B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

20. Chastotali lug‘atlar.   So‘zlarning qo‘llanilish darajasini statik aniqlab  beradigan lug‘atlar: Штейнфельдт Э.А.Частотный 
словарь современного русского литературного языка. Taл., 1973. 


 
58 
21.  Chappa  (ters)  lug‘atlar.    So‘zning  tugagan    harfi  asosida  tuzilgan  lug‘atlar,  masalan:  bola,  pona,  shona,  dona  kabi. 
Qo‘ng‘urov R., Tixonov A. Обратный словарь узбекского языка. М., 1968; Обратный словарь русского языка. M., 1974. 
O‘zbek  leksikografiyasi  uzoq  va  boy  tarixga  ega.  Biroq  hozirgi  kun  nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda,  lug‘atchiligimizda  ba’zi 
muammolar ham mavjud. Ayniqsa, kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz, fanimiz va madaniyatimizni  yuksaltirish singari ezgu 
vazifalar lug‘atchilik muammosini va lug‘atxonlik madaniyatini keskin hal qilish lozimligini ko‘rsatmoqda. Mustaqillikka erishgan o‘zbek 
xalqining ma’naviy-ma’rifiy yuksalishi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”  va uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xususan, ijodiy 
tafakkur  sohibini    tayyorlash,  ta’limning    ilk  bo‘g‘inlaridanoq  lug‘atlardan  keng,  maqsadli  foydalana  oladigan,  izchil  va  mantiqiy  so‘z 
bankiga ega o‘quvchini tarbiyalash ham aynan o‘zbek lug‘atchiligini rivojlantirish va ommalashtirish tamoyili bilan uzviy bog‘liq. 
Lug‘atchiligimizdagi  bugungi  eng  dolzarb  muammo  –  o‘quv  lug‘atlarining  yo‘qligidir.  Afsuski,  soha  bu  borada  ancha  orqada 
qolgan.  O‘quv  lug‘atlari  –har  qanday  tur  va  hajmdagi,  aynan  biror  tilda  so‘zlashishni  o‘rgatishga  mo‘ljallangan  leksikografik  asar 
hisoblanadi.  O‘zbek  leksikografiyasida  lug‘atlar  yaratish  borasida  ancha  yutuqlar  qo‘lga  kiritilgan  bo‘lsa-da,  o‘quv  lug‘atchiligi  oqsab 
kelmoqda. Hozirgi kunda o‘quvchilarimiz quyidagi lug‘atlardan foydalanib kelishmoqda: 
1.
 
“O‘zbek tilininig imlo lug‘ati”: (Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. T., 1995. Tiraj: 15000 nusxa). 
2.
 
“Imlo lug‘ati” (Hojiyev A., Abdullayev Y., Zafarova S. T. 1-nashri, 1964. 4-nashri 1981. Tiraj: 100000). 
3.
 
“O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” (Hojiyev A. tahr. ostida T., 1977. Tiraj: 13000). 
Lug‘atlardan  foydalanish  madaniyati  saviyasining  shakllanganligining  yorqin  dalillaridan  biri  shuki,  1995-yilda  atigi  150000 
nusxada  nashr  etilgan,  «O‘zbek  tilining    imlo  lug‘ati”ni  hozir  ham  kitob    do‘konlaridan  topish  mumkin.  Vaholanki,  agar  maktab 
o‘quvchilarining  har  yillik  miqdori  qariyb  6000000  ekanligini  nazarda  tutsak,  bu  imlo  lug‘atidan  400  o‘quvchiga  1  lug‘at  to‘g‘ri  keladi. 
Shunisi ham borki, lotin yozuviga asoslangan hamda hozirgi davr talabi bo‘lgan bu imlo lug‘atidan nafaqat o‘quvchichilar, balki talabalar, 
ma’rifat va madaniyat xodimlari, davlat va tashkilot organlari foydalanishga ehtiyojmand. Demak, bu holda, 1500-2000 kishiga atigi 1 ta 
lug‘at to‘g‘ri kelishi kelib chiqmoqda. Imlo lug‘ati bilan ta’minlanish rivojlangan davlatlarda 15-20 talabgorga bitta to‘g‘ri kelishini hisobga 
olsak,  O‘zbekistonda  amaliy  imlo  lug‘ati  bilan  ta’minlanish  qariyb  70-100  baravar  kamdir.  Maktab  o‘quvchilari  uchun  yangi  yozuvda 
chiqarilgan  “Imlo  va  talaffuz  lug‘ati”  ham  mavjud  bo‘lib,  sanoqli  nusxalarda chiqarilgan.  Bu  lug‘atdan  ham keng  omma  foydalanish  
imkoniyatiga ega emas. Shunisi achinarliki, o‘zbeklarda umuman 2000 kishiga 1 ta lug‘at to‘g‘ri kelsa, ruslarda bitta oilaga 4-5 ta lug‘at 
to‘g‘ri keladi. Bunaqada madaniy saviyaning yuksalishi-yu, ilm-fan taraqqiyoti haqida so‘z borishining o‘zi foydasizdir. 
Xullas,  shu  kabi  jiddiy  muammolarni  hisobga  olib,  hozirgi  o‘zbek  leksikografiyasi  o‘quv  lug‘atlarini,  xususan,  uyadosh  so‘zlar 
lug‘ati, o‘quvchilar uchun sinonimik so‘zlar lug‘ati, shakldosh so‘zlar lug‘ati, o‘quvchilar uchun izohli lug‘at (hayvon nomlari asosida (qar: 
Jumaeva  Saodat,  Murodova  Zulxumor.  MB.  Buxoro  -2004),  ideografik  lug‘atlar  tuzish  kabi  masalalarni  o‘z  oldiga  dolzarb vazifa  qilib 
qo‘ydi. 
Endi, O‘TIL haqida to‘xtalsak. Ma’lumki, bu lug‘at 2 jildli, 1981-yilda nashr qilingan bo‘lib, umumiy izohli lug‘at hisoblanadi. 
60000 so‘zning izohiga bag‘ishlangan bu lug‘at o‘zbek lug‘atchiligining yutug‘i, desak xato bo‘lmaydi. Biroq, bugungi kun nigohi 
bilan  qaraganda,  ba’zi  bir  ko‘z  yumib  o‘tolmaydigan  kamchiliklarning  guvohi  bo‘ldik.  Jumladan,  lug‘at  maxsus  mutaxassislarga 
mo‘ljallangan.  Bu  esa  o‘zbek  xalqi  uchun  nisbiy  qiyinchiliklarni,  hatto  tushunmovchiliklarni  keltirib  chiqargani  sir  emas.  Lug‘atda 
keltiriladigan ko‘pchilik tavsiflar o‘zbek ongi-shuuri, tafakkuriga mos emas. Bundan tashqari, lug‘atga kiritilgan so‘zlarning 40 foizi rus 
tilidan kirib kelgan, qo‘pol qilib aytganda tarjima qilingan (buni olma  – meva va daraxt: яблоко – яблоня misolida). Shuningdek, milliy 
g‘oyalarimizga  muvofiq  kelmaydi.  Ana  shu  va boshqa ko‘plab    jihatlarni  e’tiborga  olgan holda  O‘zRFA  “Til  va  adabiyot  instituti”  ilmiy 
jamoasi ko‘p jildli “O‘zbek tilinining izohli lug‘ati”ni yaratishga kirishdilar. 
Xuddi shu fikrlarni 70-yillarda yaratilgan “O‘zbek sovet ensiklopediyasi” to‘g‘risida ham aytish mumkin. Sovet voqeligi, sho‘ro 
siyosati  ta’siri  aks  etib  turuvchi,  milliy  tariximiz  va  ma’naviyatimiz  buzib  ko‘rsatilgan  qomuslarni  yangilash  maqsadida,  Prezidentimiz 
I.A.Karimovning  sa’y-harakatlari  bilan  12  jildli  “O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi”ni  yaratishga  kirishildi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 20-martda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy  nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida 154-qarorni 
qabul qilgach, bu katta ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga keldi.  
“Farzandlarimiz  bizdan  ko‘ra  kuchli,  bilimli,  dono  va,  albatta,  baxtli  bo‘lishlari  kerak”  (I.Karimov).  Darhaqiqat,  mustaqil 
diyorimizning  poydevori bo‘lmish kelajak  avlod mana shu sifatlarni mujassam etishi lozim.  
Lug‘at – bilimlar xazinasi, madaniyatimiz, ilm-fan va san’at, dunyoqarashimizni yuksaltirishga qaratilgan ulkan zahmatlar mevasi. 
Lug‘atlar  tuzilishi,  ya’ni  leksikografiyani  –  igna  bilan  quduq  qazishga  o‘hshatish  mumkin.  Shuning  uchun  har  bir  leksikografik  asar  – 
yuksak tahsinga, hurmatga loyiq  javohirdir. 
Lug‘atlardan  olam-olam  bilim,  ma’lumot  olamiz.  U  fan  –  texnika,  san’at,  adabiyot    bo‘yicha  yangiliklarni  bayon  etib,  nutq 
madaniyatimiz  va  so‘z  boyligimizni  oshiradi.  Lug‘at  bilan  ishlash  -  maroqli,  qiziqarli  va  zavqli.  Lug‘atlar,  ensiklopediya  va 
ma’lumotnomalar bilan ishlashni tamoyil  qilib olgan kishi esa savodli, ongli va madaniyatli insondir. 
Leksikografiya – tilning mana shunday dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi sohasi ekan, ishonch bilan ayta olamizki, o‘zbek 
madaniyatini, ilmu fanini,  ma’naviyatini yuksak rivojlangan mamlakatlar safiga olib chiqishdek mas’uliyatli vazifalarni bajarishga o‘zbek 
lug‘atchiligi munosib hissa qo‘sha oladi. 
 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish