ko`tarilish darajasi (yuqori, o`rta, quyi) va lablanish – lablanmaslik belgilari unli fonemalarning asosiy belgilari bo`lib, bu belgilar
ularning sistema hosil qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning tilning gorizontal holatiga ko`ra (old qator, o`rta qator, orqa qator) belgilari
asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularda nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida o`zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan
qo`shnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik xossasiga ega bo`lsa, [k] undoshi qurshovida o`z holatini saqlaydi: qarg`a, qurbaqa,
kamalak, katta, kassa, katastrof kabi. Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko`ra tasnifi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |