B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
   Biz  oldingi      mavzuda      tasnifning      mohiyati      nimada  ekanligi,  uning  xususiyati    haqida    bir    oz    to`xtalib    o`tgan  edik. 
So`zlarning tasnifini  berishda  leksemaning  serqirraligi mohiyati hamma    vaqt   diqqat   markazida   bo`lishi   kerak. Leksemaning har    
bir    qirrasi    bir    tasnifni    yuzaga keltiradi. Chunonchi: 
     1.Bo`g'in soniga ko`ra: bir bo`g'inli, ko`p bo`g'inli.      
     2.Fonemalar miqdoriga    ko`ra:    bir  fonemali,   ikki fonemali, uch     
     fonemali... 
     3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko`ra. 
     4.Tub-yasamaligiga ko`ra:tub va yasama. 
     5.Yasalish tipiga ko`ra: diaxronik va  sinxronik. 
     6.Tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, juft, takroriy. 
     7.Shakl   va   ma’no   munosabatiga   ko`ra:  ma’nodosh, shakldosh, qarama- 


 
73 
     qarshi ma’noli so`zlar va paronimlar. 
     8.Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv. 
     9.Onomasiologik - nominatsion    xususiyatlariga    ko`ra; antroponim,   
      toponim, zoonim... 
     10.Vazifaviy - uslubiy  xususiyatlariga  ko`ra:   kitobiy, rasmiy, so`zlashuv. 
     11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z  va  o`zlashgan qatlam,  
     chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 
     12.Emotsional - ekspressiv    jihatiga     ko`ra: emotsional - ekspressiv    
     bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar. 
     13.So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko`ra: narsa, buyum,     
     shaxs,    mavjudotlarni      atovchi      so`zlar;  belgi,  xususiyat,  munosabat                ifodalovchi  so`zlar;  harakat-holat  ma’nosini 
bildiruvchi so`zlar;  o`rin-payt,       tarz-tus  ma’nosini ifodalovchi so`zlar  va h.k. Demak, so`zlarga berilgan  xilma-xil tasnifning mavjudligi 
ularning  serqirraligidan  dalolat  beradi.  Har  xil  tasnifning  har  biri  o`z  o`rnida  ahamiyatlidir.  So`z  va  uni    tasniflash    asoslari  tilshunos 
I.Madrahimov  tomonidan  o`rganilib, uning ma’noviy, sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan. 
     So`zlar ma’noviy belgisiga ko`ra quyidagicha turkumlanadi: 
     1.Mustaqil ma’noli so`zlar: 
     a) mavjudotlarni atovchi  so`zlar -  otlar;  
     b) belgi - xususiyatni atovchi    so`zlar – sifatlar;      
     d) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe’llar;   
     e) miqdorni  ifodalovchi  so`zlar – sonlar;  
     f) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar- ravishlar; 
     g) taqlidni ifodalovchi so`zlar-taqlidiy so`zlar. 
     2.Bo`sh-ishora ma’noli so`zlar-olmoshlar. 
     3.Yordamchi ma’noli so`zlar: ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, ko`makchi fe’llar.  So`zlarning  mustaqil  va   yordamchi tiplarga 
ajralishi ularning mustaqil holda ma’no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi. 
     O`zbek  tilshunosligida    olmoshlarning  doirasi    va  vazifasi  zo`rma-zo`rakilik  bilan  cheklantirilib,  "ot,    sifat,    son    o`rnida 
qo`llanuvchi so`zlar "sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o`rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son  o`rnida,  balki fe’l, ravish,  taqlidiy  
so`z, undov  gap,  hattoki matnni almashtira olish, ularga ishora  etish   xususiyati   hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga: 
    - men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; 
    - kim, nima,  ana,  mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar; 
    - qanday, bunday, shunday kabi belgiga; 
    - buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; 
    -shunday bo`lmoq, shunday qilmoq  kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar ham  kiradi. Ishora  so`zlarning ma’nosi 
matn ichida oydinlashadi. 
     Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra ikki tipga ajratiladi: 
     1.O`zgaruvchi leksemalar. 
     2.O`zgarmas leksemalar. 
     O`zgaruvchi  so`zlar  morfologik  kategoriyalar  (son,  egalik,  kelishik,  nisbat,  qiyoslash,  subyektiv    munosabatlar,  kesimlik, 
o`zgalovchi)ning qo`shimchalarini qabul qila oladi. O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul   qila   olmaydi.  Leksemalarning 
morfologik imkoniyatiga ko`ra tasnifini quyidagicha beramiz: 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish