davomida yuechjilar deb nomlangan turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi bilan aralashib, qo'shilib
ketadilar.
Milodiy IV-V asrlarda O'rta Osiyo hududiga xioniylar, kidariylar, eftaliylar nomli turkiy etnik
guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag'darilib,
hokimiyat awal kidariylar, keyinroq eftaliylar
qo'liga o'tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O'rta Osiyoda yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan
kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi tarkibiga qo'shilib ketadilar.
Milodiy VI asr o'rtalaridan boshlab O'rta Osiyo yerlarining Turk xoqonligi tasarrufiga o'tishi bilan
bog'liq holda bu hududda sharqdan turli turkiy urug', qabilalarning kelib joylashishi va o'troqlashishi
jarayoni yanada kuchayadi. Ayni paytda bu yerlarda o'rnashgan turkiy etnik guruhlar o'zlariga xos ko'plab
milliy an'analar, udumlar va marosimlarni ham olib kelganlar. Bu esa, bir tomondan, bu hududda
aholining aralashish-qo'shilish jarayoniga sezilarli tasir ko'rsatgan, bu yerda azaldan yashab kelgan
aholining turkiy qatlami salmog'ining ko'payib borishiga bois bo'lgan. Ikkinchi tomondan, o'lka hayotida
kechgan bu tarzdagi etnik o'zgarishlar, shu hududda yashagan xalq-larning bir-birlari bilan yaqinlashib,
madaniy-ma'naviy aloqalarining o'zaro boyib, taraqqiy yetishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib borgan.
Turk xoqonligi hukm surgan Vl-VII asrlarda yurtimizning sharqiy, xususan Farg'ona, Shosh
hududlariga turkiy etnosga mansub urug', qabilalarning kirib kelishi kuchayadi. Ularning ko'pchiligini
qarluqlar tashkii etardi. VII asr o'rtalariga kelib Farg'ona vodiysining sharqiy va markaziy yerlarida
qarluqlar mustahkam o'rnashib oladilar. Shuningdek, Toshkent vohasining tog'li va tog' oldi tumanlari
aholisi tarkibining ancha qismini ham qarluqlar tashkii etgan. Ularning ko'pchiligi o'troq hayot kechirib,
turli xil xo'jalik yuritish tizimini yaratib borganlar. Ular yashagan joylar o'z orastaligi, obodonligi,
gavjumligi bilan ajralib turgan.
Yettisuv kengliklarida, Chu vodiysi, Issiqko'l tomonlarda ham qariuqlarning katta qismi yashagan. Chu
vodiysi atroflarida ularning nisbatan rivojlangan shahar va qishloqlari mavjud bo'lib, ularda iqtisodiy va
madaniy hayot darajasi bir muncha yuqori bo'lgan. Aholining ancha qismi dehqonchilik, hunarmandchilik
savdo-sotiq singari kasblar bilan shug'ullangan.
Turk xoqonligi davrida Yevroosiyo kengligida yashovchi bir qancha turkiy qabilalarning birlashib
borishi natijasida yirik qabila ittifoqlari, katta-kichik davlatlar vujudga keldi. Xoqonlikning barcha hudud
aholisiga tushunarli yozuv va til shakllanadi. Xoqonlik davrida tashkil topgan o'g'iz, uyg'ur, qipchoq,
qirg'iz va boshqa etnik uyush-malar o'rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning
shakllanishiga asos soladi. Hozirgi kunda Yevroosiyoda mavjud bo'lgan
turkiy xalqlarning, jumladan,
o'zbek xalqining etnogenezi xoqonlik davridagi turkiy dunyo bilan bevosita bog'liq va shuning uchun bu
elatlar qondosh xalqlar hisoblanadi.'
VIII asrdan arab va ajam xalqlarining O'rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga
katta ta'sir etmagan. Bu davrda aholi etnik tarkibida ma'lum bir o'zgarishlar bo'lsa-da, Movaroun-nahrdagi
o'troq va yarim o'troq turkiyzabon so'g'diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o'z hududlarida qolib,
arablar hukm-ronligi ostida yashaganlar.
IX asrdan boshlab Movarounnahrda yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela
boshladi va o'z navbatida so'g'diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni
jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli asosga ega bo'lib, bu
qatlam asosining aksariyat ko'pchiligini o'troq-lashgan turg'un turkiy etnoslar tashkil qilgan.
Qoraxoniylar davrida X-XI asrlar Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy
sulolalarga o'tishi munosabati bilan o'zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo'ldi.
X asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Qoraxoniylar davlati hu-dudining Turonzamin tomon kengayib
borishi va buning natijasida Somoniylar sulolasining inqirozga yuz tutib, butun Movarounnahr bo'ylab
Qoraxoniylar hukmronligining o'rnatilishi jarayonida bu za-minga sharqdan ko'plab turkiy urug' va
qabilalarning kelib joylashishi sodir bo'ldi.
Agar awal boshda bu qavmlarga mansub aholi asosan Movarounnahr o'lkasining Farg'ona vodiysi
yoxud Shosh vohalariga kirib kelgan bo'lsa, keyinchalik ular bu zaminning boshqa hududlarida ham
o'rnashib, o'troqlashib bordi. Bu hoi,
shubhasiz, yurtimiz aholisining etnik tarkibida jiddiy o'zgarishlarga
olib keldi. Buning natijasida o'lkada yashab kelgan tubjoy aholi tarkibi, uning turmush tarzi, ma'naviy
hayoti, milliy qadriyatlari sezilarli o'zgarishlarga ro'baro keldi, muhim yangiliklar bilan boyidi. Ayni
chog'da aholi tarkibida yuz bergan qo'shilish jarayoni orqasida turkiy etnoslarning salmog'i va ta'siri ortib
bordi. Kirib kelgan turkiy elatlar Turonzamin hududini makon tutib, bu yerdagi yerli aholi bilan
qo'shilishib, ularning turmush tarzi, udumi, urf-odatlari, marosimlarini o'zlash-tirish, qabul qilish
barobarida o'zlariga xos ko'plab betakror udumlaru qadriyatlarni, ma'naviyat sarchashmalarini o'lka
hayotiga olib kirdi, singdirdi. Zotan, «Har qanday sivilizatsiya ko'pdan-ko'p xalqlar, millatlar, elatlar
faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir».1 Shu tarzda o'zbek xalqining shakllanishida muhim omil
hisoblangan madaniy, ma'naviy, psixologik umumiylik tarkib topadi.
Eng muhimi, xuddi shu asrlarda o'zbek adabiy tili uzil-kesil shakllandi. O'zbek tilining
shakllanishida qarluq-chigil lahjasi muhim o'rin tutdi. O'zbek tilida umumbashariy g'oyalar va qarashlarni
o'zida ifoda etgan ko'plab yuksak umrboqiy asarlarning yaratilishi buning yorqin isbotidir. O'zbek tilining
yuksak badiiyjarangdorligi, boyligi va qudrati jihatidan o'sha davrda keng e'tirof topgan
arab va fors-tojik
adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko'rsatadi. Xususan, Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'atit turk»,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatu! haqoyiq», Ahmad Yassaviyning
«Hikmatlar» singari yuksak insonparvarlikg'oyalari ruhi bilan sug'orilgan baquwat asarlar bunga misol
bo'la oladi. Taniqli yozuvchi A.Ibrohimov so'zlari bilan aytganda, «Barcha turkiy xalqlar davrasida faqat
bizkim, o'zbeklar birinchi voris o'laroq Ahmad Yassaviy she'riyatini asliyatida - bevosita o'qiymiz, chunki
Ahmad Yassaviy tili o'zbek adabiy tilining xalqchil va yorqin namunalandan biridir. Ahmad Yassaviy
«Hikmatlar»i barcha o'zbeklar uchun xuddi shu zamonda yozilgandek tushunarli va yoqimlidir».l
Shunday qilib, o'lkamizda uzoq yillar davomida yuz bergan etnik jarayonlar natijasida o'zbeklar
IX-XI asrlarda etnik birlik - xalq bo'Iib shakllanadilar. Uning asosini o'lkada muqim yashab kelgan tub
joy aholi tashkil etadi. Kirib kelgan turkiy tilli etnik guruhlar ham o'zbek
xalqining shakllanishida
qatnashgan asosiy komponentlar hisoblanadi. Lekin ularning soni mahalliy aholidan kam bo'lgan, ular
turg'un aholi bilan aralashib, qorishib ketganlar.
Keyingi davrlarda ham shakllangan o'zbek xalqi tarkibiga boshqa etnik guruhlarning kirib kelishi va
qorishuvi davom etdi.
XIII asrda Movarounnahr va Hurosonda mo'g'ullar bosqini va hukmronligi davomida etnik
aralashuv jarayoni davom etdi. Mo'g'ullar bilan birgalikda ularga tobe qo'shni yurtlardan bir qator turkiy
qavmlar-jaloirlar, barloslar, kavchinlar, arlotlar kabi turkiy urug', qabilalar bu yerga kelib o'rnashdilar.
Jumladan, barloslar Qashqadaryo vohasiga joylashgan bo'lsa, jaloiriar esa ko'proq Ohongaron vodiysida
qo'nim topdilar. Kavchinlar bo'lsa asosan Farg'ona vodiysi, Qoshg'ar hududlari bo'ylab joylashdilar.
Arlotlar Surxon vohasi janubida va Afg'onistonning shimoliy mintaqasida o'rnashib,
bu hududlarda
yashovchi aholi tarkibiga singib ketdilar.
O'rta Osiyoga kelib joylashgan mo'g'ul jamoalari ham asta-sekin o'troq hayotga o'tib, o'zlariga nisbatan
ancha yuqori madaniyatga ega bo'lgan yerli aholining urf-odatlari, udumlari, turmush tarzi, musulmon
dini e'tiqodlarini qabul etib, ko'p hollarda ular bilan aralashib bordi. Ayniqsa, XIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlab bu hududda mo'g'ullarning islomni rasmiy din sifatida e'tirof etishi va unga e'tiqod
qilishi, shuningdek, ularning o'troq hayotga o'tib borishi, turkiy (o'zbek) tilda to'liq muomala yuritishi -
bular o'zaro qo'shilish jarayonining muhim omili bo'ldi.
Chig'atoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida yuz
bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til
yanadatakomillashdi, bu til ilmiy adabiyotda «turkiy» yoki «chig'atoy turk» tili deb nom-langan. Ayniqsa,
Alisher Navoiy davrida o'zbek adabiy tili rivojlanib, yuqori nuqtaga ko'tarildi. Ammo, xaiqning jonli tili
ko'p dialektli bo'lib, adabiy til shakllanishidauchtaasosiy sheva—qarluq, qipchoq va o'g'izdialektlariasos
bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: