Mavzu: Jamiyat va til taraqqiyoti
Reja:
1.
Til taraqqyoitida tashqi omillar.
2.
Jamiyat va til aloqadorligi.
3.
Differensiya va integratsiya.
4.
Tillarning bir-biriga ta’siri.
5.
Xulosa.
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha:
Tashqi omillar, jamiyat va til, tilning ekstralingvistik omillari, differensiya, integratsiya, tillarning o‘zaro ta’siri, tillarning chatishuvi,
bilingvizm, tillarning o‘zaro progressiv va regressiv ta’siri.
Til taraqqiyotidagi tashqi omillar- jamiyat va til, nutqiy situatsiya, tilning boshqa tillar bilan o‘zaro aloqasi va ta’siri, tir taraqqiyotida
differensiya va integratsiya hodisalari, tilning ekstralingvistik faktorlarini o‘z ichiga oladi. Paralingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika,
sotsiolingvistika, ekstralingvistika singari sohalar mana shu tashqi omillarni tadqiq qiladi.
Lisoniy rivojlanishning tashqi omillari tilning hududiy (areal), davriy, ijtimoiy va tarixiy sharoitlariga ko‘ra yuz beradi. Bunda nutq
jarayoni aloqa va kontakt masalalari va vaziyatlari (situatsiya) hisobga olinadi. Tillarning o‘zaro ta’siri va bilingvizm hodisasi, nutqiy
iqtisod va tushunarlilik qonuniyatlari o‘rganiladi. Tashqi omillarning asosini- tilning ijtimoiy ahamiyati va funksiyalari, tillarning tarixiy
taraqqiyotini tashkil qiladi.
Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so‘zlovchilarning ekstralingvistik omillar ta’sirida bo‘lishlari ham shu munosabatdan
kelib chiqadi.
Til – jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi qadriyat. Til umumiy, nutq esa –xususiydir, ya’ni har bir kishining nutqi o‘ziga xos, individual.
Kishilar o‘z tafakkur tarziga, fikrlash qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra so‘zlaydilar. Bundan tashqari nutqidan uning bilish saviyasini,
umumiy dunyoqarashi - odatlarini, madaniyat darajasini – ma’naviy olamini bilsa bo‘ladi, qolaversa, har birimiz o‘z uslubimiz (stil) va
estetik, etik didimiz, tushunchaimizga ko‘ra turlicha nutqqa egamiz.
Inson – jamiyatda tug‘ilib voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy
hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas olishi va h.) tabiat
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati
(sotsial muhit) bo‘lishi shart. Til nasldan- naslga, avloddan-avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining
mahsulidir. Agarda yosh go‘dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga tashlab qo‘yilsa, u insoniy tildan bexabar bo‘lib o‘sadi (olimlar
bunday tajriba o‘tkazishgan yoki eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o‘zbeklar orasida ulg‘aya, tarbiyalansa, u faqat o‘zbekcha so‘zlab,
ajdodi tilini bilmasligi mumkin. Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko‘rinishi) irsiy holda o‘zgarmaydi.
Til va jamiyatning uzluksiz ta’sirini tildagi argo, jargon, tabu va evfemizmlar yoki semantik o‘zgarishlar misolida kuzatish mumkin.
14
Tilimizda muayyan bir guruh kishilarni ishlatuvchi- “ko‘kidan”, “soqqa”, “mullajiring”, “malak” , “shef”, “oqidan”, “kabutar” kabi so‘z
va tushuncha tilga, jamiyatga oid hodisalardir. Shuningdek, tabu va evfemizmlarning paydo bo‘lishi ham, ijtimoiy tafakkur, aniqrog‘i irim
va e’tiqodlar bilan bog‘liq. Masalan, ilon - “arg‘amchi”, pes – “oqarmoq” kabi qo‘llashlar bu yomon hodisalarning oldini olish, irim bilan
bog‘liq bo‘lsa, tug‘moq- “yengil bo‘lmoq”, “ko‘zi yorimoq”, “o‘g‘il yo qiz ko‘rmoq”; erga bermoq - “turmushga chiqramoq” (uzatmoq), “baxti
Do'stlaringiz bilan baham: |