24
O’smirlik davri odamdagi shaxsiy muhimlik tuyg’usi eng gullab-yashnagan
muddat. Ko’p ustozlar aytganidek, bu yoshda bolaga bitta gap kam – ikkitasi ortiqcha
bo’ladi. Bu yoshda odam uni o’rab turgan dunyoda uning qanday bo’lmasin o’rni bor
ekanini bilish ehtiyoji bilan yashaydi. O’smirda kattalar hayotiga kirib borish, u yerda
o’zgalardan kam bo’lmaslikka harakati kuchayadi.
Ammo ba’zida ulg’ayib ulgurgan odamlarda ham shaxsiy muhimlik tuyg’usi kuchli
bo’lishi mumkin. Bunga, odatda, quyidagidek holatlar sabab bo’ladi.
Birinchisi – odam hayotida erishgan yutuqlar. Agar kimdir shu paytgacha ko’plab
cho’qqilarni zabt etgan bo’lsa, u o’zini muhim shaxs deb hisoblashi mumkin. Unda
erishgan yutuqlari uning bekam shaxsiyati mevasi ekani haqida asossiz ishonch hosil
bo’ladi. Eng kulgili holat – kishi o’zi amalga oshirgan ishlarni yutuq deb xato
hisoblashidir. Bunda kishi o’zi va atrofdagilarga kam foyda keltirgan ishlarni yutuq
sanab, ularga (va natijada, ularning bajaruvchisi – o’ziga) ortiqcha baho berib yuboradi.
Biz erishgan har qanday yutuq borki – unda o’zgalarning ham hissasi borligini unutmaslik
zarur. Kamida, sizni o’z maqsadlari yo’lida tirishqoq va topqir qilib tarbiyalab qo’ygan
ota-onangiz mehnatlarini eslang. Shunda shaxsiy muhimlik tuyg’uyingiz biroz bosiladi.
Ikkinchi sabab – ortiqcha mas’uliyat. Agar atrofdagilar sizga ko’plab mas’uliyatlar
yuklasa – siz o’zingizni juda kerakli odam deb o’ylab qolishingiz mumkin. Ikki turmush
o’rtoqdan ayol oiladagi hamma qarorlarni qabul qilishni to’lig’icha eriga topshirsa,
bundan erkak o’zini o’ta muhim hisoblab yuborishi mumkin. U aralashmasa, hech bir ish
bitmaydigan, u aytmasa – hech kim hech narsa qilmaydigandek tuyulaveradi. Ko’p narsa
va ko’pchilik uchun javobgarlik hissi o’ta kuchli rivojlangan odam – haqiqiy g’alvaning
uyasi. U ko’pchilik nomidan qaror qabul qilishni va bu qarorini hammaga majburan
o’tkazishni o’ziga odat qilib oladi.
Siz – o’z xatti-harakatlaringiz va o’y-fikrlaringizdan boshqa hech narsaga javobgar
emassiz. Agar o’zingizni kimnidir baxtli qilishga javobgar deb bilsangiz – buni unuting.
Tangri bir bandasi baxtini boshqasining qo’liga berib qo’ymaydi. Siz farzandlaringiz
tarbiyasi uchun mas’ulsiz – ammo siz ularning o’rniga qaror qabul qilishga mas’ul
emassiz. Shaxsiy muhimlik tuyg’usi siz va yaqinlaringiz hayotini zaharlashiga yo’l
qo’ymang.
Shaxsiy muhimlik tuyg’usini tarbiyalab beruvchi yana bir omil – ortiqcha e’tibor.
Bu odatdagi erkatoy bola hikoyasi. Agar odam atrofdagilardan juda ko’p e’tibor, maqtov,
tasdiq olsa – u o’zini “yakka-yu yagona” hisoblab qolishi tayin. Bu holat juda xavfli,
chunki u inson hayotini qiyinlashtiradi.
Misol uchun, bir qizni yoshligidan hamma yigitlar tengsiz e’tibor va mehr bilan
siylab kelishgan. “Malika” e’tiboridan qolishdan qo’rqib, uning oshiqlaridan hech kim
qizning kamchiliklari haqida gapirmaydi. Natijada, qiz ongida u kamchiliklardan holi
shaxs ekani haqida fikr mahkam o’rnashib qoladi. Bu holat qizning umr yo’ldosh
tanlashini o’ta qiyinlashtirib beradi – axir, u endi o’ziga o’xshash “bekam” shaxsiyatni
axtaraveradi. U uchratgan yigitlar esa uning “daraja”siga mos kelmaydi.
Agar siz shunday holatga tushib qolgan bo’lsangiz – darhol o’zingizga
chin do’st
toping. Bunday do’stni, imkoni bo’lsa, sizni tanimaganlar orasidan axtaring. U haqiqiy
do’st kabi achitib gapiradigan, sizning e’tiboringiz va mehringizdan umidvor bo’lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |