B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Mavzu: Leksikografiya 
 
Reja: 
1.
 
Lug‘at nima? 
2.
 
Leksikografiya sohasi. 
3.
 
Lug‘at turlari. 
4.
 
Lug‘atchilikdagi muammolar. 
5.
 
Хulosa. 
 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushuncha: 
Lug`at  tushunchasi,  leksikografiya,  uning  tadqiq  manbai,  o‘zbek  lug‘atchiligi  tarixi,  lug‘at  turlari,  umumiy  va  maxsus  lug‘atlar, 
qomuslar,  lingvistik  lug‘atlar,  ularning  turlari,  tarjima  lug‘atlar,  izohli  lug‘atlar,  etimologik  lug‘atlar,  lug‘atchilikdagi  muammolar,  o‘quv 
lug‘atlari. 
 
   So‘z – serqirra hodisa. So‘z – insonlarning fikr, tushunchasi, his-tuyg‘ularini ifodalabgina qolmay, uni o‘z-o‘zini yuksaltirishga, 
rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Chunki, so‘z tafakkurning in’ikosi bo‘lmish tilning mahsulidir. Ulug‘  bobokalonimiz Mir Alisher: 
  Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, 
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin, - deya e‘tirof etganlar. 
So‘z hodisasi tilshunoslikda deyarli barcha sohalarda, lingvistik bo‘limlarda tadqiq etiladi. Xususan, leksikografiyada ham. Bizga 
ma’lumki, leksikografiya sohasi  - (grekcha lexicon – lug‘at, leksika, grafo – yozmoq) lug`atlarni yaratish nazariyasi bilan shug‘illanadi. 
Ho‘sh, lug‘at nima? U qanday tuziladi? Bu kabi savollarga javob berish uchun qomusiy lug‘atlar va lingvistik adabiyotga murojaat etamiz. 
  “So‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartribga solingan yig‘indisiga - lug‘at deyiladi.”
1
 
  “Lug‘at  -1)  muayyan  tilda,  uning  hududiy  yoki  ijtimoiy  lahjasida  mavjud  bo‘lgan,  u  yoki  bu yozuvchi  asarlarida  uchraydigan 
so‘zlar  yig‘indisi  leksika;  2)  so‘zlar  (yoki  morfemalar,  so‘z  birikmasi,  iboralar  va  b.)  muayyan  tartibda  (alifboli,  uyali,  mavzuli) 
joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga  tarjimasi 
haqida ma’lumotlar jamlangan kitob”.
2
 
  Turli  turdagi  lug‘atlar  tuzish  umummadaniy ahamiyatga  egadir.  Lug‘at alfavit  tartibida   tuzilib,  qulay  qo‘llanma    sifatida xalq 
ommasiga bilim beradi,  madaniy – oqartuv funksiyani bajaradi. 
  Lug‘atlar ma’naviy madaniyat sohasida muhim o‘rin egallaydi, ularda jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlari aks etadi. 
Lug‘atlar har birimizga ilmiy jarayonda to‘g‘ri va aniq ishlashga, real va obyektiv fikrlash va tasavvur qilishga yordam beradi. Ilk o‘zbek 
lug‘ati Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari bo‘lib, u qomusiy  lug‘at hisoblanadi.  
  Mahmud  Zamahshariyning  “Asos  ul-balog‘a”,  “Muqaddimat  ul-adab”,  Navoiy  asarlariga  bag‘ishlangan  “Abushqa”  (16  asr) 
lug‘ati, Mirzo  Mahdiyxonning “Sangloh” lug‘ati, Chingiyning  “Temurnoma”, Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki  usmoniy”, 
Tole Imoni Hiraviyning “Badoye‘ ul-lug‘at» singari qimmatli  asarlari lug‘atchilikning nodir xazinasidan o‘rin olgan. 
                                                 
1
 Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш.  Т., 1981, 120-б. 
2
 ЎТИЛ. Т., 2003, 5 жилд. 


 
57 
Yuqorida leksikografiyaning lug‘atchilik nazariyasi bilan ham shug‘ullanishi, ya’ni nazariy leksikografiyaga ishora qilib o‘tgan edik. 
Bu soha lug‘atshunoslik deb ham ataladi. Nazariy leksikografiya lug‘atlarning umumiy prinsiplari va tipologiyasini ishlab chiqish hamda 
yangi lug‘at turlarini yaratish, lug‘at strukturasini yaratish  yoki o‘zgartirish (masalan, maqola va havolalar tartibi, illyustratsion materiallar, 
so‘z va tushunchaga izohli yoki lingvistik tasnif  berish va h.) singari dolzarb vazifalar bilan shug‘ullanadi. 
2. Lug‘atlar, asosan 2 turga bo‘linadi: qomusiy (ensiklopediya) va filologik (lingvistik). Ensiklopedik lug‘atlar so‘zlarning  qisqacha 
ma’nosini,  tushuncha  izohini    berish  asosida  tuziladi.Qomusda  barcha  narsa  va  hodisalar,  kishilar,  fan-tehnika  haqida  ma’lumotlar 
keltiriladi. Zaruriy xarita va rasmlar, sxemalar beriladi. So‘zning  o‘zi haqida faqat uning kelib   chiqishini ko‘rsatish bilan chegaralanadi. 
Shuning uchun bunday lug‘atlar tushuncha lug‘at, g‘arbda esa “Husanrus”  deb ham yuritiladi. Qomusiy lug‘atlar umumiy va xususiy 
bo‘lishi mumkin. Masalan, «Cоветский энциклопедический словарь» (M., 1981) umumiy qomusdir. Ammo adabiyotshunolikka oid 
ensiklopedik lug‘atlar, qishloq xo‘jaligiga oid lug‘atlar, tilshunoslikka oid  (Ахманова С. Словарь лингвистический терминов. M., 1966) 
bo‘lishi mumkin. 
Filologik lug‘atlar lisoniy birlik bo‘lmish so‘zning turli lisoniy xususiyatlarini yoritish, ko‘rsatishga xizmat qiladi.  Ular aniq qoida va 
lingvistik prinsiplar asosida yaratiladi. Filologik lug‘atlar quyidagi turlarga ega:  

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish