
miqdori  va  uning  bosimi  xam  o’pka  pufakchalaridagi  kapillyarlar  orqali  oqib 
o’tadigan  vena  qonining  bosimidan  ancha  past  bo’ladi.  Shuning  uchun  karbonat 
angidrid  qondan  o’pkadagi  xavoga  o’tadi,  u  bilan  birga  tashqariga  chiqarib 
yuboriladi. 
        O’pka  nafas  olish  va  ayiruv  organlaridan  biri  hamdir.  Parchalanish 
mahsulotlari: karbonat angidrid va suv gavdadan o’pka orqali chiqarib yuboriladi. 
O’pkaning tuzilishi bilan funksiyalari orasida o’zaro bog’lanish bor. Odam o’pkasi 
pufakchalarining yuzi 60-120
 kv m
 ga teng. U gavda yuzasidan 35-70 marta katta. 
O’pka  pufakchalari  va  kapillyar  devoir  yupqa  bo’ladi.  O’pka  pufakchalari  va 


119 
 
 
kapillyarlari  tuzilishining  bu  xususiyatlari  gazlar  almashinuvining  juda  shiddat 
bilan  borishini  ta`minlaydi.  Venadagi  qon  ortiqcha  karbonat  angidridni  o’pkaga 
o’tkazadi  va  kislorodga  boyib,  arteriya  qoniga  aylanadi.   Arteriya  qoni  o’pka 
venalari  orqali  yurakning  chap  qismiga,  shundan  keyin  esa  katta  qon  aylanish 
doirasi arteriyalariga o’tib, gavdaning barcha organlariga tarqaladi. 
   
    
To’qimalarda  doimiy  suratda  oksidlanish  jarayonlari  bo’lib  turadi,  bu 
jarayonlar  vaqtida  kislorod  sarf  bo’ladi.  Buning  natijasida,  to’qimalarda  erkin 
kislorod bulmaydi. To’qimalardan oqib o’tadigan qonda esa kislorod ko’p bo’ladi. 
Gemoglobin  bilan  birikkan  kislorod  undan  ajralib  chiqadi  va  diffuziya  qonuniga 
binoan  qondan  kapillyarlar  devori  orqali  to’qima  suyuqligiga,  undan  esa 
xujayralarga o’tadi. 
        Gavdada  oksidlanish  jarayonlari  xamma  vaqt  sodir  bo’lib  turganligidan 
to’qimalarda  ham  karbonat  angidrid  ko’p  bo’ladi.  To’qimalarga  oqib  keladigan 
arteriya  qonida  karbonat  angidrid  ancha  kam  bo’ladi.  Shuning  uchun,  karbonat 
angidrid  xujayralardan  ular  atrofidagi  to’qima  suyuqligiga,  to’qima  suyuqligidan 
esa qonga o’tadi. Arteriya qoni to’qimalarning kapillyarlaridan o’tib, kislorodning 
bir  qismini  yuqotadi,  karbonat  angidridga  boyiydi  va  vena  qoniga  aylanadi.  Vena 
qoni  katta  qon  aylanish  doirasining  venalari  orkali  yurakning  chap  kismiga, 
shundan  keyin  o’pka  arteriyalari  orqali  o’pkaga  boradi,  bu  yerda  arteriya  qonga 
aylanadi.  
        

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish