1.3.Poliamfolitlar tuzilishi, olinishi va ishlatilishi
Poliamfolitlar-
ham musbat, ham manfiy zaryadlar saqlovchi polimerlar-
poliamfolitlar xisoblanadi. Bular sintetik polielektrolitlar xisoblanadi.Ularga
polipeptidlar, xususan oqsillar kiradi. Bu kabi amfolitlarni eritmalar xolida
o’rganilib, turlari bilan taqqoslanadi. Eritmalar turmushda, sanoatda, tibbiyotda va
ayniqsa farmatsiyada kattaahamiyat kasb etadi. Qon plazmasi, limfa va
organizmdagi boshqa suyuqliklar eritma holatida bo‘ladi. Dori moddalari ham
erigan holatda yoki organizmda erigan holatga o‘tgandagina samaraliroq bo‘ladi.
Eritmalar xossalarini o‘rganish, ularni ma‘lum qonuniyatlarga bo‘ysunishini va
farmatsiya amaliyotida eritmalarga duch kelganda albatta ularni nazarda tutishni
taqozo etadi.Shunday ekan o’rganilmoqchi bo’lgan amfoter aminokislotalarni turli
eritmalar shaklida ajratib olish maqsadga muvofiq.
Amfolitlar
eritmasiham
kislotali,
ham
asosli
birikmalar
kabi
dissotsialanadigan moddalar eritmasidir. Masalan, Al(OH)
3
, glitsin eritmalari.
Umuman olganda amfolitlar tushunchasi amfoterlik xolatlarini ifodalab,
molekulaning kimyoviy tarkibi turli imkoniyatlar yaratilishi anglatadi.
Amfolitlarning oqsil tarkibida mavjud bo’lishi oddiy va murakkab oqsildaga
xos bo’lib, oddiy oqsillar faqat amino kislotadan tashkil topgan bo’ladi. Murakkab
oqsillar tarkibida aminokislotadan tashqari, oqsil tabiatiga ega bo’lmagan boshqa
moddalarni ham saqlaydi. Bularga oddiy metal, yod, mis, marganes ion va katta
molekulyar og’irlikka ega bo’lgan murakkab moddalar kiradi, bular prostetik
guruxlar deyiladi.
20
Bizga ma’lumki oqsil polifunksional birikmalar bo’lib, oqsil tarkibida
qo’shimcha funksoinal gruppalar kiritish natijasida yangi xossaga ega bo’lgan
moddalar olinadi. Muhit pH ni o’zgarishi bilan oqsil molekulasining qutbi ham
o’zgaradi. Ma’lum pH da oqsil molekulasi tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlar
soni bir-biriga teng bo’ladi. Mana shu pH oqsillarning izoelektirik nuqtasi deb
ataladi. Natijada oqsil molekulasining umumiy zaryadi nolga teng bo’lib, uning
molekulalari elektr maydonida anod tomonga ham, katodga ham harakat qilmaydi.
Demak izoelektrik nuqtada oqsillar juda beqaror bo’ladi va ular osonlik bilan
cho’kmaga tushadi. Biz shunday usullar bilan bizga tegishli ma’lum xossaga ega
bo’lgan oqsillarni ajratib olish, ulardan boshqa xossali preparatlarni tayyorlash
mumkin. Ipak tolasi tarkibini 70-75% ni fibrion tashkil etishi ma’lum bo’lsa,
oqsil moddasining tarkibidagi amfoter xossaga ega bo’lgan aminokislotalarni
aniqlash va ularning xossalarini o’rganib qo’shimcha pruppalar kiritish orqali
yangi molekulalar tayyorlash imkoni paydo bo’ladi. Ushbu molekulaning
polimerlanishi natijasida polimer moddalar- poliamfolitlar tayyorlash mumkin.[12]
Do'stlaringiz bilan baham: |