69
XULOSA
Ifodali o`qish xalq san'atidir. Chunki adabiyot dastavval xalq og`zaki
ijodi sifatida paydo bo`lganidek, uning ijrosi ham ana shu keng mehnatkash
omma ijodi sifatida shakllangan. Mehnat jarayonida, ona allasida, ota duosida
ham, to`y-tantanalarda ham o`z o`rniga va mavqesiga ega ekanligi tabiiy
holdir.
Demak, folklor janrlari qadim-qadimdan kattalarni ham, bolalarni ham
ifodali o`qishga o`rgatib kelgan. Badiiy asar so`zlari to`g`ri, ma’nosini anglab
talaffuz qilish, uning mazmunini atrofdagilarga yetkazish yo`lida folklor va
uning ijrochilari yetarlicha xizmat qilib keldilar. Baxshilar xalqni nafaqat
ma’nan boyitdilar, balki go`zal ohanglar, xalqona ritm, betakror ifodali o`qish
bilan ruhiyatini tarbiya etdilar. Qissaxonlar, lofchilar, aksiyachilar, qiziqchilar
yosh avlodning ma’naviy barkamolligini ta’minashda muhim rol o`ynaydilar.
Bu ulug` maqsadlarning amalga oshivuda ifodali o`qish muhim rol o`ynaydi.
Boshlang`ich sinflardagi o`qish darslarining asosiy vazifalaridan biri
o`quvchilarni ifodali o`qishga o`rgatishdir. Ifodali o`qish maktab sharoitida
badiiy o`qish san’ati ibtidosi hisoblanib, uning metodikasi o`qish nazariyasiga
asoslanadi. O`quvchilar o`z imkoniyatlariga yarasha o`qish san’atini egallab
borishlari ko`zda tutiladi.
Bitiruv malakaviy ishidan chiqarilgan umumiy xulosalar quyidagilar:
– folklor asarlarini ifodali o`qishga o`rgatish davomida maqol, topishmoq, tez
aytish kabi janrlarning ham she'riy, ham nasriy ko`rinishlari borligini anglash
muhim. Maqol donishmandona, bosiq ohangda, ba'zan ko`tarinki, ba'zan xabar
ohangida aytiladi. Topishmoq sirli, jumboqli ohangda ifodalanishi lozim. Tez
aytish nihoyatda tez, bir nafasda o`n martagacha, eplasa, undan ortiq marotaba ham
aytilishi zarur. Ertakning zachini, qahramonlarning nutqi kabilarning aytilishi
o`ziga xos;
– she’riy asarlarni ifodali o`qish jarayonida vazn, turoq, band, pauza, urg`u, ritm
kabilarning har biri alohida ahamiyat kasb etadi;
– yozma adabiyot turlari hisoblangan nasriy asarlarni ifodali o`qishga o`rgatish
yo`llari ko`p;
70
– 1-sinf “O`qish kitobi” darsligidagi asarlarni ifodali o`qishning o`ziga xosligini
ochib berish jarayonida o`quvchilarning imkoniyatlari har jihatdan inobatga
olinishi zarur;
– 1-sinf "O`qish kitobi"da 40 ta she'r, 44 ta nasriy asar bor, bundan tashqari o`nlab
maqol, topishmoq, tez aytishlar borki, ularning har biri o`ziga xos ifodaga ega.
– o`quvchi ikki xil ovoz zarur bo`lganda ovozini tovlay olishi zarur. Buning uchun
o`qituvchining o`zi mashq qilgan bo`lishi shart.
– ertak, masal kabilarni obrazga kirib ifodali o`qish o`ziga xoslikka ega.
– STI darslari 1-sinf o`quvchilarining ifodali o`qish ko`nikma va malakalarini
shakllantirishda muhim o`rin tutadi.
– sinfdan tashqari tadbirlar ko`magida 1-sinf o`quvchilarida ifodali o`qish
ko`nikma va malakalarini shakllantirish imkoniyatlari barcha vositalardan
samaraliroq.
– texnik vositalar ko`magida ifodali o`qishga o`rgatish davr talabidir. Istiqlol
sharofati tufayli esa texnik vositalar har doimgidan ko`p.
Do'stlaringiz bilan baham: