30
Albatta, men sizni biz tush ichida yashayapmiz deb ishontirmoqchi emasman.
Ammo biz, har holda,
uyg’oq, sergak emasmiz
.
Sergaklik
deganda men nimani nazarda tutyapman? Sergaklik – atrof dunyodagi
jarayonlarga sergak baho bera olish darajasida o’z idrokini boshqarish demakdir.
Masalan, xayolga berilib ketgan odamni uyg’oq deb bo’lmaydi – u xonaga birov kirganini
yoki undan biror nima so’rashganini payqamay qolishi mumkin.
Xayollar – bizni eng oson uxlatib qo’yadigan uyqu dorisi. Aqlning fikrlash
jarayonini to’xtatish imkonsiz. Aql tinimsiz o’zi bilan o’zi gaplashib, ongingizdagi
sukunatni buzib turadi. U doim o’tgan voqealarni qayta tahlil qilish yoki kelajakka rejalar
tuzish bilan ovora bo’ladi. O’y-fikrlaringizni kuzatib ko’ring – bunga o’zingiz amin
bo’lasiz.
Siz hozir xayollaringizni bir oz to’xtating-da, atrofingizga nazar tashlang. Yer
tortish kuchini his eting, havo haroratiga e’tibor bering. Nimalarning tovushi eshitilyapti,
qayerdan qanday yorug’lik tushyapti?
Hozirgi lahzada nimani his etayotganingizga e’tibor berdingizmi? Aynan hozir bor
narsani tuya oldingizmi? Ana endi siz uyg’oqsiz. Endi takabbur aqlingiz irodangiz va
qarorlaringiz ustidan to’liq nazoratga ega emas.
Siz yashab turgan lahzadagi qalb kechinmalaringizga quloq sola bilsangiz – aql
sizga bergan g’aflat dorisining ta’siridan xalos bo’lasiz. Shundagina siz sergak qarorlar
qabul qilishingiz va muhimlikka berilishdan tiyilishingiz mumkin. Aql shaxsiy va tashqi
muhimlikni sun’iy ravishda oshiradi. U sizga tinimsiz muhimliklardan tuzoq qo’yib
yuradi – u buni sizga yomonlik istaganidan qilmaydi. Shunchaki, u o’z maqsadlariga
erishishning boshqa yo’llarini bilmaydi – u bir narsa yoki vaziyatni muhim deb
ko’rsatibgina unga sizning e’tiboringizni jalb qilishi mumkin.
Usta psixolog va gipnozchilar odam aqlining muhimlikka tobeligida o’ynaydilar va
inson irodasini o’zlariga to’liq bo’ysundira oladilar. Ammo boshqa odamning
muhimligiga bosim o’tkazib, uni boshqarish oddiy odamning ham qo’lidan keladi. Sizni
birov maqtasa va sizning fikrlaringizga qo’shilsa, shaxsiy muhimlik tuyg’usiga ergashib
u odam istagan ishni siz jon deb qilasiz. Yoki kimningdir g’ururida o’ynab, uni biror ishni
qilishga majburlash mumkin.
Masalan, yosh o’smir yigitga: “Hali yosh bo’la turib, kattalarga o’xshab fikr yuritar
ekansiz. Menimcha sizga bir mas’uliyatli ishni topshirsa bo’ladi” deyilsa, uning shaxsiy
muhimlik tuyg’usi ustun kelib, “mas’uliyatli ish”ni qilishga so’zsiz rozi bo’ladi.
Tashqi muhimlik tuyg’usi yordamida ham odamni boshqarish mumkin. Misol
uchun, sizni sevgan odamingiz tashlab ketdi. Sizga kimdir shunday deydi: “Uni unut. U
sensiz bir baxtli bo’lib ko’rsin. Sen uni o’ylab qiynalib yurmagin-da, o’zingga boshqasini
topib ol. Yangi sevging bilan shunaqangi baxtli yashaginki, avvalgi sevgiling buni ko’rib,
sendan kechganiga afsuslansin”. Siz uchun sizni tashlab ketgan odamga usiz ham baxtli
bo’la olishingizni isbotlash o’ta muhim bo’lsa, bu maslahatga ko’nishingiz tayin.
Muhimlikdan qutulishning yagona yo’li – sergaklik.
Shaxsiy muhimlik tuyg’usidan qutulish uchun siz bu dunyoga mehmon ekaningizni
– bu dunyoda siz hech bir boshqa mavjudotdan yuqori qilib yaratilmaganligingizni, siz
ham xato qilishingizni, sizda ham hamma singari kuchsiz tomonlar bor ekanini eslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |